1- amaliy mashg'ulot. Mavzu: Gulxaniy va uning " Zarbulmasal " asari. «Zarbulmasal»



Yüklə 22,48 Kb.
səhifə1/6
tarix16.05.2023
ölçüsü22,48 Kb.
#114255
  1   2   3   4   5   6
1- amaliy mashg\'ulot. Mavzu Gulxaniy va uning Zarbulmasal a


1- amaliy mashg'ulot.
Mavzu: Gulxaniy va uning " Zarbulmasal " asari.
1. «Zarbulmasal»dagi real inson tasviridagi obrazlar kimlar?
Javob. «Zarbulmasal» majoz asosiga qurilgan qissa bo'lib, unda turmush voqea-hodisalari, turli ijtimoiy toifaga mansub kishilaming fe’latvorlari, bir-biriga munosabatlari qushlar, hayvonlar tilida bayon qilinadi. Unda murakkab qatlamli majozga duch kelamiz. Odam obrazlari o'rnida qushlarning kelishi birinchi majoz boisa, ular tilidan Xolboqi misgar, Yodgor po'stindo'z singari kishilaming, tuya, chayon, sangpush (toshbaqa) singari hayvon-hashorat timsollarining turli naql, rivoyatlar keltirib so'z yuritishi ikkinchi majoz, bu timsollar nutqida keltirilgan ifodaning ko'chma ma’nolari yana bir majoz-majoz ichida majozdir.
«Zarbulmasal»da majoziy obrazlardan tashqari adibga tanish va o'zlarining yaramas ishlari, qiliqlari bilan ko'zga tashlanuvchi real shaxslar obrazlari ham bor. Ular epizodik obrazlar boisa-da, asaming zamonaviyligini, davr mahsuli ekanligini dalillashga xizmat qiluvchi obrazlardir. Bunday shaxslar qushlar suhbatida o'z nomlari bilan naql etiladi, ba’zilari ochiq satirik bo'yoqlar bilan chiziladi.
Jumladan, Yodgor po‘stindo‘z o‘zini goho «o'tkir so'fi, goho donishmand» olib, mubolag'a qiluvchi lofchi, yolg'onchi, qasamxo'r, Yahyoxo'ja kotib muttaham, bitgan kitobi esa, «saxvu xato va g'alatdin xoli emas», Niyozcha og'alik nodonu farosatsiz... Bu obrazlar prototipli obrazlardir. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, agar she’riy asarlarda, hajviyotda real tarixiy shaxslar timsollarini o'z nomlari bilan tasvirlashga intilish Turdi Farog'iydan boshlanib, Mahmur hajviyotida kuchayib, takomillashib borgan bo'lsa, badiiy nasrda Gulxaniy ijodida taomilga kirgan, kelgusi an’analar poydevori qo'yilgan. Bu ham Gulxaniy asarlarining, xususan, «Zarbulmasal»ning namunaviy asar ekanligini belgiiaydi.
2. Asarning majoziyligi nimalarda ko‘rinadi?
Javob.Gulxaniy “Zarbulmasal” asarida o`zining muhim ijtimoiy qarashlarini, el-ulus taqdiriga munosabatini qiziqarli masallar orqali ifodaladi. Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari XVIII-XIX asrlar o`zbek nasrining nodir namunasidir. Mazkur asar xalq ertaklari taxlitida yozilgan mukammal mazmunli o`tkir satirik asardir. Gulxaniy o`zining bu asarida xalqning mazmundor maqollari, hikmatli so`zlari va qochiriq gaplaridan mohirlik bilan foydalandi. U feodal hukmdorlar va ularning laganbardorlarini, saroy ahlining yaramas kirdikorlarini majoz yo`li bilan o`tkir satira ostiga oladi. Chunki u mehnatkash xalqning og`ir, mashaqqatli hayotini o`z ko`zi bilan ko`rdi, saroy bazmlari, keti uzilmas mayparastliklar xalqni talash hisobiga bo`lishini payqad va bunday salbiy ishlar uning ko`zini ochdi. Natijada, unda saroy ahliga nisbatan nafrat hissi tobora oshib bordi. Ammo shoir sharoitga ko`ra, hukmron doiralardan noroziligini va nafratini ochiq-oydin ifodalay olmas edi. Shuning uchun majoziy shakldagi “Zarbulmasal” asarini yozishga kirishdi. Asarda shoirning maqsadi, hayotga, uni o`rab olgan muhitga, hokim tabaqalarga bo`lgan munosabati to`g`ridan-to`g`ri ifoda etilmay, balki hayvonlar, qushlar va shunga o`xshash majoziy obrazlarning tasviri orqali ifodalandi. Shoir shu zaylda o`zi yashagan zamon uchun aniq va xarakterli voqea-hodisalarni, ularga o`zining munosabatini, qarashlarini tasvirlaydi.

Yüklə 22,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin