Amaliy topshiriq



Yüklə 112,31 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.05.2023
ölçüsü112,31 Kb.
#119758
Yasashga doir masala amaliy



Amaliy topshiriq 
Hurmatli talabalar! Barcha topshiriqlar har bir talaba 21+10=31 ta masalani 
ishlashi kerak. Talabalar topshiriqlarni daftar yoki listga yoziladi hamda pdf
holatida Ism familiyangiz yuqori qismida ko’rsatilgan holatda yuborishingiz 
so’raladi. Noto’g’ri javob taqdim etgan yoki boshqa talabaning javobini yuborgan, 
ism familiyasi qayd qilinmagan, shartlar bo’yicha javob taqdim etmagan 
talabalarning javoblari baholanmaydi. 
1. Berilgan uch nuqtaning ikkitasidan o`tkazilgan to`g`ri chiziqqa parallel qilib 
uchinchi nuqtadan to`g`ri chiziq o`tkazing. 
2. Berilgan to`g`ri chiziqda shunday nuqta topingki, uni to`g`ri chiziq tashqarisida 
berilgan nuqta bilan tutashtiruvchi kesma va shu to`g`ri chiziq bilan berilgan 
kattalikdagi burchak hosil qilsin. 
3. Faqat sirkuldan foydalanib, berilgan kesmani davom ettirmasdan uning davomida 
yotuvchi nuqtani toping. 
4. Ma`lum uzunlikdagi kesmani berilgan burchak tomonlari orasiga burchakning 
tomonlarini kesib o`tuvchi ma`lum to`g`ri chiziqqa parallel ( yoki bu kesma 
burchakning bir tomoni bilan ma`lum burchak tashkil etadigan) qilib joylashtiring. 
5. Berilgan burchak tomonlari orasiga ma`lum uzunlikdagi kesma uchlarini burchak 
tomonlaridan teng kesmalar ajratadigan qilib joylashtiring. 
6. Berilgan nuqtadan berilgan burchak tomonlaridan teng kesmalar ajratadigan to`g`ri 
chiziq o`tkazing. 
7. Berilgan burchakning uchidan uning tashqarisida yotuvchi hamda burchak 
tomonlari bilan teng burchaklar hosil qiluvchi to`g`ri chiziq o`tkazing. 
8. Burchak va nuqta berilgan. Shu berilgan nuqtadan shunday to`g`ri chiziq 
o`tkazingki, uning berilgan burchak tomonlari orasidagi kesmasi burchakning bir 
tomonida shu to`g`ri chiziq ajratgan kesmaga teng bo`lsin. 
9. Berilgan nuqtadan berilgan ikki parallel to`g`ri chiziq orasidagi kesmasi ma`lum 
uzunlikda bo`lgan to`g`ri chiziq o`tkazing. 
10. Berilgan burchak tomonlarini ma`lum uzunlikdagi kesmalar hosil qilib kesib 
o`tkazuvchi to`g`ri chiziq o`tkazing. 
11. Uchburchakning asosiga parallel qilib uchburchak yon tomonlarini kesganda, bir 
yon tomonining pastki kesmasi ikkinchisining ustki kesmasiga teng bo`lgan to`g`ri 
chiziq o`tkazing. 
12. To`g`ri burchakni teng uchga bo`ling. 
13. Sirkul va chizg`ich yordamida quyidagi burchaklarni 
yasang: 
15⁰, 22⁰, 30′, 60⁰, 75⁰, 105⁰, 112⁰30′, 120⁰, 135⁰, 150⁰. 
14. O`rta perpendikulyar tushunchasidan foydalanmay, berilgan to`g`ri chiziqqa 
uning berilgan nuqtasidan perpendikulyar chiqaring. 
15. Uchi chizmada ko`rsatilmagan burchakning bissektrisasini toping. 
16. Berilgan A nuqtadan shunday to`g`ri chiziq o`tkazingki, berilgan B va C 


nuqtalardan u to`g`ri chiziqqacha masofalar teng bo`lsin. 
17. Berilgan A nuqtadan shunday to`g`ri chiziq o`tkazingki, berilgan B va C 
nuqtalardan bu to`g`ri chiziqqa o`tkazilgan perpendikulyarlar orasidagi masofa 
berilgan kesmaga teng bo`lsin. 
18. Berilgan ikki nuqtaning har biridan bittadan shunday to`g`ri chiziq o`tkazingki, 
ularning berilgan to`g`ri chiziq bilan kesishuvidan teng tomonli uchburchak hosil 
bo`lsin. 
19. Burchak ichidagi nuqtadan shunday to`g`ri chiziq o`tkazingki, uning burchak 
tomonlari orasida qolgan kesmasi shu nuqtada teng ikkiga bo`linsin. 
20. Berilgan aylanaga shunday ikki urinma o`tkazingki, ular o`zaro berilgan burchak 
ostida kesishsin. 
21. Aylana ichida berilgan nuqtadan shunday vatar o`tkazingki, u vatar shu aylanada 
teng ikkiga bo`linsin. 
1-masala. Bir burchagi va shu burchak uchidan chiqqan balandligi hamda 
bissektrisasi berilgan uchburchak yasang. 
2-masala. Asosi va ikki yon tomoniga tushirilgan medianalari m
a
, m

berilgan 
uchburchak yasang. 
3-masala: Aylanada shunday nuqta topilsinki, u berilgan ikki nuqtadan teng 
masofada yotsin. 
4-masala: Uchburchakning bir tomonida shunday nuqta topingki, u nuqta 
uchburchakning qolgan ikki tomonidan teng uzoqlikda joylashgan bo`lsin. 
5-masala. Berilgan radius bo`yicha berilgan nuqtadan o’tib, 
berilgan to’g’ri chiziqqa urinuvchi aylana chizing.
6-masala. Asosi, uchidagi burchagi va shu uchidan tushirilgan balandligi berilgan 
uchburchak yasang. 
7.Masala: Balandligi, perimetri va asosiga yopishgan bitta burchagi berilgan 
uchburchak yasang. 
8-masala. A burchak va uning bir tomonida B berilgan; bu burchakning ikkinchi 
tomonida shunday C nuqta topingki, |AC|+|CB| yig`indi berilgan l kesmaga teng 
bo`lsin. 
9-masala. Quyidagi elementlarga ko`ra to`g`ri burchakli uchburchak yasang 
10-masala. Ikki tomonining ayirmasi va shu tomonlar qarshisidagi burchaklarining 
yig`indisi va ayirmasi berilgan uchburchak yasang. 

Yüklə 112,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin