2-amaliy mashg‘ulot. Ishqalanish koeffitsientini hisoblash.
Ishning maqsadi. Turli materiallardan yasalgan
sirpanib ishqalanuvchi
jufliklarning ishqalanish koeffitsiyentini aniqlashdan iborat.
Nazariy ma'lumotlar. Sirpanib ishqalanishda ikki qattiq jism tutashuv
nuqtasidagi tezlik miqdori va yo'nalishi har xil bo'ladi.
Ishqalanish jarayoni
ishqalanishda ishtirok etuvchi juflikka ta'sir etuvchi normal va ishqalanish
kuchlari, sirpanish tezligi va ishqalanish koeffitsiyenti bilan xarakterlanadi.
Ishqalanish koeffitsiyenti deb № bir-biri bilan tutashuvda bo'lgan
qattiq jism
orasidagi ishqalanish echini shu jismlarni bir-biriga bosib torgan normal kuchga
nisbati aytiladi. Ishqalanish va yeyilishning molekular-mexanik
nazariyasiga
muvofiq ishqalanish koeffitsiyenti molekulyar va mexanik qismlardan iborat.
Ishqalanish koeffitsiyentining molekulyar qismi ishqalanish sirtlarini o‘zaro
adgeziyasi sifatida namoyon bo‘ladi, mexanik qism esa ishqalanish sirtladagi
g'adir-budirliklami o'zaro mexanik ta'siridan hosil bo'ladi.
Ikki jism orasidagi
ishqalanish koeffitsentiga quyidagi omillar ta'sir qiladi: ishqalanish juftligiga ta'sir
etuvchi normal yuklama; yuzaning g'adir-budirlik
darajasi; ishqalanish juftliklari
materialarining mexanik xususiyatlari; ishqalanishda ajralib chiqayotgan issiqlik va
hokazolar.
Kerakli asbob va uskunalar. Sirpanib
ishqalanuvchi jufliklarning
ishqalanish koeffitsiyentini aniqlash qurilmasi, sirpanib ishqalanish
koeffitsiyentini
aniqlash uchun turli xildagi materiallar, tarozi tosh-lari.
Ishni bajarish tartibi. Laboratoriya ishi kafedrada yasalgan sirpanib
ishqalanuvchi jufliklarning ishqalanish koeffitsiyentini aniqlash (chizmasi 2-
rasmda keltirilgan) qurilmasida bajariladi. Sirpanib ishqalanish koeffitsiyentini
aniqlash quyidagi tartibda olib boriladi. Na-muna (7) ishqalanish sirti (6)ga
qo'yilib, shunur (5)ning bir uchi na-munaga bog'lanadi va shunur g'altak (4) orqali
o'tkazilib, uning ikkinchi uchiga tarozi toshini osish moslamasi (1) ga bog'lanadi.
Laboratoriya ishini o'tkazishda tarozi toshini osish moslamasidagi yuklama (Q)
sekin asta-oshirilib boriladi, yuklama ma'lum miqdorga
yetganda namuna sirpana
boshlaydi. Bu paytga to'g'ri keluvchi shnurning taranglik kuchi toshini osish
moslamasidagi yuklama g'altak va uning o'qi o'rtasidagi ishqalanish kuchi hisobga
olinmaganda son jihatdan ishqalanish sirti va namuna o'rtasidagi ishqalanish kuchi
(F)ga teng bo'Iadi. Laboratoriya ishi mashinasozlikda ko'proq qo'l-laiuladigan
materiallardan yasalgan ishqalanish juftliklarida o'tka-zilach.
Namuna va
ishqalanish sirti o'rtasidagi sirpanib ishqalanish koeffitsryenti quyidagi formuladan
aniqlanadi: