4
« Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiyasi
BIOLOGIK MEMBRANALAR HAQIDA TUSHUNCHA. BIOLOGIK
MEMBRANALARNING VAZIFASI HAMDA AHAMIYATI
Asfandiyorov Javodbek Mirzaali o’g’li
1
1
Toshkent tibbiyot akadmiyasi Termiz filliali Davolash fakulteti talabasi
javodbek01@mail.ru
Fozilov Nurillo Bahromjon o’g’li
2
2
Toshkent tibbiyot akadmiyasi Termiz filliali Davolash fakulteti talabasi
fozilovnurillo90@gmail.com
Tojiddinov Davronbek Ulug’bek o’g’li
3
3
Toshkent tibbiyot akadmiyasi Termiz filliali Davolash fakulteti talabasi
tojiddinovdavronbek041@gmail.com
Sultonmirzayev Xikmatillo Eminjon o’g’li
4
4
Toshkent tibbiyot akadmiyasi Termiz filliali Davolash fakulteti talabasi
khikmatillosultonmirzayev@gmail.com
Abdivaxidov Ma’ruf Raxmon o’g’li
5
5
Toshkent tibbiyot akadmiyasi Termiz filliali Davolash fakulteti talabasi
abdivoxidovmaruf30@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.7138676
Annotatsiya: Biologik membrana hujayraning
muhim funksional birligi
hisoblanadi. Umuman olganda membrana funksiyasining buzilishi organizmda
normal funksiyalarni buzilishiga olib keladi.
Membrananing tarkibiy qismi
bo’lgan uglevod, oqsil, lipidlar har biri o’ziga xos vazifaga egadir. Bularning
miqdoriy o’zgarishi ham membrana faoliyatining buzilishiga olib keladi. Tanlab
o’tkazish funksiyasi ham membrananing eng muhim vazifasi bo’lib,
nafaqat
hujayra balki butun organizmning eng muhim xususiyatlardan biridir. Mana shu
birgina kichik bir membrananing o’zgarishi butun boshli organizmga o’z ta’sirini
o’tkazadi. Membranadagi o’zgarishlarni asosan radikallar keltirib chiqaradi.
Ushbu o’zgarishlarni oldini olish uchun maxsus modda antidioksidantlardan
foydalaniladi.
Kalit so’zlar: O’tkazuvchanlik,
integral, periferik,
diffuziya, gidrofil,
gidrofob,
polyar, antidioksant.
Hujayraning muhim tarkibiy qismlardan biri bu hujayra membranasidir. U
hujayrada bir necha asosiy vazifalarni bajaradi, membrananing asosiy vazifalari
quyidagilardir:
1. Hujayra va hujayra organoidlarini o‘rab turadi va ajratadi. Jumladan,
hujayrani tashqi gardish muhitidan plazmatik
membrana ajratadi va uning
mexanik hamda kimyoviy ta’sirlardan himoya qiladi. Shu bilan birga plazmatik
membrana hujayra ichi va tashqi muhiti o‘rtasida metabolitlar va anorganik
ionlar konsentratsiyasining farqini saqlaydi