Zamonaviy yengil avtomobil uzatmalar qutisini qismlarga ajratish ishlari texnologik xaritasini ishlab chiqish



Yüklə 1,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix06.04.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#93920
  1   2   3   4
document



EURASIAN JOURNAL OF TECHNOLOGY 
AND INNOVATION 
Innovative Academy Research Support Center 
Open access journal
 
www.in-academy.uz
 
Volume 1, Issue 2 February 2023 ISSN 2181-2020 
Page 58 
ZAMONAVIY YENGIL AVTOMOBIL UZATMALAR QUTISINI 
QISMLARGA AJRATISH ISHLARI TEXNOLOGIK
XARITASINI ISHLAB CHIQISH 
Djumabayev Alijan Bakishevich

Andijon mashinasozlik instituti t.f.d., professor, 
Ortiqov Sarvar Sattaraliyevich

Andijon mashinasozlik instituti doktoranti, 
Karimov Abbosjon Isroilovich

Andijon mashinasozlik instituti magistranti. 
ARTICLE INFO 
 
ABSTRACT
 
Received: 12
th
February 2023 
Accepted: 21
th
February 2023 
Online: 22
th
February 2023
 
 
Maqolada zamonaviy yengil avtomobil uzatmalar qutisini 
ta’mirlash uchun texnologik xarita ishlab chiqilgan. Unda 
avtomobil uzatmalar qutisini qismlarga ajratish va yig`ish 
ishlari ketma-ketliklari, kerakli asbob-uskuna, moslama 
va jihozlar, bajarilgan ishning fotografiyasi, ishni bajarish 
uchun qo`yilgan talablar keltirib o`tilgan. 
KEY WORDS 
Vaqt, me’yor, usul, xronometraj, 
tadqiqot, 
moslama, 
fotografiyalash, asbob-uskuna, 
uzatmalar qutisi, operatsiya, 
qismlarga ajratish, yig`ish. 
Mamlakat avtomobil transportining keskin o`sishi sharoitida, moddiy texnik va mehnat 
resurslarini tejashni ta’minlovchi omillardan biri-bu, avtotransport vositalariga texnik xizmat 
ko`rsatish (TXK) yoki texnik servis (TS) va joriy ta’mirlash (JT) sifatini oshirishdir. 
Bozor munosabatlarini chuqurlatishda bu yo`nalish o`z ahamiyatini yanada oshiradi, 
chunki sifatsiz TS va JT qo`shimcha xarajatlarga, mijozni yo`qotishga olib keladi va 
korxonaning obro`sini tushiradi. 
Servis va ta’mirni o`tkazish vaqtini kamaytirish uchun yangi texnika va texnologiyani 
joriy etish, zamonaviy diagnostika jihozlarini qo`llash va tashkiliy boshqarish tizimini 
takomillashtirish talab etiladi. 
Avtomobil servisi va ta’miri sifatini oshirishda bajarilgan ishni nazorat qilish ham katta 
omildir. Chunki servislar oralig`ida va ta’mirdan keyin avtomobilning buzilmasdan ishlashi 
bajarilgan ishlarning sifatiga to`g`ridan-to`g`ri bog`liq. Tahlillar shuni ko`rsatadiki, joriy 
ta’mirning 30 foizga yaqini servisning sifatsiz bajarilganligi sababli kelib chiqar ekan. 
Ta’mirlash ishlarini bajarish uchun avtomobil, agregat, uzel va mexanizmlar qismlarga 
ajratilishi va ta’mirdan so`ng qayta yig`ish ishlari bajariladi. Ushbu ishlarni yuqori malakali 
mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan texnologik haritalar asosida bajarilsa texnik va 
texnologik talablar bajarilib ishlar sifatli hisoblanadi. Quyida zamonaviy avtomobilning 
uzatmalar qutisini qismlarga ajratish va yig`ish ishlarini ko`rib chiqamiz. 
Uzatmalar qutisi uzatish sonining o‘zgarish usullariga qarab pog‘onali, pog‘onasiz va 
murakkab (kombinatsiyalashgan) ya’ni gidromexanik hamda avtomatik usullarda ishlaydigan 
turlariga bo‘linadi.



Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin