International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities
Hosted from Livorno, Italy
https
:
econferencezone.org May 2
nd
-3
rd
2022
217
FIZIKA FANINI KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA
O’QITISHNING AHAMIYATI.
Usmonov Saidjon Abdusubxon o’g’li
FJSTI “Biofizika va tibbiyot texnikasi” kafedrasi
Biofizika fani o’qituvchisi
Melibayeva Farog’at Madaminovna
FJSTI “Axborot texnologiyalari va Sport” kafedrasi
Axborot texnologiyalari fani o’qituvchisi
Annotatsiya
: Fizika o’qituvchisidan fizika fanidan fundamental bilim va uni o’qitishning zamonaviy
uslubiyotidan yetarli bilimga ega bo’lish talab etiladi. Shuning uchun fizikani o’qitish uslubiyotida zamonaviy
talablarni e’tiborga olib didaktikaning an’anaviy tomonlarini saqlab qolgan holda zamonaviy didaktika asosi
yangi pedagogik va kompyuter texnologiyalariga asoslangan ta’lim texnologiyalarini
yaratish davr
taqozosidir.
Mavjud adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatoqdaki, axborot texnologiyalarining multimedia vositalari asosida
o’quv-materiallarini obrazli ko’rinishda ifodalashdek muhim imkoniyat mavjud. Ma’lumotlarni matn sifatida
emas, balki obrazlar vositasida taqdim etish axborot texnologiyalarining ta’lim tizimida o’ziga xos inqilobiy
jarayon ekanligidan dalolat beradi.
Kalit so'zlar
: Obrazlar vositasida taqdim etish, fizika fanidan fundamental bilim.
Ta’lim jarayonida fizika kursining umumiy ta’lim predmetlari orasidagi o’rni va uni boshqa fanlarga nisbatan
tutgan mavqeiga ko’ra aniqlanadi. Fizika kursi nazariy fan bo’lib, uning asosini fundamental na’zariyalar,
qonunlar va ilmiy tushunchalar tashkil etadi. Fizika tez sur’atlar
bilan rivojlandi, jumladan Nyuton
mexanikasi, relyativistik mexanika, kvant mexanikasi kabi fundamental nazariyalar yaratildi.
Bu esa
birinchidan hozirgi fizika o’rganadigan hodisalarni sonini ko’paytirib yubordi. Ikkinchidan fanning rolini
ko’tardi. Fizik nazariyalar boshqa,
tabiiy fanlarning, masalan kimyo, elektrotexnika,
radiotexnika, gazlar
dinamikasi, elektronika kabilarning asosi bo’lib qoldi. Ularning ko’pchiligi alohida fan bo’lib ajralib chiqdi.
Fizikada ochilgan qonunlar universal bo’lib uni hozirgi tabiiy fanlar ichida yetakchi darajaga ko’tardi.
Yuqorida aytilganlardan ko’ramizki, fizikani bilmasdan to’la qiymatli ta’lim ma’lumotini tasavvur qilib
bo’lmaydi. Boshqa predmetlar kabi fizika o’qitish ham didaktik maqsadlarni ya’ni ta’lim-tarbiya va
o’quvchilarni rivojlantirishni amalga oshiradi. Ko’rinib turibdiki, ta’limda fizika o’qitish katta ahamiyatga
ega. Fizika o’qitish jarayonida o’quvchi
va talabalar fizikani sanoatda, qishloq xo’jaligida, transportda,
tibbiyotda va boshqa sohalarda qo’llanishlari bilan tanishadilar, o’lchov asboblari bilan ishlash malakasiga
ega bo’ladilar va foydali mehnatga tayorlanadilar.
Fizikani o’rganish orqali o’quvchilar tabiatidagi qator hodisalar va ularning Ilmiy asoslanishi bilan
tanishadilar, ularga dunyoning moddiyligi
haqida ishonch shakllanadi, dunyoni o’rganishda insonning
imkoniyatlari katta ekankigini bilib oladilar. Natijada ta’lim oluvchilarning mantiqiy fikrlashlari va bilish
qobiliyatlari rivojlanib boradi.
Fizika va unga yaqin fanlarni o’qitish o’quvchilarda quyidagi ta’lim sifatlarini berishi bilan ajralib turadi:
- ketma-ketligi mantiqiy to’g’ri va oddiydan murakkabga qarab boorish
tamoyiliga rioya qilish;
- fizik hodisalar va jarayonlarni kuzatish usullari bilan tanishtirish;
-tajriba o’tkazish uning natijalarini hisoblash, xatoliklarni hisoblash ko’nikmalarini
hosil qilish;
-asosiy fizik qonunlar va hodisalarni to’g’ri talqin qilish , ularni masala yechishda tadbiq etish va tajribaga
tekshirib ko’rish ko’nikmalarini hosil qilish ;
-oily o’quv yurtida kirish uchun zarur bo’lgan bilim, malaka va ko’nikma hosil qilish;
-o’quvchilarning fizik tafakkurini rivojlantirish, fikrlash qobiliyatini oshirish hamda hayotda yuz berayotgan
hodisa va jarayonlarni to’g’ri talqin qilishga o’rgatish;