Оёқ панжаси. Gulmanov Ilich Djumabaevich. Toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix16.10.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#156310
1   2   3   4   5   6   7
Oyoq panjasi

Yuza kletchatka bo‘shlig‘i
barmoqlarni bukuvchi kalta muskul va barmoqlarni 
bukuvchi uzun muskul paylari orasida joylashadi. 
Chuqur kletchatka bo‘shlig‘i
pastda barmoqlarni bukuvchi uzun muskul payi, 
kvadrat muskul va yuqorida bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi muskul bilan 
chegaralangan. 
Lateral va medial muskullararo to‘siqlar bo‘ylab yuza va chuqur kletchatka 
bo‘shliqlari bir-biri bilan bog‘lanadi. 
Oyoq panjasining o‘rta fassial o‘rindig‘i kletchatka bo‘shliqlari quyidagilar bilan 
bog‘lanadi: 

kommisural teshiklar orqali oyoq panjasining teri osti kletchatkasi bilan; 

chuvalchangsimon muskullar orqali barmoqlararo tirqishlar va barmoqlarning kaft 
usti kletchatkalari bilan; 

oyoq panjasining kaft usti arteriyasi chuqur kaft tarmog‘i yo‘nalishi bo‘ylab oyoq 
panjasi kaft usti fassiya osti kletchatkasi bilan; 

barmoqlarni bukuvchi uzun muskul payi, bosh barmoqni bukuvchi uzun muskul payi, 
orqa katta boldir qon tomir va nervlari orqali boldir sohasining orqa fassial o‘rindig‘i 
bilan; 

bosh barmoqni bukuvchi uzun muskul payi orqali oyoq kaftining medial o‘rindig‘i 
bilan; 

jimjiloq barmoqni bukuvchi muskul payi bo‘ylab oyoq kafti lateral o‘rindio‘i bilan. 
Oyoq kafti qon tomirlari , nervlari va limfa tizimi 
Orqa katta boldir arteriyasi
bukuvchi muskullar paylari ushlagichi 
(
retinaculum flexorum
) tagida medial to‘piq kanalidan o‘tadi va kanalda barmoqlarni 
bukuvchi uzun muskul va bosh barmoqni bukuvchi uzun muskul payi orasida 
joylashadi, ushbu paylar bilan birga 
tovon kanali
ga kiradi, tovon kanali oyoq panjasi 
bosh barmog‘ini uzoqlashtiruvchi muskul (
m. abductor hallusis
) va tovon suyagi 
orasida hosil bo‘ladi. 
Tovon kanalida arteriya medial va lateral kaft arteriyalari (
aa. plantares medialis 
et lateralis
)ga bo‘linadi. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin