1-MA’RUZA: Iroda. Irodaning metodologik muammolari
Reja
1.
Iroda haqida umimiy tushuncha
2.
Irodaning metodologik muammolari
Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga irodaning psixik faoliyatda namoyon bo‘lishi,
irodaviy akt, shaxsning irodaviy sifatlari haqida ma’lumot berish. Tushunchalar va
tayanch iboralar: Iroda, irodaviy akt, ixtiyoriy va ixtiyorsiz harakatlar, dadillik,
qat’iylik, ma’suliyat, sabr-toqat, matonat.
Asosiy savollar: Iroda haqida tushuncha. Iroda aktining tuzilishi. Irodaning
metodologik muammolari
Psixologik umumlashmalarda ta’kidlanishicha, emotsiya bilan iroda ilmiy
kategoriya sifatida o‘zaro shunchalik chambarchas bog‘langanligi tufayli ko‘pincha
ularni
bilish
(kognitiv)
jarayoniga
qarama-qarshi
tarzda
shaxsning
emotsionalirodaviy, umumiy tizimga birlashtirishadi. Psixika evolyutsiyasida
emotsiyalar taraqqiyotning quyi bosqichida yotgan bo‘lsa, iroda uning yuksak
darajasidan joy egallagan. Iroda boshqa psixik hodisalar singari aks ettirishning bitta
shakli sifatida gavdalanadi. Irodaviy jarayonda faoliyatning obyektiv maqsadi aks
ettiruvchi obyekt bo‘lib hisoblanadi, ammo bu voqelik o‘zidan o‘zi emas, balki
ushbu maqsadga erishishni ta’minlovchi shaxsiy faoliyatni aynan bajarilishi
uyg‘unligida kechadi. Bizningcha, irodaga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
“Insonning o‘z oldiga qo‘ygan ongli maqsadiga itoat etgan holda to‘siqlarni yenga
olish, shaxsiy faoliyatini anglagan tarzda faol boshqarish va nazorat qila bilish
qobiliyati iroda deyiladi”. Irodaning namoyon bo‘lishida xamisha irodaviy zo‘r
berish ishtirok etadi va u qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida uchraydigan
qiyinchiliklarni yengishga yo‘naltiriladi. Muayyan maqsadni amalga oshirishda
qiyinchiliklar ba’zi hollarda o‘ta kuchsiz, gohida esa kuchli zo‘r berishni talab etadi.
Iroda ongning uch asosiy xususiyatini o‘zida mujassamlashtiradi: bilish, munosabat
va kechinma. Irodaviy harakat maqsadi doimo inson ko‘ngliga yaqin, moyil,
mutanosib obraz shaklida anglanadi. Maqsadga erishishning ahamiyatini va
ro‘yobga keladigan to‘siqlarni bilish qiyinchiliklarga munosabat tariqasida
namoyon bo‘ladi hamda tushuniladi. Irodaviy zo‘r berishning o‘zi esa kechinma
sifatida aks etadi. Irodaviy zo‘riqish kechinmasining o‘zi psixologik tuzilishiga
ko‘ra, murakkab bo‘lib, shaxs to‘rt asosiy kechinmasining eng yuksagi hisoblanadi.
Insonning irodaviy harakatlarini quyidagi bosqichlardan iborat ekanligini tavsiflash
mumkin. 1. Maqsadni va unga erishish intilishni anglash. 2. Maqsadga erishishning
bir qator imkoniyatlari mavjudligini tushunish. 3. Fikriy imkoniyatlarni tasdiqlovchi
yoki inkor qiluvchi motivlarning paydo bo‘lishi. 4. Motivlar kurashi va ustuvor,
kuchli motivni tanlash. 5. Qaror sifatida gavdalanuvchi imkoniyatlarni qabul qilish.
6. Qabul qilingan qarorni amalga oshirish. Metodologik nuqtai nazardan “Maqsad”
tushunchasi “Men nima qilishim kerak” degan ma’no anglatadi. “Motiv”
tushunchasi esa goh “xohish”, goho “kerak” ma’nosida gavdalanib, u “Nima uchun
buni qilish shart” degan so‘z birikmasini aks ettiradi. Iroda tuzilmaviy jihatdan
irodaviy harakat bosqichlari, irodaviy akt (harakat), irodaviy sifatlar, irodaviy zo‘r
berish, irodaviy kurashlar, maqsad ko‘zlash, qaror qabul qilish, irodaviy malakalar,
mexanizmlar, tashqi va ichki omillardan tashkil topadi. Umumiy maqsadning
ijtimoiy ahamiyati irodaviy aktda shaxsning irodaviy faoliyatida namoyon bo‘ladi,
uning qiymati zo‘riqishda yoki iroda kuchida mujassamlashadi. Mustaqil ish
topshiriqlari: Irodaning ijtimoiy-tarixiy jabhalari. Tadqiqot tarixi va talqini
(Aristotel, Dekart, Spinoza, Lokk, Gelbetsiy, Didro, Smit, Kant, Vundt, Grott, Ribo,
Darvin, Ushinskiy, Lange, Lipps, Yang, Uotson, Sechenov, Pavlov, Mak-Daugoll,
Freyd, Sanford va boshqalar.) Iroda ning predmeti va uning o‘ziga xosligi. Iroda
ning vazifalari. Irodaning ijtimoiy hayotidagi ahamiyati va roli.
Dostları ilə paylaş: |