PEDAGOGS
international research journal
www.pedagoglar.uz
Volume-6, Issue-1, March-2022
4
YORDAMCHI SO’Z TURKUMLARI HAQIDA UMUMIY MA'LUMOT
(KO‘MAKCHILAR HAQIDA UMUMIY MA'LUMOT)
Sotvoldiyeva Nargizaxon Sobirovna
Andijon viloyati Buloqboshi tumani 11-sanatoriya maktab internatining
ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi
Annotatsiya:
Ot, olmosh va otlashgan so’zlar,
harakat nomi va
sifatdoshlardan keyin kelib, ularning boshqa so’zlarga
munosabatini bildirgan
yordamchi so’zlar ko‘makchilardir. Masalan: Xadicha xola Baxrobod qishlog’ida
kichik o’g’li Obidjon bilan turar edi.Sen uchun kitob olib keldim.
Ko’makchilar vazifasiga ko’ra kelishiklarga o’xshaydi. Ba’zan ko’makchilar
kelishiklar bilan bir xil vazifada kelib, biri ikkinchisining o’rnida ishlatiladi.
Masalan: qo’l bilan ko’tardim. Qo’lda ko’tardim(vosita ma’nosi).
Jahonda
dong’imiz paxta orqali. (G’afur G’ulom.) Jahonda dong‘imiz paxtadan (vosita yoki
sabab ma’nosi). Maktab uchun mebel olindi. Maktabga mebel olindi (atalganlik
ma’nosi). Lekin ko‘makchi bilan kelishik bir narsa emas. Buni quyidagi misolda
ham ko‘rish mumkin: Paxta uchun kurash – paxtaga
kurash birikuvlarida uchun
ko‘makchisini jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi -ga bilan almashtirib bo’lmaydi .
Ko’makchi qaysi so’zdan keyin kelsa, u o’sha so’z
bilan birgalikda bir
so’roqqa javob bo’ladi va bitta sintaktik vazifada, bitta gap bo’lagi bo’lib keladi.M-
n: Gap gidrostantsiya haqida (nima haqida?)bordi. (SH.R.)
Gulnor Mastura bilan
(kim bilan?) dars tayyorlayapti.
Hozirgi o’zbek tilidagi bilan, uchun, sari, kabi, sayin, qadar,
singari
ko’makchilari ma’nosini tamoman yo’qotgan, shuningdek tomon, orqali, sababli,
qarab-qaramay, so’ng,
tashqari, nari, beri, chog’li kabi ko’makchi vazifasida
qo’llanuvchi so’zlar ko’makchilar sanaladi SHunga ko’ra ko’makchilar ikkiga: 1)
sof ko’makchilar; 2) funktsional ko’makchilarga bo’linadi.