Образование и инновационные исследования (2022 год №9)
ISSN 2181-1717 (E)
217
http://interscience.uz
Bu natijalar asoslangan va o’quv tayyorgarlik faoliyatiga ega bo’ladilar.
Pedagogik o’yinlar o’yin uslubiga ko’ra quyidagicha tavsiflanadi: fanlar
bo’yicha; huquqiy jarayon qatnashchilari-fuqarolar, davlat organlari mas’ul
shaxslar, siyosatchilar, imitatsion, dramalashgan o’yinlar. Imitatsion o’yinlar
- bo’lim, korxona, tashkilotning faoliyati-imitatsiya qilinadi. Imitatsion
o’yinlar ssenariyasi,
hodisa syujetidan tashqari, imitatsiya qilinadigan
jarayon va ob’yektlar tarkibi va ahamiyati haqidagi tafsilotlarni o’z ichiga
oladi. Operatsion o’yinlar – tegishli ish jarayoni, ularni bajarish shart-
sharoitlari modellashtiriladi. Ular ma’lum bir o’ziga xos operatsiyalarni:
sud jarayoni qatnashchilari harakati, ularning faoliyati ma’lum
bir usulni
o’zlashtirishga yordam beradilar. Rolli o’yinlar – ma’lum bir shaxsning
vazifa va majburiyatlarini bajarishdagi ruhiy holatlar, hatti-harakat ishlanadi,
rollar majburiy mazmuni bilan taqsimlanadi. Psixodrama va sotsiodrama
– bu rolli o’yin teatrga o’xshagan bo’lib, faqat bu yerda ijtimoiy-huquqiy,
psixologik vaziyatlar ko’riladi hamda yechiladi. Bunday masalalar jumlasiga
jamoadagi vaziyatni his qila olish, boshqa kishini ruhiy holatini to’g’ri
baholash va uni o’zgartira olish, u bilan unumli muloqotga kira olish kiradi.
Zamonaviy texnika vositalari- kompyuter vositalari hamda internet tizimi
bilan ta’minlangan dars xonlarida turli xil o’qitish innovatsion kompyuter
programmallari orqali onlayn o’yinli vaziyatlar orqali ham boshlang’ich sinf
o’quvchilarida huquqiy vaziyatlarni ongli hal qilish bo’yicha ko’nikmalar
shakllantirish mumkin.
Boshlang‘ich sinflarda interfaol metodlar va ta’limiy o‘yinlardan,
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanish
o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash
doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o‘rganganlarini hayot
bilan bog‘lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O‘qituvchilarning
bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali
foydalanib, darslarni ilg‘or pedagogik hamda
axborot kommunikatsiya
texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta’lim-tarbiya jarayonini sifatini
kafolatlaydi. Masalan, «Videotopishmoq» metodi. So’nggi yillarda
pedagogik faoliyatda turli axborot vositalar (komp’yuter, televideniye,
radio, nusxa ko’chiruvchi qurilma, slayd, video va audio magnitofonlar)
yordamida ta’lim jarayoni tashkil etilishida asosiy o’rinni egallamoqda.
O’qituvchilar oldida ta’lim jarayonida turli axborot vositalaridan o’rinli
va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turibdi. Videotopishmoq
metodidan foydalanishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: –
tahsil
oluvchilar e’tiboriga o’rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga
yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish etiladi; – tahsil
oluvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganligini izohlaydilar; –
jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd etadilar; – o’qituvchi tomonidan
berilgan savollarga javob qaytaradilar.
Ta’lim tizimiga yangi kirib kelgan texnologiyalardan biri bu o’qitishning