MAVZU:
Robototexnika asoslari.
Arduino va uning imkoniyatlari
DARS MAQSADI:
Ta’limiy maqsad:
O‘quvchilarga arduino, arduino va uning imkoniyatlari haqida
ma’lumotlar berish.
Tarbiyaviy maqsad:
O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Texnika
xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish,
sanitariya- gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad:
O‘quvchilarning arduino, arduino va uning imkoniyatlari
haqida olgan bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
Tayanch kompetensiyalar:
Texnologiya faniga oid atamalarni topishda media vositalardan foydalanib, didaktik
topshiriqlarni bajarish axborot manbalaridan (televizor, radio, audio-video yozuv,
telefon) foydalana olish; fayllarni ochishda media-madaniyatga rioya qilish.
Fanga oid kompetensiyalar
:
texnologiya fanini o‘rganish; amaliy ishni bajarishda
tozalikka rioya qilish, kattalarni gapiga quloq tutish,mehnatsevarlik, to‘g‘rilik,
hurmat qilish kabi sifatlarga ega bo‘lish; to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘rtoqlarining xatosini
tushuntirish, kattalarga, kichiklarga, o‘rtoqlariga yordam berish, o‘qib-o‘rganish
orqali bilimini oshirib boorish.
Dars turi:
Yangi bilim beruvchi. Bilimlarni mustahkamlovchi. Kompetentlikni
shakllantiruvchi
Dars uslubi:
Tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar
bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi:
guruhlarda ishlash, “Men santexnik ustaman” , “ To’g’risini top”,
“Aviachipta”, “Tezkor savol-javob ” , “Quyosh nuri” metodlari.
Dars jihozi:
texnologiya fani o‘quv xonasi, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv
qurollari, elekron materiallar, shablonlar, mehnat qurollari, audio va video vositalari.