X-D-A so‘rovnomasi
Quyida siz hayotda uchratadigan turli vaziyatlar sanab o‘tilgan. Ularning ba’zilari sizga yoqimsiz bo‘lishi,
sizda xavotir, tahlika, qo‘rquv uyg‘otishi mumkin. Vaziyatlar sizga qanchalik yoqimsiz ekanini 1,2,3,4
raqamlaridan foydalanib belgilang.
Bunda:
1 - vaziyat sizni bir oz xavotirga soladi;
2 – vaziyat shunchaki, siz undan nariroq bo‘lishni istaysiz;
3 – vaziyat sizga judayam yoqmaydi, sizda kuchli xavotir uyg‘otadi;
4 – vaziyat sizda kuchli qo‘rquvni uyg‘otadi, siz unga chiday olmaysiz.
1. Doskaga chiqib javob berayotganingizda qattiq hayajonlanasizmi?
1 2 3 4
2. Notanish odamlar uyiga borganda hayajon bosadimi?
1 2 3 4
3. Musobaqa, tanlov, olimpiadalarda ishtirok etish vaqtida hayajonlanasizmi?
1 2 3 4
4. Maktab direktori bilan suhbatlashayotganda hayajon bosadimi?
1 2 3 4
5. O‘z kelajagingiz haqida o‘ylab xavotirga tushasizmi?
1 2 3 4
6. O‘qituvchi kimdandir so‘rash uchun jurnalga qarayotgan vaqtda sarosimaga tushib
qolasizmi?
1 2 3 4
7. Sizni tanqid qilishsa, tanbeh berishsa xafa bo‘lasizmi?
1 2 3 4
8. Biror ish qilayotganingizda sizga tikilib turishsa hayajonlanasizmi?
1 2 3 4
9. Nazorat ishi yozayotganingizda qattiq hayajonga tushasizmi?
1 2 3 4
10. Nazorat ishidan keyin o‘qituvchi baholarni e’lon qilayotganda natija qanday bo‘ldi deb
hayajonlanasizmi?
1 2 3 4
11. Sizni har bir ishingizni kuzatib tursalar hayajonlanasizmi?
1 2 3 4
12. Biror bir ishni uddalay olmasangiz tushkunlikka tushasizmi?
1 2 3 4
13. Ota-onangizni maktabga chaqirsalar bundan qattiq xavotirlanasizmi?
1 2 3 4
14. Sizni muvaffaqiyatsizlik, mag‘lubiyat kutayotganini sezsangiz xavotirga tushasizmi?
1 2 3 4
15. Sizni doim masxara qilishsa, ustingizdan kulishsa tushkunlikka tushib qolasizmi?
1 2 3 4
16. Imtihon vaqtida kuchli hayajonga tushasizmi?
1 2 3 4
17. Birov sizga jahl qilsa-yu, lekin sababini bilmasangiz asabiylashasizmi?
1 2 3 4
18. Biror tadbirda ko‘pchilik oldida ma’ruza qilish kerak bo‘lsa. Bundan xavotirga
tushasizmi?
1 2 3 4
19. Oldingizda juda muhim tanlov turibdi, bu vaziyatda xavotirlanasizmi?
1 2 3 4
20. O‘qituvchining dars o‘tishidan siz mavzularni tushuna olmayapsiz, bundan
xavotirlanasizmi?
1 2 3 4
21. Siz kim bilandir kelisha olmasangiz buni doim o‘ylab yurasizmi?
1 2 3 4
22. Siz o‘zingizni boshqalar bilan qiyoslab, kamchiliklaringizdan siqilasizmi?
1 2 3 4
23. Sizning qobiliyatlaringizga shubhalanishsa bundan xafa bo‘lasizmi?
1 2 3 4
24. Sizga yosh boladek munosabatda bo‘lishsa jahlingiz chiqadimi?
1 2 3 4
25. Darsda o‘qituvchi sizga to‘satdan savol berib qolsa kuchli hayajonga tushib javob
beraolmay qolasizmi?
1 2 3 4
26. Siz kelgach, gaplashib turganlar jim bo‘lib qolsa o‘zingizni noqulay sezasizmi?
1 2 3 4
27. Sizning ishingizga baho berishayotganda natija haqida o‘ylab kuchli xavotirga
tushasizmi?
1 2 3 4
28. Kelajagingiz haqida ko‘p o‘ylaysizmi?
1 2 3 4
29. O‘zingiz uchun muhim bo‘lgan biror qaror qabul qilayotganda uzoq mulohoza
yuritasizmi?
1 2 3 4
30. Uy vazifasini bajara olmasangiz qattiq xavotirga tushasizmi?
1 2 3 4