1-laboratoriya ishi. Avtomobilning generator qurilmalari ish xajmi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix14.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#97663
  1   2   3   4   5
lab- 1-1



1-laboratoriya ishi. 
AVTOMOBILNING GENERATOR QURILMALARI
 
1. Ish xajmi: Laboratoriya ishi 2 soat auditoriya vaqtiga va 2 soat 
mustaqil ishga moʻljallangan. 
 
2. Ishni bajarishdan maqsad: 

Generatorlarni vazifasi, tuzilishi va ishlashini oʻrganish. 

Generatorlarga TXK va nosozliklarni bartaraf etish boʻyicha 
amaliy koʻnikmalar hosil qilish. 
 
3. Kerakli asbob uskuna va jihozlar, nazorat oʻlchov asboblari:
Generatorlar, voltmetr, ampermetr, kuchlanish oʻlchagich, 
generatorni sinash stendi. 
 
4. Ishni bajarish uchun zarur boʻlgan qisqacha nazariy 
ma’lumotlar.
Oʻzgarmas tok generatorining vazifasi, tuzilishi va ishlash 
tartibi. Ma’lumki, mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib 
beruvchi elektr mashinani generator deb ataymiz. Generatorda elektr 
toki hosil qilish elektromagnit induksiyasiga asoslanadi. Avtomobillarda 
ilgari qoʻllaniladigan generatorlar oʻzgarmas tok generatoridir. 
Avtomobil generatori harakatni dvigatelning tirsakli validan shkiv orqali 
oladi. Tirsakli valning oʻrta va undan yuqori aylanishlarida generator 
ishlab chiqargan elektr energiya iste’molchi asbob va qurilmalarini 
bemalol ta’minlab, ortiqcha tokni bir vaqtning oʻzida akkumulyator 
batareyasiga yuboradi va uni zaryadlaydi. Oʻzgarmas tok generatori 
(2.1-rasm) harakatlanuvchi va harakatlanmaydigan qismlardan iborat. 
Harakatlanuvchi qism yakor 5 va uning valiga shponka yordamida 
oʻrnatilgan shkivdan tashkil topgan. Generator yakorining valiga 
oʻrnatilgan shkiv tirsakli valning shkivi bilan tasma orqali tutashganligi 
sababli, dvigatel ishlaganda harakat generator yakoriga muttasil ravishda 
uzatiladi. Generator shkivida maxsus parrakchalar qilingan boʻlib, bu 
parrakchalar generator ishlaganda uni havo oqimi bilan sovutib turadi. 
Generatorning korpusi listli kam uglerodli poʻlatdan yoki poʻlat 
trubalardan tayyorlanadi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin