Soat millari. Shakllarni burish. Burchak simmetriyasi



Yüklə 429,36 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix16.06.2023
ölçüsü429,36 Kb.
#131466
Soat millari. Shakllarni burish. Burchak simmetriyasi



SOAT MILLARI. SHAKLLARNI BURISH. 
BURCHAK SIMMETRIYASI 
 
Reja: 
1. 
Burchak turlari. Yoyiq burchak. Burchak gradusi. 
2. 
30, 45, 60, 90 gradusli burchaklarni transporter 
yordamida o’lchash. 
3. 
Soat millari. Shakllarni burish. Burchak 
simmetriyasi. 
 


 
Burchak turlari. Yoyiq burchak. Burchak gradusi. 
 
Toʻgʻri burchak 
Toʻgʻri burchak deb gradus oʻlchovi 90^\circ90∘90, 
degreesga teng burchakka aytiladi. Toʻgʻri burchak toʻgʻri 
toʻrtburchak shaklidagi varaqning burchagi kabi mukammal 
burchak shaklida boʻladi. Quyida toʻgʻri burchakka namuna 
keltirilgan. 


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 
16 avgustdagi «Umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim 
standartlarini tasdiqlash to’g’risida»gi Qaroriga asosan 
boshlang’ich ta’lim nihoyasida o’quvchilar matematikadan 
egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarining 
minimal darajasi belgilab berilgan. Jumladan, boshlang’ich sinf 
o’quvchilari geometrik figuralarga oid quyidagi bilim, ko’nikma 
va malakalarni egallashlari shartdir: 
-rasmlarda kesma, uchburchak, to’rtburchak (jumladan, 
to’g’ri to’rtburchak va kvadrat), beshburchak va aylanalarni 
tanish; 
-tevarak-atrofdagi geometrik shakllarni tanish va tora olish; 
-kesma uzunligini o’lchash, berilgan uzunlikdagi kesma 
yasash, kesma uzunligini ko’z bilan chamalab o’lchay olish; 
-chizg’ich va sirkuldan foydalanib, to’g’ri to’rtburchak, 
kvadrat, uchburchak va aylanalar yasay olish; 
-ko’pburchak perimetrini, to’g’ri to’rtburchak yuzini va 
kvadrat birliklardan tuzilgan figuralarning yuzini hisoblay olish; 


-uzunlik (mm, sm, dm, m, km) va yuza (sm.kv., dm.kv., 
m.kv.) o’lchovi birliklarini, ular orasidagi asosiy nisbatlarni 
bilish, o’z o’rnida qo’llay olish. 
Ma’lumki, uzluksiz ta’lim tizimida boshlang’ich ta’lim 
umumiy o’rta ta’limning tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. 1-4-
sinflarda o’rganiladigan geometrik material 5-6-sinflarda 
o’rganiladigan geometrik materiallarni, shuningdek, geometriya 
sistematik kursini o’rganish uchun asos yaratish lozim 
bo’lganligidan, uning mazmunini tarkib toptirish va 
rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan umumta’limiy maqsadlarni; 
yuqori sinflarda o’quvchilar tomonidan geometrik materialni 
ongli va puxta o’zlashtirish uchun zaruriy shart-sharoit 
yaratadigan geometrik tasavvurlar zahirasini hosil qilishga, 
ularning 
fazoviy 
tasavvurlarini 
tarkib 
toptirishga 
va 
rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan maqsadlarini amalga 
oshirishga qaratilgandir. 
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun boshlang’ich sinflarda 
geometrik material mazmunini aniqlashda geometrik figuralar 
(nuqta, to’g’ri chiziq, egri chiziq kesmasi, siniq chiziq, burchak, 
ko’pburchak, aylana, doira) va ularning elementlari haqida 
o’quvchilarda tasavvurlar tarkib toptirish bilan bir qatorda, 
murakkab chizmalarda talab etilayotgan figuralarni ajratishga 
doir, o’quvchilarni o’rab to’rgan predmetlar ichida ularga tanish 


bo’lgan figuralarni topishga doir, geometrik figuralarni qirqish 
va qirqilgan bo’lakdardan yangi figuralar yasashga doir, 
geometrik miqdorlar (kesma uzunligi, to’g’ri to’rtburchak 
yuzi)ga doir mashqlarga katta e’tibor berilishi talab etiladi. 
Shuni qayd etish lozimki, boshlang’ich sinflar matematika 
kursida geometrik figuralar dastlab ta’lim vositasi rolini bajarib, 
hisob materiali sifatida qo’llaniladi. Lekin matematika darslarida 
geometrik figuralarni hisoblash material sifatida qo’llashda 
masalaning faqat arifmetik tomonigagina e’tibor qaratmasdan, 
balki bu geometrik figuralarning elementar xossalari (masalan, 
ko’pburchakning uchlari va tomonlari, aylana va doiraning 
markazi va hokazolar)ni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirishiga 
ham e’tibor berilishi maqsadga muvofiqdir, chunki bu xossalar 
ko’p hollarda eksperimental yo’l bilan topiladi, Shuning uchun 
ham o’quvchilar ba’zi hollarda xali ularni bir-biri bilan bog’lay 
olmaydilar. 
Keyinchalik esa, geometrik materialni o’rganishda geometrik 
figuralar (nuqta, to’g’ri va egri chiziq, to’g’ri chiziq kesmasi, 
siniq chiziq, burchak, ko’pburchak, aylana va doira) haqida, 
ularning ba’zi sodda xossalari haqidagi tasavvurlar sistemasini 
o’quvchilarda tarkib toptirishga e’tibor qaratiladi. 
Geometrik figuralar va ularning xossalarini o’rganishda 
atrofdagi moddiy narsalar, figuralarning tayyor modellari va 


chizmalaridan, turli xil vositalardan keng foydalanish tavsiya 
etiladi. Bular geometrik figuralarning rangli kartondan yoki 
qalin qog’ozdan tayyorlangan demonstratsion, butun sinf uchun 
mo’ljallangan modellar, figuralar tasvirlangan plakatlar, 
diapozitiv, diafilmlar bo’lishi mumkin. 
O’quvchilar geometrik figuralarning modellari bilan tajriba 
o’tkazib, figuraning rangi, materiali, katta-kichikligi bu figura 
uchun muhim bo’lmagan belgilar ekanligini tushunib yetib, 
o’rganilayotgan geometrik figura uchun muhim bo’lgan 
belgilarni aniqlaydilar. 
Ayrim geometrik figuralarni o’rganishda o’quvchilar bilan 
birgalikda qo’lda ko’rgazmali qurollar tayyorlashga e’tibor 
berilishi kerak bo’ladi. Bular masalan, to’g’ri burchak modeli, 
ko’pburchaklar modellari (shu jumladan, to’g’ri to’rtburchaklar 
va kvadratlar) va boshqalar bo’lishi mumkin. 
Boshlang’ich sinflarda geometrik elementlarini o’rganishning 
asosiy maqsadlaridan biri o’quvchilarning fazoviy tasavvurlarini 
tarkib toptirish va rivojlantirishdan iboratdir. Bu maqsadni 
amalga oshirish uchun ko’p hollarda va ayniqsa, fazoviy 
tasavvurlarni tarkib toptirishning dastlabki bosqichlarida 
o’quvchilarning amaliy ishlariga katta ahamiyat berilishi talab 
etiladi. O’z qo’li bilan modellar yasab, chizmalarni o’zi chizib, 
ularni qirqib, qirqilgan figuralardan yangi figuralar yasash bilan 


bog’liq bo’lgan amaliy ishlarni bajargan o’quvchilarning 
fazoviy tasavvurlari ob’ektni passiv holda, faqat kuzatish bilan 
cheklangan 
holda 
o’rgangan 
o’quvchining 
geometrik 
tasavvurlariga nisbatan ongli va mustahkam bo’ladi. 
Boshlang’ich sinflarda geometriya elementlarini o’rganishda 
o’rganilayotgan material tizimi xususiyatlarini hisobga olgan 
holda, uning alohida yo’nalishlarini ajrata olishlik muhim 
ahamiyat kasb etadi, chunki o’rganilishi lozim bo’lgan 
mashqlarning mazmuni va harakterini belgilashga imkoniyat 
yaratib konkret darsda ulardan qaysi biri asosiy va qaysi biri 
tanishtiruv harakteriga ega ekanligini aniqlashga yordam beradi. 
Masalan, boshlang’ich maktab matematika kursida asosan 
kesma tushunchasini o’rganish ko’zda to’tilgan. Bu tushuncha 
haqida tasavvur hosil qilish uchun «to’g’ri chiziq» 
tushunchasidan foydalanish kerak bo’ladi. Lekin bunday 
o’qituvchi to’g’ri chiziq tushunchasi bilan o’quvchilarni 
tanishtirishi zarur degan xulosa kelib chiqmasligi lozim, chunki 
bu holda asosan maqsad o’quvchilarni kesma bilan tanishtirish 
bo’lib, to’g’ri chiziq tushunchasi faqat tanishuv harakteriga ega 
bo’ladi. Shuning uchun ham o’quvchilar qisqa holda 
to’g’ri chiziq va egri chiziqlar bilan tanishtirilgandan so’ng 
ularning kesma to’g’risidagi bilimlari chuqur va asosli ravishda 
tarkib toptiriladi. 




Boshlang’ich matematika kursida o’rganiladigan geometrik 
materiallar va ularning o’quvchilarni geometrik tasavvurlarini 
tarkib toptirishda tutgan o’rnini ko’rib o’taylik. 
Boshlang’ich matematika kursi o’quv dasturiga asosan 
o’quvchilarda nuqta, to’g’ri chiziq, egri chiziq va to’g’ri chiziq 
kesmasi haqida aniq tasavvurlarni tarkib toptirish talab etiladi. 
Bu talablarni bajarish uchun yuqorida ko’rib o’tilganday 
o’quvchilarning amaliy ishlarini tashkil etishga, hamda 
taqqoslash va qarama- qarshi qo’yish usullariga katta e’tibor 
beriladi. 
O’quvchilarda to’g’ri chiziq haqida dastlabki tasavvurni 
tarkib toptirish uchun doskaga uchta o’quvchi chiqarilib, ikki 
o’quvchi bo’r surtilgan ipni doskaga ikki nuqtaga qo’yib 
mahkam ushlab turadi, uchinchi o’quvchi esa ipni tarang tortib 
turib qo’yib yuboradi, natijada doskada to’g’ri chiziq bir 
qismining obrazi hosil bo’ladi. Uni har ikkila tomonga davom 
ettirish mumkinligi sinf o’quvchilariga tushuntiriladi. 
O’quvchilarni to’g’ri chiziq bilan tanishtirish bilan bir 
qatorda egri chiziq bilan (taqqoslash asosida) tanishtirilishi 
yaxshi natija beradi. Masalan, agar tarang tortilgan ip doskaga 
to’g’ri chiziq izini qoldirgan bo’lsa, egri chiziq haqida tasavvur 


hosil qilish uchun u salqi holatga keltiriladi va qoldirgan iz egri 
chiziq haqida tasavvur beradi. 
O’quvchilarda to’g’ri chiziq va egri chiziq haqida sodda 
tasavvurlar tarkib toptirilgach, endi ular to’g’ri chiziqni 
chizg’ich yordamida yasash bilan tanishtiriladi. 
O’quvchilar to’g’ri chiziq haqidagi tasavvurlarni ongli va 
to’g’ri tarkib toptirishda faqat gorizontal chizilgan to’g’ri 
chiziqlardan foydalanmasdan, balki vertikal yoki qiya holda 
to’g’ri chiziqlar chizish ham muhim ahamiyatga egadir. Ko’p 
hollarda vertikal chizilgan to’g’ri chiziqlarni o’quvchilar anglay 
olmaydilar, qiya chizilgan to’g’ri chiziqlarni esa «qiya chiziq» 
yoki ba’zi hollarda «egri chiziq» deb ham ataydilar. 
O’quvchilarni to’g’ri chiziq va egri chiziqlarning ba’zi bir 
xossalari bilan tanishtirish ham maqsadga muvofiqdir. Masalan, 
o’quvchilar bir necha mashqlar bajarish natijasida bir nuqta 
orqali istalgancha to’g’ri va egri chiziq o’tkazish mumkin, ikki 
nuqta orqali ham istalgancha egri chiziq o’tkazish mumkin, 
lekin ikki nuqta orqali faqat bitta to’g’ri chiziq o’tkazish 
mumkin degan xulosaga keladilar. 
To’g’ri chiziq haqida o’quvchilarda tasavvur hosil qilishda 
qog’oz varagini buklashdan foydalanish muhim ahamiyatga 
egadir. Bunda o’quvchilarning e’tibori qog’oz varag’i qay 


usulda buklanmasin natija bari-bir bir xil bo’lishiga, ya’ni to’g’ri 
chiziq tasviri hosil bo’lishiga qaratilishi lozim. 
To’g’ri chiziq va egri chiziq haqida o’quvchilarda tasavvurlar 
hosil qilingach, endi ularda to’g’ri chiziq kesmasi haqida 
tasavvurlar hosil qilishga o’tish mumkin. Bunda ham amaliy 
ishdan foydalanish tavsiya etiladi: doskada tarang tortilgan ipni 
qaychi bilan qirqilib, to’g’ri chiziq kesmasi haqida dastlabki 
tasavvur hosil qilinadi. O’quvchilar daftarlariga chizilgan to’g’ri 
chiziqqa ikkita nuqta qo’yib, chegarasi shu nuqtalardan iborat 
bo’lgan to’g’ri chiziqning kesmasi yoki qisqa holda kesma hosil 
bo’lishini anglab yetadilar. Geometrik figuralarni belgilashda 
harflardan foydalanish kiritilgandan so’ng endi kesmani 
belgilashda ikkita harfdan foydalanish mumkinligiga va bu 
harflar kesmaning oxirlariga qo’yilishi haqida tushuncha 
beriladi va «DE kesma» deb yozilgan bo’lsa D va Ye nuqtalar 
kesmaning oxirlarini bildirishi haqida ma’lumot beriladi. 
Boshlang’ich sinflar matematika kursining dasturiga asosan 
kesmalarning uzunliklarini o’lchash va taqqoslashga katta 
e’tibor beriladi. Agar dastlab kesmalarning uzunliklari kataklar 
bo’yicha va masshtabli chizg’ich yordamida amalga oshirilsa, 
keyinchalik kesma uzunligini va masshtabli chizg’ich 
yordamida o’lchash amalga oshiriladi. 


O’quvchilarda kesmalar uzunliklarini o’lchash va taqqoslash 
ko’nikmalari tarkib toptirilg’ach, berilgan uzunlikdaga kesmalar 
yasash, to’g’ri to’rtburchak yasashga doir masalalarni yechish 
yo’li bilan ularning bilim ko’nikma va malakalari 
mustahkamlanadi. 
Kesma 
to’g’risida 
tasavvurlarni 
mustahkamlash uchun o’quvchilarni ularni o’rab to’rgan 
muhitdan to’g’ri chiziq kesmasini ko’rsatishga doir mashqlar 
bilan (doskaning qirralari, shift bilan devorlar tutashadigan 
joylar, partaning qirrasi va hokazolar) tanishtirish ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Boshlang’ich sinflarda matematika kursida birinchi o’nlik 
sonlarini o’rganishda ko’pburchaklar didaktik, ya’ni sanoq 
vositalari sifatida qo’llaniladi. So’ngra esa ko’pburchaklarning 
elementlari (tomonlari, burchaklari va uchlari)ni o’rganishga 
kirishiladi. Masalan: uchburchak tushunchasini kiritishda 
o’quvchilar har xil materiallardan (qog’ozdan, plastmassadan, 
yog’ochdan) qilingan, turli xil kattalikdagi, rangdagi, 
ko’rinishdagi (o’tkir burchakli, o’tmas burchakli, teng yonli, 
teng tomonli, turli tomonli) uchburchaklarni o’quvchilarga 
ko’rsatib, ularning muhim bo’lmagan xossalari (turli xil 
materiallardan yasalganligi, rangi, katta- kichikligi, turli 
ko’rinishga ega ekanligi)dan abstraktlashib, uchburchak uchun 
asosiy muhim xossalar bu uning uchta uchi, uchta tomoni va 


uchta burchagi mavjudligi ekanligiga e’tibor qaratishi kerak 
bo’ladi. 
Metodik qo’llanmalarda bu ishni quyidagicha amalga 
oshirish tavsiya etiladi; sinfga olib kirilgan har xil 
materiallardan qilingan turli xil rangdagi, kattalikdagi, 
ko’rinishdagi 
uchburchaklarni 
o’quvchilarga 
ko’rsatib, 
o’qituvchi: «Bular uchburchaklar. Ular bir-birlaridan rangi, 
katta-kichikligi, ko’rinishi bilan farq qilsa ham, ularning 
hammasi bir xilda «uchburchaklar» deb ataladi. Kim aytadi, 
nega bu figuralar (barcha olib kirgan uchburchaklarni 
ko’rsatadi) uchburchak deyiladi?» (Chunki bularning uchtadan 
burchagi bor). O’qituvchi ko’rsatib turib gapiradi: «Bu 
uchburchakning 
tomoni, 
bu 
uchburchakning 
uchi. 
Uchburchakning nechta tomoni bor, nechta uchi bor?» 
O’quvchilar 
bu 
savollarga 
javob 
berish 
natijasida 
uchburchakning uchta tomoniligini anglab yetadilar. Shundan 
keyin o’quvchilarning o’zlaridagi uchburchak modellarida 
uchburchak elementlarini ajratishadi. Bunda o’quvchilar 
uchburchakning uchi bu nuqta ekanligini, uchburchakning 
tomoni esa kesma ekanini aniq tushunib olishlari muhimdir. 
Uchburchakning 
yana 
bir 
elementi-burchagi 
bilan 
tanishtirishda o’quvchilar birinchi marta burchak haqida 


tasavvurlarga ega bo’ladilar va bunda burchak uchburchakning 
«uzib olingan burchagi» sifatida talqin etiladi. 
Shuning uchun ham o’qituvchi uchburchak burchagini 
ko’rsatish bilan bir qatorda (ko’rsatkichning bir uchini 
uchburchak uchiga qo’yib, uni burchakning bir tomonidan 
ikkinchi tomonigacha burib boriladi) katta ko’rsatmalilik uchun 
uchburchakning bir qismini-uning burchagini uzib olishi kerak. 
O’quvchilar o’zlari kog’ozdan, plastilin va cho’plardan 
foydalanib, uchburchaklar modellarini yasashi, daftarlarida 
uchburchak chizishi va ularni bo’yashi, boshqa geometrik 
figuralar ichida uchburchaklarni ajratishga doir mashqlarni 
bajarishlari muhim ahamiyaitga ega. 
Bu mashqlarni bajarish natijasida o’quvchilar uchburchaklar 
elementlarini ko’rsatishni: uchburchakning uchi (nuqtalarni 
ko’rsatishadi), 
uchburchakning 
tomoni 
(kesmalarni 
ko’rsatishadi, bunda kesmaning bir uchidan ikkinchi uchigacha 
ko’rsatiladi), uchburchakning burchaklarini anglab yetadilar. 
O’quvchilarni 
to’rtburchaklar, 
beshburchaklar 
va 
oltiburchaklar bilan tanishtirish ham xuddi mana shu reja 
asosida amalga oshiriladi, bunda o’quvchilar e’tborini 
o’rganilayotgan ko’pburchak nomi bilan uning elementlari soni 
o’rtasida bog’liqlik mavjud ekanligiga qaratish lozim: 


uchburchak-uchta 
burchak, 
uchta 
uch, 
uchta 
tomon, 
to’rtburchak- to’rtta burchak, to’rtta uch, to’rtta tomon va 
hokazo. Bundan tashqari, o’quvchilar bu elementlar soni, ya’ni 
burchaklar, uchlar, tomonlar soni teng bo’lishini tushunib 
yetadilar. 

Yüklə 429,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin