Оёқ панжаси.
Gulmanov Ilich Djumabaevich. Toshkent tibbiyot akademiyasi.
OYOQ PANJASI
(
pes
)
Chegaralari
: to‘piqchalar asosi orqali o‘tkazilgan gorizontal chiziq.
Oyoq panjasida
regio dorsalis pedis
va
regio plantaris pedis
(ularni to‘piqchalar
cho‘qqilaridan I va V kaft suyaklari boshchalari yon yuzalariga o‘tkazilgan chiziqlar
ajratib turadi), va
barmoqlar sohalari
(
regg. digiti
) farqlanadi.
OYOQ PANJASI USTKI (ORQA) SOHASI
(
regio
dorsum pedis
)
Qavatma-qavat topografiyasi.
1. Teri (
cutis
) tonkaya, podvijnaya.
2. Teri osti kletchatkasi (
panniculus adiposus
) kuchsiz rivojlangan. Bu erda
rete
venosum dorsale pedis
,
arcus venosus dorsalis pedis
(
v. saphena magna
va
v. saphena
parva
orasidagi ravoqsion anastomoz) joylashadi.
3. Yuza fassiya (
fascia superficialis
) ingichka ko‘rinishda bo‘ladi, uning varaqalari
orasida quyidagilar joylashadi:
n. saphenus
(oyoq panjasining medial yuzasi orqa yarmi terisini innervatsiya
qiladi),
n. cutaneus dorsalis medialis
va
n. cutaneus dorsalis intermedius
(
n. peroneus
supetficialis
tarmoqlari), oyoq panjasi birinchi uch yarimta barmoqlarning ustki
(orqa) terisini innervatsiyalaydi,
n. dorsalis hallucis lateralis
va
n. dorsalis digiti secundi medialis
,
n. peroneus
profundus
dan chiqadi, birinchi barmoqlararo oraliq terisini innervatsiya qiladi.
n. cutaneus dorsales lateralis
(
n. suralis
tarmog‘i), oyoq panjasi lateral yuzasi
terisini va IV hamda V barmoqlarning ustki (orqa) terisini innervatsiya qiladi.
4. Xususiy fassiya (
fascia dorsalis pedis
), oyoq panjasi ustki sohasi fassiyasining
varaqalari orasida quyidagilar joylashadi:
m. tibialis anterior
payi (medial ponasimon suyak va I kaft suyagi asosiga
birikadi),
m. extensor hallucis longus
payi,
m. extensor digitorum longus
(II–V barmoqlar distal falanga suyaklariga
birikadi),
m. peronaeus tertius
payi.
5. Fassiya osti bo‘shlig‘i. Bu erda joylashadi:
m. extensor hallucis brevis
, tovon suyagining oldingi qismi yuqori yuzasidan
boshlanib oyoq panjasi bosh barmog‘i proksimal falangasi asosining ustki
yuzasiga birikadi;
m. extensor digitorum brevis
, tovon suyagining oldingi qismi yuqori va lateral
yuzalaridan boshlanib oldingi yo‘naladi va uchta payga ajralib II–IV barmoqlarni
yozuvchi uzun muskullar paylariga birikadi.
6. Oyoq panjasi kaft usti va kaft suyaklari orqa yuzalari hamda oyoq panjasi ustki (orqa)
suyaklararo muskullarni qoplovchi suyaklararo fassiya (
fascia interossea
).
Dostları ilə paylaş: |