Pedagogik jihatlari respublika ilmiy-amaliy anjumani



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix20.11.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#163296
  1   2   3   4
maktabgacha-ta-lim-tashkilotlarining-til-va-nutq-markazida-innovatsion-faoliyatni-tashkil-etish



 
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
 2023-yil 2-iyun 
327
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINING “TIL VA NUTQ” MARKAZIDA 
INNOVATSION FAOLIYATNI TASHKIL ETISH 
Nasiba Erhanova 
Maktabgacha ta‟lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish instituti doktoranti 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7993879 
Annotatsiya. 
Bolaning maktabga tayyorgarlik indikatorlaridan eng muhimi bu – og‘zaki 
nutqining rivojlanganligidir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar nutqini 
o‘stirish alohida yondashuv va metodik tayyorgarlikni talab qiladi. Bu jarayonda pedagogik 
qo‘llab-quvvatlash muhim shart hisoblanadi. Mazkur maqolada ta’lim jarayonida innovation 
metodlarni qo‘llash metodikasi yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
metodika, nutq o‘stirish, pedagogik qo‘llab-quvvatlash, rivojlantirish, 
muloqot.
So„nggi o„n yilliklarda maktabgacha yoshda va inson hayoti davomida nutqni 
o„zlashtirish masalalarini o„rganish ishlari jadallashgan. Chunki til odamlar o„rtasidagi eng 
muhim aloqa vositasi, ularning fikrlari, hissiyotlari va intilishlarini ifoda etish, fikrlarni 
shakllantirish vositasidir. Ushbu vosita qanchalik mukammal bo„lsa, insonning o„qitilishi va 
aqliy rivojlanishi yanada muvaffaqiyatli bo„ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda kognitiv 
muloqot va nutqni muvaffaqiyatli rivojlantirish – bu rivojlanishning qulay davrida bolalarning 
aqliy, badiiy va nutqiy tarbiyasi muammolarini hal qilishning zaruriy sharti. Bog„lanishli nutq 
qanchalik faol rivojlangan bo„lsa, bola undan erkin foydalanadi. Ravon nutqiy ko„nikmaga ega 
tarbiyalanuvchilar erkin fikr yuritishga, savollar berishga, xulosalar chiqarishga, narsalar va 
hodisalar o„rtasidagi turli xil aloqalarni aks ettirishga imkoniyati keng bo„ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning maktabda o„qish uchun nutqqa tayyorligini 
shakllantirishda aynan nutq o„stirish ta‟limiy faoliyatlari davomida o„rganiladigan bolalar 
adabiyoti namunalari, xalq ertak va rivoyatlari va she‟rlarning tizimli o„rganilishi katta 
ahamiyatga ega.
Nutqni rivojlantirish muammosi quyidagi faoliyat turlarida hal qilinadi: o„yin, o„quv va 
bilim. O„yin faoliyati maktabgacha yoshda etakchi faoliyatdir. O„yin paytida bola bilimlarni 
to„playdi, ona tilini o„rganadi, muloqot qiladi, fikrlaydi va tasavvurini rivojlantiradi, ammo 
ta‟limiy topshiriqlar o„yin muhitida olib borilsa, bolaning bilish kompetensiyalari yanada 
rivojlanadi.
Maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarning faol nutqiy ko„nikmalari muvaffaqiyatli 
shakllantirilsa, bolalarning nutqiy kompetensiyalarini optimal vositalar orqali rivojlantirish 
bo„yicha samarali usullarni yaratish ehtiyoji vujudga keladi.
Nutqning bolani maktabga tayyorgarligini shakllantirish mezonlari va ko„rsatkichlari 
quyidagilardir:

tinglash qobiliyati (qo„shimcha ko„rsatmalarsiz tinglaydi, taklif qilingan 
ma‟lumotlarni qabul qiladi), o„z harakatlarini og„zaki bayon qilish qobiliyati (lingvistikaga oid 
o„z harakatlarini nomlaydi); 

o„z nutqida bog„lanishli hikoya tuza oladi; 

so„z o„ylaganlarini, bilganlarini anglatuvchi vosita ekanligini tushunadi, 
voqealarni hikoya qilib bera oladi;



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin