Pedagogik-psixologiya: predmet,tuzilma, muammolar. Pedagogik psixologiyaning yuzaga kelish tarixi



Yüklə 2,23 Mb.
səhifə1/2
tarix02.12.2023
ölçüsü2,23 Mb.
#171050
  1   2
PEDAGOGIK-PSIXOLOGIYA PREDMET,TUZILMA, MUAMMOLAR. PEDAGOGIK PSIXOLOGIYANING YUZAGA KELISH TARIXI

PEDAGOGIK-PSIXOLOGIYA:PREDMET,TUZILMA, MUAMMOLAR. PEDAGOGIK PSIXOLOGIYANING YUZAGA KELISH TARIXI


Reja:
Ta’lim tarbiya ko’pgina fanlarning predmeti sifatida.
Pedagogik faoliyat psixologiyasi va ta’lim tarbiyaning psixologik jabhalari.
Pedagogik-psixologiyaning asosiy muammolari
Pedagogik psixologiyaning umumpsixologik konteksti.
Psixologiya nazariyalari va uning pedagogik psixologiya rivojlanishiga ta’siri.
Pedagogik psixologiya fanining rivojlanish boskichlari.
Pedagogik psixologiya – psixologiya ilmining tarmogi sifatida, ta’lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o‘rganuvchi fandir.
Ta’lim-tarbiya muassasalaridagi faoliyat va hatti-harakatlarining psixologik qonuniyatlarini o‘rganuvchi pedagogik psixologiya ikki fanni, ya’ni psixologiya va pedagogika fanlarining tutashgan joyidan o‘rin egallagandir.
Pedagogik psixologiyaning predmeti o‘quv muassasalarida bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo‘ladigan individual tafovutlarni, o‘quvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir.
Shuningdek, pedagogik psixologiya - ta’lim-tarbiyaning ta’siri okibatida o‘quvchilar psixikasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni, o‘quv materiallarining o‘quvchilarning yosh davrlariga mos kelishini, turli ta’lim metodlarining psixologik jihatdan samaradorligini, darsliklarining tartibiga nisbatan bo‘lgan psixologik talablar kabi muammolarni ham o‘rganadi.
Pedagogik psixologiyada tarbiya tushunchasining sharhlanishi.
Tarbiya – shaxs ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni, kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aktiv ishtirok etishga qaratilgan barcha ta’sirlar majmui.
Tarbiyaning asosiy turlari oiladagi tarbiya va ijtimoiy tarbiyadir. Jamiyat tarixiy rivojlanishi jarayonida shaxsning shakllanishidagi ijtimoiy tarbiyaning ahamiyati tobbora oshib boradi.
Tarbiya ijtimoiy hayotning muhim funksiyasidir. Jamiyat yashash va taraqqiy etishi uchun tarbiya juda zarur.
Tarbiya orqali o’tmishning moddiy va ma’naviy boyliklariga vorislik ta’minlanadi: o’sib kelayotgan yosh avlod o’tmish tajribalarini uni yanada boyitadi.
Tarbiya shaxsning individual taraqqiyoti, axloqiy, jismoniy kamolatida yetakchi rol oynaydi.

Yüklə 2,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin