5-mavzu: Dunyoning konfetsional manzarasi Rеja: Konfessiya tushunchasi Dunyoning konfetsional manzarasi



Yüklə 270,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix02.01.2022
ölçüsü270,11 Kb.
#43064
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3- семинар мавзулари



5-mavzu: Dunyoning konfetsional manzarasi 

Rеja: 

1. 


Konfessiya tushunchasi  

2. 


Dunyoning konfetsional manzarasi  

3. 


O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan diniy konfessiya va tashkilotlar 

 

Tayanch tushunchalar: 

Din,  Konfessiya,  Sekta,  Diniy  tashkilot,  O‘zbekistondagi  diniy  konfessiyalar, 

Diniy  tashkilot,  Mormonlar,  Krishnani  anglash  jamiyati,  Iegovo  shohidlari, 

Bahoiylik, Bobiylik. 

Konfessiya tushunchasi 

 

Mavzuni yoritishda talaba quyidagilarga e’tibor qaratadi. "Konfessiya" so‘zi 



(lotincha  –  "confessio")  o‘zbek  tiliga  aynan  tarjima  qilinganda  “e’tiqod  qilish”, 

degan  ma’noni  anglatadi.  Umuman  olganda,  diniy  konfessiya  deganda  muayyan 

diniy  ta’limot  doirasida  shakllangan  va  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega  e’tiqod  va 

ushbu  e’tiqodga  ergashuvchilar  jamoasi  tushuniladi.  Bir  din  doirasida  yuzaga 

kelgan bo‘lsa-da, aqidalar borasida farqlanadigan jamoalar ham diniy konfessiyalar 

jumlasiga kiradi. 

 

Shuni inobatga olgan holda, mutaxassislar hozirgi kunda dunyoda taxminan 



1000 dan ortiq diniy konfessiyalar mavjud, deb hisoblaydi. 

 

Shuni  alohida  ta’kidlab  o‘tish  lozimki,  islom  dinida  bunday  holat 



kuzatilmaydi. Hech qaysi mamlakatda hanafiy mazhabi alohida, boshqa mazhablar 

alohida  konfessiya  sifatida  ro‘yxatdan  o‘tmaydi. Masalan, O‘zbekistonda ham  bir 

necha  shia  jamoalari  bo‘lishiga  qaramay,  ular  o‘zlarini  alohida  diniy  konfessiya 

hisoblamaydilar. 

 

Din jamiyat hayotining tarkibiy qismi sifatida kishilarning ijtimoiylashuviga



ularning turmush tarzini tashkil etish va tartibga solishga xizmat qiluvchi me’yoriy 

omillardan  biri  bo‘lib  kelgan.  Dinning  bunday  roli  uning  tarixan  shakllangan 

o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. CHunki, din, birinchidan, umuminsoniy 

axloq me’yorlarini o‘ziga singdirib olib, ularni hamma uchun majburiy xulq-atvor 

qoidalariga  aylantirgan;  ikkinchidan,  odamlarning  bahamjihat  yashashiga 

ko‘maklashgan;  uchinchidan,  odamlarda  ishonch  hissini  mustahkamlagan  hamda 

hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni engib o‘tishlarida kuch bag‘ishlagan; 

to‘rtinchidan,  umuminsoniy  va  ma’naviy  qadriyatlarni  saqlab  qolish  hamda 

avloddan-avlodga etkazishga yordam bergan va shu yo‘l bilan madaniyat rivojiga 

katta ta’sir ko‘rsatgan. 




Yüklə 270,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin