2
Fan dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha
O‘quv-uslubiy birlashmalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2019 yil
«17» avgustdagi «04» sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil
«04» oktyabrdagi «892» -sonli buyrug‘ining 2-ilovasi bilan fan dasturi ro‘yxati
tasdiqlangan.
Fan dasturi Toshkent davlat texnika universitetida ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
M.Musayev
- TDTU, “Hayot faoliyati xavfsizligi”
kafedrasi mudiri,
t.f.n., dotsent;
SH.Narziyev
- TDTU, “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi katta
o‘qituvchisi.
Taqrizchilar:
N.Saidxo’jayeva
- TIQXMMI, “Hayot faoliyati xavfsizligi”
kafedrasi
dotsenti;
O.Djurayev
- O’zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi Davlat
qo’mitasi Boshqarma boshlig’ o’rinbosarii.
Fan dasturi Toshkent davlat texnika universiteti Kengashida ko‘rib chiqilgan
va tavsiya qilingan (2019 yil “27” iyundagi 10 - sonli bayonnoma).
3
I.O‘quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Ushbu
dastur fan tarixi, rivoji va istiqboli hamda Respublikamizdagi ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlar natijalari, ishlab chiqarish va xududiy xavfsizlik muammolarining
inson hayoti xavfsizligiga ta’siri masalalarini qamraydi.
Zero hozirgi vaziyatda
xavfsiz hayotni ta’minlash masalalari eng dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Chunki texnosferalarda ishlab chiqarish jarayoni buzilishi,
ishlovchilar uchun
sanitariya va gigiena me’yor va qoidalarini yaratilmasligi,
muhit rivojlanishdagi
noxush vaziyatlarning murakkablashuviga olib keladi.
Davlatlar o‘rtasida insoniyat hayotiga xavf-xatar soluvchi holatlarning ro‘y
berishi, insoniyat tomonidan qo‘llanilayotgan turli zaharli va zararli moddalar va
vositalar ko‘plab
xavflarni yuzaga keltirib, insonlarning hayotiy faoliyatiga,
sog‘lig‘iga, atrof-muhit tozaligiga va iqtisodiyotning barqaror
rivojlanishiga tahdid
solmoqda. Shu sababli ham mamlakatimizning eng muhim va kechiktirib
bo‘lmaydigan vazifalari qatorida aholi hayotining xavfsizligini ta’minlash masalalari
dolzarb o‘rin olgan. Aynan shu muammolarning echimini “Hayot
faoliyati
xavfsizligi” (HFX) fani o‘rganadi.