Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 9)
ISSN 2181-1709 (P)
214
Education and innovative research 2022 y. №9
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA HUQUQIY
ONGNI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGNING
KREATIVLIGI
https://doi.org/10.53885/edinres.2022.9.09.030
Jumayeva Feruza Faxriddinovna
BMTI akademik litseyi yetakchi o’qituvchisi
Annotatsiya. Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida huquqiy
ongni shakllantirishda o‘qituvchini kreativ harakatlari va uning samarasi
xususidagi fikrlar bayon qilingan.
Kalit so‘zlar: kreativ, huquqiy ong, boshllang‘ich sinf, o‘quvchi, interaktiv
usul.
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirib borish qonun
ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim
shartlaridan biri hisoblanadi. Yurtimizda so‘nggi yillarda milliy huquq tizimini
tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish borasida
sezilarli ishlar amalga oshirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.
Mirziyoyevning 2019 yildagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni
yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” Farmonida “yosh
avlod
ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda
odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim
jihatlarini ularga bolaligidan boshlab oʻrgatish;” asosiy vazifa qilib belgilab
berilgan bo’lib, ushbu me’yoriy hujjat huquqiy demokratik davlat hamda
fuqarolik jamiyatni qurishni o’z maqsadi qilib olgan jamiyatimiz uchun
huquqiy tarbiyaning asosini belgilab beruvchi asosiy tamoyil bo’lib xizmat
qiladi. Darhaqiqat har qanday jamiyatda yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi
doimo dolzarb muammo sifatida e’tirof etiladi.
Uning ikkinchi muhim
jihati esa yoshlarning ijtimoiy-huquqiy ongini shakillantirishda huquqiy
tarbiyaning rolidir.
O’zbekiston Respublikasining uzluksiz ta’lim tizimining ajralmas va
eng asosiy bo’g’ini boshlang’ich ta’lim ekanligini e’tiborga olgan holda
aynan huquqiy tarbiyani rivojlantirishga shu
bosqichda alohida ahamiyat
berish maqsadga muvofiqdir. Boshlang’ich ta’limda o’quvchilar huquqiy
jihatdan chuqur nazariy va amaliy bilimlar hamda malaka va ko’nikmalarga
ega bo’lishi bilan birga milliy urf-odatlar va qadriyatlarni hurmat qilishi,
ma’naviy, ruhiy, jismoniy jihatdan sog’lom va barkamol, fuqorolik burch
va mas’uliyatini shakllangan bo’lib voyaga yetishlari kerak. O’quvchilarda
huquqiy tarbiyalashda maktab miqyosida olib boriladigan, ma’naviy-ma’rifiy
ishlarni olib borishda xalqning boy
merosidan unumli foydalanish, uning
tizimli asosini ishlab chiqish, o’z oldimizga qo’ygan maqsadimizni samarali
amalga oshishishiga sababchi bo’ladi. Chunki, huquqiy tarbiya bu- tashkiliy
ravishda muntazam olib boriladigan, aniq maqsadni ko’zlagan va shaxsga
Образование и инновационные исследования (2022 год №9)
ISSN 2181-1717 (E)
215
http://interscience.uz
«guruh shaxslariga» ta’sir qila oladigan, ularda huquqiy ong, huquqiy bilim,
qonunlarga rioya qilish xislatlarini vujudga keltiradigan harakatdir. Aynan
o’qitish jarayonida olib boriladigan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar asosida
boshlang’ich sinf o’quvchilarida huquqiy tushunchalarni shakllantirish bu
har bir o’quvchining ichki hayoti,
muhit kechinmalari, aqliy qobiliyatlari,
idrokini mujassamlashtirish, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi
yo’lida xizmat qilish, O’zbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlarning
qadriyatlari, tili, madaniyati, diniy e’tiqodi, urf-odat va an’analarni hurmat
qilish, ularni asrab avaylash va rivojlantirish, ma’rifatli, bilimli, huquqiy
jihatdan madaniyatli, ma’naviy axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxs bo’lib
yetishishi demakdir. Fuqarolik tarbiyasi tagzaminida xalq o’tmishi, tarixini
o’rganish milliy qadriyatlar mohiyatini anglashga
asoslangan faoliyatga
o’quvchilarni yo’naltirish ijtimoiy maqsadni amalga oshirishga qaratirilgan
yo’l sanaladi. O’quvchilarni haqiqiy fuqaro etib tarbiyalash, ularda fuqarolik
tuyg’usini rivojlantirish, fidoiy, vatanparvar fuqaro sifatida tarbiyalash
asnosida ta’minlanadi. Yosh avlodda fuqarolik hissi va e’tiqodini tarbiyalamay
turib, ularda axloqiy, xulqiy odatlar va huquqiy ko’nikmalarni shakllantirib
bo’lmaydi. Shuning uchun ham fuqarolik tuyg’usini qaror toptirish
murakkab jarayon hisoblanadi. Bunda dastlab o’quvchilarga fuqarolikning
mohiyati va me’yoriy qoidalar mazmuniga oid ilk tushunchalar to’g’risida
bilimlar beriladi. Avvalo, o’quvchiga fuqarolik odobi va madaniyati haqidagi
tushunchalar
beriladi, bu xildagi hatti-harakatlarga oid ibratli shaxslar
faoliyatidan namunalar keltiriladi, so’ngra faoliyat uyushtiriladi. Ana shu
asosida ularda fuqarolik tushunchasi shakllanadi va fuqarolik xulqiy odatlari,
ko’nikmalar hosil qilinadi. Badiiy va ilmiy adabiyotlar, matbuot yangiliklari,
kinofilm, spektakl g’oyalari, turli suhbatlar mazmunini tushuntirish, targ’ib
etib borish orqali o’quvchilar ongiga fuqarolik tushunchalari singdiriladi.
Darhaqiqat bugungi kunda ta’lim sohasida olib borilayotgan keng
ko’lamli islohotlar, ta’lim mazmunini takomillashtirishga oid qabul qilingan
hukumat qarorlari, ta’limni hayot bilan bog’lashni, o’qitish samaradorligini
oshirishni, tez taraqqiy etib borayotgan
jamiyat uchun har tomonlama
rivojlangan faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo’lgan barkamol avlodni
tarbiyalab yetishtirishni talab qiladi. Bu o’rinda ta’lim jarayoniga innovatsion
pedagogik texnologiyalarning kirib kelishi va qo’llanishi davr talabi bilan
bevosita bog’liqdir. Shuning uchun ham yosh avlodni rivojlangan huquqiy
madaniyatli qilib tarbiyalash pedagog kadrlardan yangicha yondashuv hamda
ijodkorlik, kreativlikni talab etadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida huquqiy
ongini shakllantirish jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega. Chunki huquqiy
ong jamiyatda ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan – falsafa, siyosat, din,
axloqdan farq qiladi. U jamiyatda ijtimoiy ongning maxsus shakli bo’lib
hisoblanadi, chunki huquqiy ong keng tushuncha bo’lib, jamiyatda huquqiy
normalarni qabul qilish, ularni turmushda qo’llash, huquq to’g’risida
bilimlarning, ya’ni huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya to’g’risidagi