“PEDAGOGIKA” FAKULTETI Mavzu:O’quvchilarni tarbiyalashda rivoyat va hadislardan foydalanish
Topshirdi: ____________________________
Qabul qildi : ____________________________
Muammoning dolzarbligi. Yоshlarga ta’lim-tarbiya berish har doim ham eng dolzarb muammo sanalib kelingan. Jamiyatning taraqqiyoti insonlarning ongiga, aql-zakovati, axloq-odobiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. YAxshi tarbiya ko‘rgan kishi eng avvalo el-yurtning, xalqning manfaatini o‘ylaydi. CHunki har bir shaxsning baxt-saodati alohida, o‘z holicha amalga oshmaydi. Atrofdagilar baxtli va farovon turmush kechirganlarida huzur-halovat hammaga tatiydi. Bu qoida qadim zamonlardan mavjud bo‘lib, unga turli davrlarda turlicha amal qilib kelingan.

YOshlarning ta’lim-tarbiya olishlariga mas’ul bo‘lgan barcha o‘rinlarda xalq pedagogikasi xazinasidan foydalanish hayotiy ehtiyoj darajasigako‘tarildi.
O‘quvchilarga ta’lim va tarbiya uzviy bog‘langan holda berilishi, bilim egallash jarayonida tarbiyalanib borishi, tarbiyaviy ta’sir etilayotganda bilimlarning boyishiga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqbo‘ladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini axloqiy tarbiyalashning mazmun va mohiyati
Yosh bolalar maktabga kelganiga qadar oilada tarbiyalanadi. Oilada bola tarbiyasi kattalarning ma’naviy saviyasi, ijobiy ibrat namunasi, bolaning etuk inson bo‘lib ulg‘ayishiga qaratilgan e’tibori va yana ko‘plab boshqa ta’sirlarga bog‘liq bo‘ladi. Oilada farzand tarbiyalash haqida ulug‘ pedagoglar, buyuk allomalar, xalqimizning dono vakillari qimmatli nazariy va amaliy ta’limotlarni yaratganlar. Ularga suyangan va amal qilgan holda yosh bolani to‘g‘ri tarbiyalash imkoniyati mavjud. Ammo barcha oilalarda bu ta’limotlar mukammal o‘rganilib, ularga amal qilgan holda bola tarbiyasiga yondashiladi deb bo‘lmaydi.
Bola birinchi bor maktabga kelganida hamma uchun umumiy bo‘lgan, bajarilishi zarur sanalgan qoidalarga duch keladi. Agar bu qoidalar oiladagi tarbiyadan keskin farq qilmasa maktab sharoitiga ko‘nikishi oson va tez kechadi. Maktabga o‘z xohishi va qiziqishi bilan qatnaydi. Ba’zan bola uchun maktabdagi ichki tartib-qoidalar murakkabdek, o‘rganilmagan, cheklovlar asosida qurilgandek tuyuladi. Bola maktabga borgisi kelmay u o‘qishdan soviydi.