Foydalanish usullari



Yüklə 291,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix18.04.2023
ölçüsü291,78 Kb.
#100127
  1   2   3
boshlang-ich-ta-limda-innovatsion-texnologiyalardan-foydalanish-usullari



Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar 
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions 
Кластер педагогического образования: проблемы и решения 
Chirchik, Uzbekistan 770 International Conference 
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISH USULLARI 
Mashkura Muxtor qizi Sayliyeva
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika insituti talabasi 
Ta‟lim jarayonida ilg„or pedagogik texnologiyalarni faol qo„llash, ta‟lim 
samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning 
muhim vazifalaridan biridir. O„quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashlarini 
o„stirish, ularni erkin tinglovchidan erkin ishtirokchiga aylantirmoq nihoyatda 
muhimdir. O„qituvchi darsda boshqaruvchi o„quvchilar esa, ishtirokchiga 
aylanmog„i lozim. Ana shu vazifani uddalashda innovatsion faoliyat ustunligi ko„p 
qirrali samara keltiradi. Boshlang„ich ta‟lim umumta‟lim maktablarining bosh 
bo„g„ini bo„lgani sababli ana shu jarayonda o„quvchi shaxsining mukammal 
rivojlanib borishiga ko„proq e‟tibor berish lozim. Boshlang„ich sinf 
o„qituvchilarining mas‟uliyatlari cheksizdir. Ular maktab ostonasiga endigina 
qadam qo„ygan o„quvchilarni maktab hayotiga ko„niktirib, zamonaviy bilim 
olishlariga yo„l ochib beradilar. Bolalarning o„qishga munosabatlari, aqliy 
salohiyatlari ana shu davrda shakllanadi. Bu ham boshlang„ich sinf 
o„qituvchilarining vazifasi mas‟uliyatli ekanligini ko„rsatadi. Pedagogik 
texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o„tkazish 
metodlariga ko„ra o„quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar 
bola ruhiyatiga yaqinroq bo„ladi. O„quvchilarning o„quv materiallarini 
o„zlashtirishga bo„lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo„zg„otish asosida 
maqsadga erishish motivatsiya bo„lib, bu o„qituvchi va o„quvchilarning o„zaro 
ichki yaqinlashuvidir. Ta‟lim tizimida innovatsion deyilganda ta‟lim maqsadi va 
mazmuniga yangilik kiritish , yangicha yondashish , pedagog va talabaning 
hamkorligidagi 
faoliyatini 
tashkil 
etish, 
pedagogik 
texnologiyalarni 
takomillashtirish jarayoni, ta‟limning uslub, shakl, va vositalarining majmuasi 
tushuniladi. Boshlang„ich sinfda ta‟lim jarayonida o„quvchilarning o„qish motivini 
rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Chunki motiv o„quvchilarni ta‟lim jarayoniga 
qiziqtiradi, darsga faol qatnashishga, bilimlarni egallashga undaydi. Interfaol 
metodlar o„qish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi. Boshlang„ich 
sinflarda ko„proq bolalarning yoshini, bilim saviyasini hisobga olish lozimligini 
unutmaslik kerak. Ularga oddiy, oson va vaqt kam sarflanadigan o„yin 
mashqlardan foydalanib, darslar o„tish yaxshi samara beradi. Ko„proq atrof-muhit 
bilan bog„lab o„tilgan mashg„ulotlar bolalar ongini, dunyoqarashini, erkin fikrlash, 



Yüklə 291,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin