Kitob apparati bilan ishlash. Komilov Matlatif Erkin o‘g‘li. Urganch davlat Pedagogika instituti 1-bosqich talabasi Otayeva Dinora O‘rinboy qizi Urganch davlat Pedagogika instituti 1- bosqich talabasi. Annatotsiya



Yüklə 276,76 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix27.09.2023
ölçüsü276,76 Kb.
#149406
Komilov Matlatif Erkin o‘g‘li 53-55 (1)



 
53 
Kitob apparati bilan ishlash. 
Komilov Matlatif Erkin o‘g‘li. 
Urganch davlat Pedagogika instituti 1-bosqich talabasi 
Otayeva Dinora O‘rinboy qizi 
Urganch davlat Pedagogika instituti 1- bosqich talabasi. 
Annatotsiya:
Ushbu maqolada kitob, kitob apparati, kitob apparati bilan ishlash, 
ki tob tayyorlash jarayonlari haqida uning paydo bo‘lish tarixi haqida keng 
ma’lumotlar keltirilgan. 
Kalit so‘zlar: 
Kitob, kitob apparati, Baxmanyor, kitob tarixi, Guttenberg, 
nashriyot. 
Shunday odamlar ahtaringki, ular bilan suhbat qilmoq yaxshi kitob o’qimoqqa 
barobar bo’lsin. Shunday kitoblarni ahtaringki, mutolaasi faylasuflar suhbatiga teng 
bo’lsin . A. X. Baxmanyor. 
Kitob beminnat do‘st, bilim va ma’naviyatimizning yuksalishiga hissa 
qo‘shuvchi asosiy manbaa. Necha asrlardan beri sayqallanib, qanchadan -qancha 
avlodlarga misoli yo‘lchi yulduzdek yo‘l ko’rsatib kelayotgan mayoq. Insonning 
bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo’lishi uchun muhim omillardan biri. 
Sir emaski, hozirgi kunda yoshlar vaqtining ko’p qismini ijtimoiy tarmoqlarda turli xil 
ko’ngilochar videolar, insonni o’ziga jalb etadigan o’yinlar bilan o’tkazmoqda. 
Kutubxonadagi bog’lam-bog’lam kitoblar kutubxona tokchalarida chang bosmoqda. 
Biz shuqadar erinchoqmizki, biron joyimizni qashish kerak bo’lsa albatta uni o’zimiz 
emas kimgadir qashitgimiz keladi. Qancha sarmoya bilan bunyod bo’lgan 
kutubxonalar-u kitoblar ayrimlar uchun hech ahamiyatsiz. Biz bilamizmi bir kitob 
tayyorlash uchun qancha vaqt, sarmoya, diqqatlilik, mehnat kerakligini. Bir kitob bizga 
yetib kelguniga qadar qancha bosqichni bosib o’tishinichi… 
Emishki, kitob bosish g’oyasi muhrlar orqali vujudga keladi. VII-VII asrlarda 
yaqin sharqda va yevropada bosma naqsh tushirilgan matolar tayyorlangan. 
Takrorlashlar natijasida shakllar bosish uchun xattotlar, nusxa ko’chiruvchilar va 
kotiblar o’z ism shariflari yoki muallif ism familiyasini yozish uchun muxrdan 
foydalanishgan. Sababi matnni tez yozish imkonli bo’lgan bo’lsa, ramzlar va turli 
shakldagi ifodalardan iborat bo’lgan ism shariflar bosh harflarini yozish va bezashga 
ko’p vaqt ketgan. Shuning uchun bunday ishlarni avvaldan maxsus tayyorlangan 
muxrlar yordamida osongina bajarishgan. Bu ayniqsa, xattot va nusxa 
ko’chiruvchilarga qulay bo’lgan. Katta hajmli qo’lyozmalarni ko’chirishda eng ko’p 
uchraydigan so’zlar, tasvirlarni qayta-qayta yozish o’rniga muhr yordamida osongina 
bosib ketish ham vaqtni tejardi ham sifatni oshirardi. Bosma nusxalar esa o’yin kartalari 


 
54 
va arzon – garov tasviriy ishlanmalar masalan chaqqon bo’lgan ikonalar shuningdek, 
xaritalarni tayyorlashda ko’p qo’llanilgan. Bunday gravyuralar avvaliga faqat tasvirdan 
iborat bo’lgan. Keyinroq esa bir necha satr matn ham qo’shib bosila boshlangan. 
Gravyura bosishdan kitob bosishga o’tish uchun faqat bittagina qadam tashlash qolgan 
edi. Mantiqan qaralganda bu jarayon evolyutsiyasi quyidagicha bo’lgan avvaliga taxta 
yoki metal doskaga tasvirni o’yib tushirib, u orqali qog’oz yoki matoga tasvirni bosib 
chiqarishni yo’lga qo’ygan. Bunday tasvir ostidagi bir-ikki satr matn qo’lda yozib 
chiqilgan. Keyinroq doskaning o’zida matnni teskari tartibda o’yib yozib uni ham tasvir 
bilan birvarakayiga bosishga o’tishgan. Shu tahlit ish doskada matnning o’zini bezak 
va tasvirlarsiz teskari tartibda o’yib ishlash va uni qog’ozga yoki matoga bosishga 
yetgan. Bunday yo’sinda bosilgan dastlabki kitoblar hajman kichik bo’lgan. Biz ularni 
kichik risola yoki broshyura deb atagan bo’lar edik. Bunday kitoblar haqiqiy qo’lyozma 
kitob sotib olishga imkoni yo’q ammo savodli o’rta va quyi ijtimoiy sinflarga 
mo’ljallangan. Bunday usulda bosilgan kitoblarning adadi dastlabki matn o’yish va 
boshqa tayyorgarlik harajatlari shuningdek, qog’oz va siyoh sarfini qoplaydigan 
darajada katta bo’lishi kerak edi. Ma’lumki, matnlarni o’yish sabrli va ko’p vaqt talab 
etadigan mashaqqatli ish bo’lgan. Bu ish bilan shug’ullanidigan ustalarda shu jarayonni 
tezlashtiradigan hech bo’lmasa yengillashtiradigan fikr yuzaga keladi. Bu g’oyani 
germaniyalik Guttenberg amalga oshiradi. Guttenberning bu ixtirosi matbaachilikda, 
nafaqat bu sohada balki insoniyat tamadduni tarixida inqilob yasadi desak mubolag’a 
bo’lmaydi. Zero u tufayli insoniyatning ming yillar davomida to’plagan bilimlarini 
egallash osonlashdi.
Kitobning o’tmishi shunday ekan. Xo’sh bugunichi bugun ham shundaymi. 
Bugun bir kitob yuzaga kelishi uchun kitob qaysi mavzuda yoziladigan bo’lsa oldin 
mavzuga oid reja tuzish,
Mavzuning dolzarbligi, 
Nashriyot va muallif shrtnomasi, 
Muxarrirning asar rejasi ustida ishlashi, 
Qo’lyozmani muallifdan qabul qilish, 
Nashriyot qayd etgan xató va kamchiliklarni to’g’rilash’ 
Ishni taqrizdan o’tkazishga yuborish yoki muhokamaga qo’yish 
Kitobni bezash, 
Muharrir va boshqa bo’limlar xodimlarinining hamkorligi, 
Kitob tarqatish tizimi, 
Kitob savdosi va noshirlik. 


 
55 
Bitta kitobning yuzaga kelishi mana shunday bosqichlarni bosib o’tyapti. Bizdan 
talab etilayotgan narsa faqat shu kitoblarni bir bor varaqlab o’z bilim saviyamizni yana 
bir bor yuqori pog’onaga ko’tarish. Shunday odamlar bor ular bilan suhbatdan keyin 
itlarning peshonasidan o’pging, echkiga hurmat izhor etging, sherga ta’zim qilging 
keladi. Bu albatta suhbat qurgan insonning bilim saviyasiga bog’liq. Mashhur turk
adiblaridan biri Mustafo Mahmud Kitob o’qish menga vaqtni o’ldirish vositasi edi. 
Oxiri borib u vaqtni tiriltira boshlanadi degan so’zlarida naqadar haq edi. 
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, bir kitobning yuzaga kelishi juda 
murakkab. Biz kitobning ichiga kirib o’zimiz bilmagan dunyo ilm ahli bilan birga 
bo’lamiz. Shunday ekan biz sizga deymizki, ilm ahlidan bo’ling. Chunki kitob-tafakkur 
qanotidir. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Z. T.Tahirov. Tafakkur bo’stoni 2015 
Internet saytlari 
1.Fayllar.org. 
2.uz. stendstroy.ru. 

Yüklə 276,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin