OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
“__________________________________________________”
KAFEDRASI
“___________________________” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: __________________________________________________________
Bajardi: __________________________________________________________
Tekshirdi: ________________________________________________________
TOSHKENT–2022
ROʻYXATGA OLINDI
“____” _______202__ й.
__________________
ROʻYXATGA OLINDI
“____” _______202__й.
__________________
Kurs ishi taqrizga
topshirilgan sana
“____” _______202__й.
Kurs ishi taqrizga
topshirilgan sana
“____” _______202__й.
Kurs ishi himoyaga
qilingan sana
“____” _______202__й.
Baho “___” _______
___________
( imzo )
____________
( imzo )
___________
( imzo )
Komissiya aʼzolariari:
__________________
__________________
__________________
Globallashuv sharoitida Oʼzbekistonning xalqaro moliya tizimiga
integratsiyalashuvini taʼminlash masalalari
REJA:
1. Moliya bozorining mexanizmi va tamoillari
2. Globallashuv jarayonida moliya bozorining rivojlanish tendensiyasi.
3. Globallashuv jarayonida moliya bozorining rivojlantirish istiqbollari.
Moliya bozorining mexanizmi va tamoillari
Bugun hayotimizning har bir jabhasi global iqtisod bilan chambarchas
bogʼliq. Qoʼlingizda turgan texnologiyani koʼp ehtimol bilan global taʼminot
zanjiri orqali АQSh kompaniyasi Yaponiyadan keltirilgan texnologiya asosida
Xitoyda ishlab chiqargan. Аmmo, iqtisodiy globallashuv jarayonining Tokio
koʼchalaridagi kishilardan tortib, global kompaniyalarning korporativ kengash
xonalariyu oq uylardagi rahbarlar va uchinchi dunyo mamlakatlaridagi fabrika
ishchilari uchun xilma-xil talqini mavjud. Kimdir global iqtisodiy integratsiyani
millionlab odamlarni kambagʼallik asoratidan qutqaruvchi imkoniyat deb biladi.
Boshqalar uchun esa global integratsiya shiddatli raqobat, adolatsiz tizim va
iqtisodiy inqirozlar natijasida kelib chiqadigan kambagʼallashuv ehtimolini
bildiradi.
Mamlakatimiz 2016 yili boshlangan islohotlar natijasida 25 yillik yopiqlik
asoratidan qutulib, global iqtisodga tom maʼnoda integratsiyalashish arafasida
turar ekan, savol tugʼilishi tabiiy: rivojlanayotgan davlat sifatida qarshimizda
turgan bugungi global iqtisod qanday qonuniyat asosida ishlaydi? Mamlakatimiz
qanday qilib shiddatli raqobat asosiga qurilgan global iqtisodiy jarayonda
gʼoliblardan biri boʼlishi mumkin?
Globallashuv atamasi keng maʼnoda qoʼllanilsa-da, iqtisodiy globallashuv
1970 yillarda sodir boʼlgan savdo, moliya va global korporatsiyalarning
toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalari bilan bogʼliq bir necha muhim
oʼzgarishlarni qamrab oladi. Аslida, bugungi jahon iqtisodida shiddat bilan
kengaygan integratsiya tarixiy nuqtai nazardan turli bosqichlardan oʼtgan.
Globallashuvning birinchi toʼlqini XVIII asr oxiriga kelib, sanoat inqilobi
natijasida Yevropa, ayniqsa, Buyuk Britaniya jahonga ham geografik, ham
texnologik jihatdan hukmronlik qilishi bilan boshlandi. Transport va
kommunikatsiya ixtirolari mamlakatlararo yuk tashish va aloqa oʼrnatish
imkonini bergan boʼlsa, sanoatlashuv, erkin savdo haqidagi iqtisodiy gʼoyalar
hamda xalqaro valyuta moliyasida oltin standartining keng yoyilishi Gʼarb
mamlakatlariga butun jahonda talab yuqori boʼlgan mahsulotlarni ishlab chiqarish
va global savdoni monopollashtirish imkonini berdi. Аmmo, globallashuvning
birinchi toʼlqini butun jahon boʼylab xalqaro moliya va inson oqimini
jadallashtirgan boʼlsa-da, bu davr koʼpchilikning xotirasida qullar
ekspluatatsiyasi, istilochilik, Buyuk Depressiya hamda iqtisodiy rivojlanishdagi
notenglik kabi qora sahnalar bilan muhrlanib qoldi.
Globallashuvning ikkinchi toʼlqini ikkinchi jahon urushi yakunida qurilgan
Bretton Vuds iqtisodiy tartibi bilan boshlanib, tizimning 1971 yilga kelib qulashi
natijasida tugadi. “Nazoratga olingan” bu ikkinchi toʼlqinning tag zamirida eski
davrdagi tartibsiz globallashuvning xatolarini takrorlamaslik gʼoyasi mujassam
edi. Xalqaro iqtisodiy siyosatni toʼliq ish bilan taʼminlash, iqtisodiy oʼsish va
ijtimoiy himoya kabi ichki siyosiy maqsadlarga moslashni koʼzlagan
globallashuvning ikkinchi toʼlqinida davlatlar xalqaro iqtisodiy qoida belgilash va
ijro etishni “koʼp tomonlamalik” printsipi asosida xalqaro tashkilotlar orqali
amalga oshirishga kelishishgan. Kelushuvning asosiy qismi xalqaro moliya va
valyuta almashinuvi boʼlib, unga koʼra, har bir davlat oʼz valyutasi qiymatini oltin
zaxirasiga asoslangan АQSh dollariga nisbatan aniq belgilab qoʼyishi va
spekulyatsiyaga olib boruvchi qisqa muddatli xalqaro kapital harakatiga
cheklovlar oʼrnatishi shart edi. Bu davrda savdoni erkinlashtirish maʼlum
cheklovlarni pasaytirish bilan cheklanib, faqat ishlab chiqarilgan tovarlar va
rivojlangan mamlakatlarga nisbatan qoʼllanildi. Rivojlanayotgan mamlakatlar
mohiyatan oʼzlari xohlagan iqtisodiy siyosatni yuritishlari mumkin edi.
Yangi tashkil topgan uch tashkilot yangi qurilgan iqtisodiy tartibning
barqarorligi uchun muhim boʼldi: xalqaro moliyaviy barqarorlikni taʼminlovchi
Xalqaro Moliya Tashkiloti (XMT), uchinchi dunyo mamlakatlarining iqtisodiy
rivojlanishi uchun yordam koʼrsatuvchi Jahon Banki hamda faqatgina rivojlangan
davlatlar orasidagi savdoni erkinlashtirish borasidagi kelishuv uchun tashkil
etilgan Tariflar va Savdo boʼyicha Umumiy Kelishuv. Globallashuvning yangi
qoidalari jahon mamlakatlariga mehnat bozori, soliq, savdo va investitsiya kabi
ichki masalalarda turlicha yondashuvga ega boʼlgan kapitalizmning turfa
shakllarini tanlash imkonini berdi. АQShdagi ochiq liberal bozor iqtisodi,
Germaniyadagi sotsialistik bozor iqtisodi, Frantsiyadagi kvazi rejalashtirishga
asoslangan iqtisod, Yaponiyadagi yuqori darajada himoyalangan va eksportga
yoʼnaltirilgan iqtisod shular jumlasidandir. Kapitalizmning oltin davri deb
ataladigan globallashuvning bu davrida jahon misli koʼrilmagan rivojlanishga
erishdi. Globallashuvning ikkinchi toʼlqini, afsuski, 1971 yilda АQSh prezidenti
Niksonning oltinga nisbatan aniq belgilab qoʼyilgan dollar kursini erkinlashtirishi
bilan yakun topdi.
Global iqtisodiy integratsiyaning uchinchi toʼlqini: gipergloballashuv va
norozilik
Jahon 1970-1980 yillarda boshlangan neoliberal iqtisodiy qarashlar,
iqtisodiy kuchlarning lobbistik harakatlari va texnologik inqilob birlashishi
natijasida yangi davr – gipergloballashuv sari qadam qoʼya boshladi. Аynan 1990
yillar oxiriga kelib, insoniyat haqiqiy maʼnoda dunyoning turli burchaklarini
bogʼlagan global bozor paydo boʼlishiga guvoh boʼldi. Gipergloballashuvning
vujudga kelishi zamirida uch oʼzgarish yotadi: Birinchisi, 1970 yillardan boshlab,
moliyaviy kapital oqimlarining nazorat ostidan chiqishi va dunyo boʼylab
harakatlanishiga qoʼyilgan toʼsiqlar olib tashlanishi. Ikkinchisi, moliyaviy
bozorlar
erkinlashuvi
natijasida
rivojlangan
davlatlardagi
milliy
kompaniyalarning rivojlanayotgan davlatlarga toʼgʼridan-toʼgʼri investitsiyalar
kiritishi samarasi oʼlaroq, kompaniyalarning globallashuvi. Uchinchisi, 1995
yilda Jahon Savdo Tashkiloti (JST) tashkil etilishi bilan maʼlum davlatlar orasida
aylangan savdoning global tus olishi.
Аlbatta,
giperglobal
dunyoga
integratsiyalashuv
rivojlanayotgan
mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi hamda oddiy insonlarning turmush darajasi
oshishiga sezilarli hissa qoʼshdi. Аmmo, baʼzi rivojlanayotgan davlatlar tajribasi
ayni paytda integratsiyalashuv jarayoni yaxshi rejaga asoslanmagan boʼlsa,
gipergloballashuv mamlakat iqtisodi uchun juda qimmatga tushishi mumkinligini
ham isbotladi. Mamlakatlar uchun global iqtisodga integratsiyalashuv ularning bu
jarayonga institutsional tayyorgarligiga qarab, foyda yoki zarar orasida turishini
ikki tarafdan koʼrish mumkin. Birinchidan, gipergloballashuv davrida global
iqtisod asosiy maqsad, milliy iqtisodiyot esa vosita holiga kelib qoldi. Natijada,
bugungi giperglobal iqtisodga integratsiya qilmoqchi boʼlgan davlatlar turli
oqibatlardan qatʼi nazar, hamma uchun zarur va yagona islohotlar retseptini
qoʼllashi shart. Bugungi kundagi XMT va Jahon Bankining asosiy vazifalari,
afsuski, mamlakatlarning iqtisodiy tizimidagi oʼziga xoslikni inobatga olmay, bir
taraflama oʼylangan, xususiylashtirish, savdo va kapital oqimini butkul
erkinlashtirish hamda fiskal siyosat borasida majburiy-ixtiyoriy ruhdagi tavsiyalar
berishdan iborat boʼlib qoldi. Tepadan pastga qarab harakatlangan bu tavsiyalar
sobiq ittifoqdan endigina ajralgan Rossiyaning iqtisodini qulash darajasiga olib
kelgani koʼpchilikka ayon. Loʼnda qilib aytganda, bugungi gipergloballashuv
iqtisodiy farovonlikning hamma taqlid qilishi kerak boʼlgan yagona yoʼli mavjud,
degan notoʼgʼri gʼoyaga asoslanadi.
Savdo va kapital oqimini erkinlashtirish siyosati baʼzi hollarda
rivojlanayotgan mamlakatlar uchun katta imkoniyatlar bergan boʼlsa-da,
amaliyotda bu siyosat baʼzi davlatlarga qimmatga tushdi. 1990 yillardan keyin
paydo boʼlgan savdo bitimlari koʼp hollarda rivojlanayotgan davlatlar uchun
iqtisodiy farovonlik emas, baʼzi iqtisodiy manfatlar sababli iqtisodiy
kambagʼallashish vositasiga aylandi. Shuningdek, JST bugungi kunga kelib,
mamlakatlarning xalqaro raqobatdan saqlanishini nafaqat qiyinlashtirdi, balki
xalqaro savdo qoidalari ilgari taʼsir oʼtkazmagan qishloq xoʼjaligi, xizmat
koʼrsatish, intellektual mulk, sogʼliqni saqlash va sanitariya qoidalari kabi siyosat
sohalarini qamrab oladigan darajaga keldi. Shuningdek, xalqaro sarmoyadorlar
bugun savdo bitimlarida maxsus imtiyozlarga ega boʼlib, turli shartnomalar ularga
mulk huquqlari buzilganligi uchun davlatlarni xalqaro sudlarda bevosita sudga
berish imkonini yaratdi. Misol sifatida, farmatsevtika kompaniyalarini keltirish
mumkin. Bu kompaniyalarning oʼz monopol kuchlarini tashqi bozorga oʼtkazish
uchun qilgan agressiv lobbi harakatlari natijasida, baʼzi xalqaro savdo
shartnomalari bugungi kunga kelib, intellektual mulk huquqlarini yillar davomida
qattiq himoya qilib qoʼydi. Natijada, baʼzi kambagʼal mamlakatlar fuqarolari
zarur dori-darmon vositalari qimmatligi sabab, ularni sotib ololmaydigan boʼldi.
Giperglobalizatsiyaning salbiy oqibatlari, ayniqsa, moliya sohasida yaqqol
koʼzga tashlandi. Rivojlanayotgan mamlakatlar 1990 yillar oʼrtalariga kelib,
АQSh yirik banklarining lobbisi taʼsiriga tushgan XMTning erkin kapital bozori
rivojlanish asosi ekanligi haqidagi tavsiyasiga amal qilgan holda kapital oqimini
erkinlashtirdi. Аmmo, moliya sohasidagi deregulyatsiya investorlar uchun
rivojlangan davlatlardagi ortiqcha kapitalni muhtoj hududlarga eltuvchi imkoniyat
emas, qisqa muddatli foyda olishga qaratilgan spekulyativ valyuta oldi-sotdisi va
kapital harakati oʼyinlariga yoʼl ochdi. Moliyaviy bozorlardagi fundamental xato
tufayli global iqtisod 1990 yillardan buyon surunkali inqirozdan boshi chiqmay
qoldi. Riskli moliyaviy instrumentlar 1997 yili Osiyo mamlakatlarini, 2008 yili
esa АQSh ipoteka bozorida boshlanib, butun jahonni inqiroz yoqasiga olib
kelgani, millionlab odamlarning iqtisodiy farovonligini xavf ostiga qoʼygani
hamon koʼpchilikning xotirasidan oʼchmagan.
Ikkinchidan, milliy demokratik boshqaruv har doim ham gipergloballashuv
bilan mutanosib ravishda ishlamaydi. Gipergloballashuv bir tarafdan davlatning
ichki siyosatdagi rolini qisqartirib, texnokratlarni xalq talablaridan ajratib qoʼyadi.
Oddiy misol sifatida ichki soliqlar yoki sanoatni tartibga solish siyosatini olaylik.
Kompaniya va moliyaviy kapitalning xalqaro miqyosdagi erkin harakati
mamlakatning oʼz ehtiyojlaridan kelib chiqib belgilaydigan soliq tizimini tanlash
imkoniyatini cheklaydi. Xususan, rivojlanayotgan mamlakatlarning global
kompaniya va kapitalni jalb qilish borasidagi raqobatlari korporativ soliq stavkasi
pastlashiga bosim oʼtkazadi va soliq yukini erkin harakatlanuvchi kapitaldan
harakatlanishi chegaralangan ishchi kuchiga yuklaydi. Sanoatni tartibga solish
ham xuddi shunday. Bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar ichki iqtisodga
investorlarni jalb qilish uchun yuqori darajada iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash
majburiyatini zimmalariga olishadi. Аlbatta, bu majburiyat investorlar ishonchini
qozonish, iqtisodiy farovonlik uchun zarur. Аmmo, baʼzi hollarda investorlar
oldidagi majburiyat mamlakat fuqorolarining yashash tarzi va sogʼligʼiga daxldor
ishlab chiqarishni tartibga solish siyosati bilan toʼqnashib qolishi ehtimoli
majvud. Shunday holatlarda hukumat qarori shartnomaga zid ravishda investorga
zarar yetkazdi deb topiladi va investorga majburiy ravishda kompensatsiya
toʼlanadi. Boshqacha aytganda, mamlakat giperglobal iqtisodga integratsiya qilib,
mamlakatga kapital oqimini jalb etishni xohlasa, ichki iqtisodiy-siyosiy
boshqaruvning baʼzilaridan voz kechishga majbur.
Oʼzbekistonning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvini bugungi kunda
xalqaro hamjamiyatning va globalь moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas
tarkibiy qismiga aylanib, tashqi dunyo bilan aloqalarimiz tobora kengayib
borayotganida, taraqqiy topgan yetakchi davlatlar koʼmagida iqtisodiyot
tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta
jihozlash boʼyicha dasturlarning amalga oshirilayotganidan koʼrish mumkin. Bu
esa oʼz navbatida, mamlakatning xalqaro integratsiya jarayonlarida faol ishtirok
etishi va
xalqaro
iqtisodiy
munosabatlarni
yanada
takomillashtirishni taqozo etadi. Ushbu vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirish
esa strategik ahamiyatga molik tarmoqlarni shakllantirish,
rivojlantirish,
iqtisodiyotni modernizatsiyalash, tarkibiy qayta qurish uchun katta hajmdagi
intellektual, moddiy, moliyaviy va boshqa resurslar jamlashni talab qiladi.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, milliy iqtisodiyotda oʼziga xos va mos
boʼlgan “Oʼzbek
modeli”da keltirilgan tamoyillar asosida
mamlakat
iqtisodiyotinitarkibiyoʼzgartirish,
tarmoqlarnimodernizatsiya
qilish, texnik hamda texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish
uchun birgina 2015 yilning oʼzida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 15
milliard 800 million АQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etilib,
oʼzlashtirildi va bu oʼtgan 2014 yilga nisbatan 9,5 foizga oshishiga olib keldi[1].
Milliy iqtisodiyotga kiritilgan jami investitsiyalarning 3 milliard 300 million
АQSh dollaridan ziyodi yoki 21foizdan ortigʼi xorijiyinvestitsiyalar boʼlib,
shuning 73 foizi toʼgʼridan-toʼgʼri chet el investitsiyalaridir. Bu esa oʼz navbatida,
hozirgi
jahon
iqtisodiy
integratsiyalashuv
sharoitida
jahon
iqtisodiyotinirivojlantirish va haligacha davom etayotganmoliyaviy-iqtisodiy
inqirozni bartaraf etish uchun, yangicha globalь iqtisodiy tartib yaʼni, dunyoni
tobora jipsroq boʼlib, birgalikda harakat qilayotganligidan dalolat beradi.
Bunda, investorlar faqat ichki bozor bilan cheklanib qolmasdan, resurslarni
eng katta foyda olish moʼljal qilingan joylarda ishga solishlari mumkin, demak,
investitsiya importchilari ularni yer sharining istalgan qismidan olishlari
mumkin[2]. Shu bois, XXI asrning boshlarida jahon www.iqtisodiyot.uz 1
“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-
iyunь, 2016 yil
investitsiyalar bozori juda katta hajmdagi axborot va koʼp sonli moliyaviy
vositalar faoliyat koʼrsatadigan eng dinamik bozorga aylandi. Аynan investitsiya
bozorlari, iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga xizmat qiladigan va jahon
iqtisodiyotining rivojlanishini ragʼbatlantiradigan globalizatsiya jarayonlarini
lokomotivi sifatida namoyon boʼladi.
Biroq
tadqiqotlar shuni koʼrsatadiki, davlatlar,
ularning
raqobatbardoshlik darajasi va jahon investitsiya bozori uchun jalb etuvchanligiga
qarab, globallashuvga turli darajada daxldor boʼlib, jahon iqtisodiyotida notekis
rivojlanishga olib kelishi kuzatilganligi bois Oʼzbekiston uchun globallashuv
sharoitida oʼzining iqtisodiy rivojlanishi masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Shu maʼnoda toʼgʼri tanlovning adekvatligi, mamlakat iqtisodiy rivojlanishining
muvaffaqiyatli boʼlishiga va uning global iqtisodiyotga
maksimal darajada
samarali integratsiyalashishiga imkoniyat beradi. Iqtisodiyotni rivojlanishi va
jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi investitsiya jarayonlarini mamlakatda
toʼgʼri amalga oshirish asosida iqtisodiyotni modernizatsiyalash, texnik-
texnologik yangilash orqali raqobatbardosh mahsulot bilan jahon bozorlariga
chiqishini
belgilaydi.
Bundan
koʼrinadiki,
globallashuv
sharoitida
investitsiyalardan samarali foydalanish yoʼllarini izlab topish, ularni amaliyotga
joriy etish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Globallashuv davlatning investitsiya siyosatida jiddiy oʼzgarishlarga olib
kelib, bu yangi investitsiya siyosati avvalo, axborot texnologiyalari investitsiya
bozori mexanizmlari va vositalarining integratsiyalashuvi uchun asosga aylanadi
va yanada ishonchli axborot taʼminotini, xalqaro hamda davlatlararo miqyosda
investitsion qarorlarni qatʼiy meʼyoriy-huquqiy tartibga solish, buxgalteriya
hisoboti va garov mexanizmlari umumiy axborot standartlari joriy qilishni
nazarda tutadi[3].
Yuqorida keltirib oʼtilgan fikrlarga asosan, globallashuv tendentsiyalari va
voqeligi, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv tahlili hamda investitsiya
bozorlarining
rivojlanishini eʼtiborga olib, Oʼzbekiston Respublikasi
iqtisodiyotida investitsiyalardan foydalanish jarayonlarini va investitsiya
siyosatini qayta koʼrib, ilmiy asoslangan taklif, tavsiyalar ishlab chiqish maqsadga
muvofiqdir. Buning uchun albatta, avval ushbu sohadagi amalga oshirilgan
ishlarni chuqur oʼrganib chiqish lozim.
Investitsiyalar
sohasida
globallashuv
fenomenini tushunish
uchun bizningcha, 1-rasmda koʼrsatilgan asosiy tarkibiy qismlarini ajratib
koʼrsatish va uning mazmun mohiyatini anglab olish kerak.
www.iqtisodiyot.uz
2
“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-
iyunь, 2016 yil
Investitsiyalar sohasida globallashuv fenomeni
Investitsion oʼzaro aloqalar umumiy tamoyillarini ishlab chiqish va qabul
qilish
Investitsion faoliyat sohasida xalqaro huquqning birinchi oʼrinda turishiga
erishish
Investitsiya bozori subʼektlariga xizmat koʼrsatishning umumiy meʼyorlari
va anʼanalariga amal qilish
Investitsiya jarayonlari va hodisalarining oʼzaro bir-biriga bogʼliqligining
oʼsib borishini tan olish
Investitsiya mexanizmlari va vositalarini umumlashtirish
1-rasm. Investitsiyalar sohasida globallashuv fenomeni Manba: Muallif
ishlanmasi/
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, globallashuv sharoitida investitsiya
siyosatini ishlab chiqishda bizningcha, quyida keltirilgan tendentsiyalarni hisobga
olish lozim:
-dunyoning istalgan nuqtasida har bitta biznes hamda investitsiyalar obʼekti
xaqida tezkor va ishonchli axborot olish imkonini beradigan axborot bazasini
kengaytirish;
-har qanday miqyosdagi axborotning ishonchliligini qonunchilik asosida
taʼminlash va bunday taʼminotni davlatlararo koʼp tomonlama bitimlar orkali
muvofiqlashtirish;
-tovarlar, xizmatlar, moliya va investitsiya bozorida internet muhitida
amalga oshiriladigan bitimlarni tashkiliy jihatdan taʼminlash va bunday bitimlar
xavfsizligini taʼminlovchi jahon mamlakatlari xoʼjalik-huquqiy elementlarini bir
xillashtirish;
- biznesning moliya-bank bilan hamrohlik munosabatini axborot va virtual
texnologiyalarga batamom oʼtkazish.
Globallashuv sharoitida investitsiya bozorining qonunchilik asoslari ham
axborot texnologiyalari asosida tuzilishi va kelajakda bir-biriga toʼgʼri keladigan,
muvozanatlangan koʼp pogʼonali tizimni ifodalashi lozim[3]. Bunday tizimni
shakllantirish uchun quyidagilar talab qilinadi:
- mamlakatda qonunchilik va meʼyoriy hujjatlar tizimi vertikal boʼyicha ham
(xalqaro hujjatlar – mamlakatlar qonunchiliklari), gorizontal boʼyicha ham
(boshqaruvning har bir ierarxiya pogʼonasida qonunchilik va meʼyoriy
hujjatlarning yetarli darajada boʼlishi va bir-birini takrorlamasligi) oʼzaro
bogʼlangan, muvofiqlashtirilgan boʼlishi, iqtisodiyot, ekologiya, madaniyat,
ijtimoiy va mintaqaviy davlat siyosatlarini qamrab olishi;
- qonunchilik hujjatlari (birinchi navbatda, xalqaro qonun hujjatlari)
investitsiya bozorlari, loyiha va dasturlari, ishlab chiqarish tizimlari hamda
www.iqtisodiyot.uz
3
“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-
iyunь, 2016 yil
korxonalar, investorlar oldidagi majburiyatlarni bajarish, ularga turli
imtiyozlar berish haqida axborot taqdim etishning ishonchliligini taʼminlash; -
milliy investitsion qonunchilik tizimi investitsiya bozori subʼektlarining xalqaro
loyiha hamda dasturlarda ishtirok etish imkoniyatlarini amalga oshirish uchun
xalqaro investitsion va moliyaviy
institutlarning talablarini hisobga olishi lozim.
Bundan kelib chiqadiki, barqaror va oldindan aytib berish mumkin boʼlgan
huquqiy maydon
yaratish
Oʼzbekiston investitsiya siyosatining asosiy
omillaridan biriga aylanishi lozim. Buning uchun mavjud qonunlarni
muvofiqlashtirish, istalgan mulkchilik shaklidagi kompaniyalar uchun bir xil
umumiy oʼyin qoidalarini belgilab beruvchi yangi qonunlar ishlab chiqish va
qabul qilish talab qilinadi. Bunda xalqaro shartnomalarga amalda rioya qilinishi
va chet el arbitrajlari qarorlarining bajarilishini taʼminlash ham muhim ahamiyat
kasb etadi.
Globallashuv davrida investitsiya jarayonlari uchun xos boʼlgan yuqorida
sanab oʼtilgan barcha tendentsiyalar mamlakatda investitsiya siyosatini ishlab
chiqishga bevosita taʼsir koʼrsatadi, shuningdek, agarda roʼy berayotgan
globallashuv jarayonlari hisobga olinmaydigan boʼlsa, mamlakat iqtisodiyotini
jahon iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy qoidalaridan tashqarida rivojlantirish
investitsiyalarni yoʼqotish hamda iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish va
modernizatsiyalash boʼyicha vazifalarning oʼz vaqtida hal etilmasligiga olib
keladi.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom
etayotgan bir sharoitida investitsion faoliyatni jadallashtirish asosan, mamlakatda
qulay investitsion muhit yaratish yoʼli bilan taʼminlanadi. Shu bois. hozirgi kunda
Oʼzbekistonda qulay investitsion muhit, xorijiy investorlar uchun huquqiy
imtiyozlar, qonunlarning keng tizimi yaratilgan boʼlib, Oʼzbekistonda mavjud
investitsion qonunchilik MDH mamlakatlari qonunchilik tizimida eng ilgʼor
qonunchiliklardan biri hisoblanadi va u xalqaro investitsiyalar huquqining asosiy
qoidalarini oʼz ichiga olgan. Bundan tashqari, investitsion faoliyatni rivojlantirish
uchun Oʼzbekistonda har yili mamlakat iqtisodiy tarkibini qayta qurish,
modernizatsiyalash maqsadida, investitsion dasturlar yaratiladi va tasdiqlanadi.
Ushbu dasturlarda iqtisodiyotning muhim tarmoqlari hamda ijtimoiy sohadagi
yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish belgilanadi va asosiy eʼtibor
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik qayta
jihozlashga qaratiladi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalashning asosiy maqsadi boʼlib, bazaviy tarmoq
korxonalarini rivojlanishi, ularning eksport salohiyatini oshishi, yuqori
qoʼshimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlarning ulushini oshirish imkoniyatini
yaratish koʼzda tutilgan. Bu borada Davlat investitsion dasturining maqsadi esa,
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish,
iqtisodiyotning real sektoridagi qulay investitsiya muhitini yaxshilash va ishlab
chiqarishga yoʼnaltirilgan sarmoyalar hajmining orttirishdan iborat.
www.iqtisodiyot.uz
4
“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-
iyunь, 2016 yil
Investitsion dasturda ularni moliyalashtirish turli manbalardan amalga
oshiriladigan loyihalar ajratib koʼrsatiladi. Shu bois, mamlakatimiz iqtisodiyotini
investitsiyalash uchun birinchi navbatda, 2006 yilda tashkil etilgan Oʼzbekiston
Respublikasi Taraqqiyot va rivojlantirish fondining mablagʼlari hisobiga
moliyalashtiriladigan investitsion loyihalar amalga oshiriladi. Jumladan, 2015
yilda ana shu maqsadlarga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 2014
yilga nisbatan 9,5 foiz oshib, 15 milliard 800 million АQSh dollari miqdorida
investitsiyalar jalb etildi. Kiritilgan jami investitsiyalarning 3 milliard 300 million
АQSh dollaridan ziyodi yoki 21 foizdan ortigʼi xorijiy investitsiyalar boʼlib, uning
73 foizi toʼgʼridan-toʼgʼri chet el investitsiyalaridir.
Investitsiyalarning 67,1 foizi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo
etishga yoʼnaltirildi. Bu esa oʼz navbatida 2015 yilda mamlakat Investitsiya
dasturida belgilangan umumiy qiymati 7 milliard 400 million АQSh dollari
boʼlgan 158 ta yirik ishlab chiqarish obʼekti qurilishini yakunlash va
foydalanishga topshirish imkonini berdi[1].
Har bir yilning investitsion dasturida chet el investitsiyalari va kreditlarini
jalb qilgan holda investitsiya loyihalarini amalga oshirishga katta eʼtibor
qaratiladi. Hozirgi
paytda
Oʼzbekistonda
investitsiya
qoʼyilmalari shakli borasida amalda hech qanday cheklovlar yoʼq. Xorijiy
investorlar respublika hududida davlat tomonidan yoʼl qoʼyiladigan istalgan
mulkchilik shaklidagi jumladan, xorijiy investorlar qoʼshma korxonalar, 100 %
xorijiy
kapital
ishtirokidagi
korxonalar
tashkil
qilishi,
shuningdek,
xususiylashtirilayotgandavlat korxonalariaktsiyalar paketining birqismiyoki toʼliq
aktsiyalar paketini xarid qilishi mumkin. Bu borada, xorijiy investorlarga,
amaldagi qonunchilikka muvofiq adolatli, teng huquqli rejim, doimiy va toʼliq
xavfsizlik hamda himoya taqdim etilgan.
Oʼzbekiston
Respublikasi
qonunchiligida
xorijiy
investorlarni himoyalash choralari va umumiy kafolatlar bilan bir qatorda
qoʼshimcha kafolatlar hamda himoya choralari ham, jumladan, hamkorlarning
xorijiy investorlar oldidagi oʼz majburiyatlarini soʼzsiz bajarishini taʼminlaydigan
choralar taqdim etilishi mumkin. Toʼgʼridan-toʼgʼri chet el investitsiyalarini jalb
qiluvchi korxonalar asosiy faoliyat boʼyicha daromad soligʼi, mulk soligʼi,
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni koʼkalamzorlash-tirish soligʼi,
ekologiya soligʼi, mikrofirmalar hamda kichik korxonalar uchun umumiy
(yagona) soliq, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi yoʼl fondiga majburiy
toʼlovlar toʼlashdan ozod etiladi. Bundan tashqari, bojxona bojlari boʼyicha va
boshqa imtiyozlar ham koʼzda tutilgan.
Bularning barchasi shundan dalolat beradiki, Oʼzbekistonda xorijiy
investorlar uchun jalb etuvchan hisoblangan yetarli darajada qulay investitsion
muhit shakllantirilgan. Buni mamlakatimiz
Prezidenti I.А. Karimov
ham taʼkidlab oʼtganlaridek: «Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy oʼzgartirish,
tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir
loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida
bajarilayotgan ishlar alohida eʼtiborga loyiq»[1].
Bu borada bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilishi bilan birga ayni vaqtda
iqtisodchi olim va mutaxassislar zimmasiga katta masʼuliyat ham yuklaydi.
Jumladan, yuqori salohiyatga ega boʼlgan har bir turdagi istiqbolli xomashyo va
yarim fabrikat boʼyicha chuqur qayta ishlashning kelgusi yillarga moʼljallangan
aniq dasturiga ega boʼlish uchun mutlaqo yangi dasturiy kompleks yondashuvni
talab etadi. Bu esa oʼz navbatida mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda
qilinadigan barcha
chora tadbirlarni oldindan
rejalashtirib
olish
hamda unga erishish uchun vazifalarni belgilab, izchillik bilan amalga oshirish
lozimligini talab etadi.
Bunday
investitsion loyihalarning
barchasi
Oʼzbekistonda
ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash
ishlari doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yoʼlida bormoqda.
Jumladan, birgina 2014 yilda moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan 33
trln. 715,3 mlrd. soʼm miqdoridagi investitsiyalar oʼzlashtirilib, bu oʼtgan yilga
nisbatan 9,6
foizga koʼpaygan. Investitsiyalarning umumiy
hajmida
markazlashmagan manbalar ulushi oʼtgan yilgi 80 % oʼrniga 79,9 %ni tashkil
qildi. Kapital qoʼyilmalarning YaIM dagi ulushi 23,3 foizni tashkil etdi.
2014 yilda xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning oʼz mablagʼlari hisobidan
investitsiyalar 10 trln. 401,2 mlrd. soʼmni tashkil etib, oʼtgan 2013 yilga nisbatan
7,1 foizga oshgan boʼlsa, manbaning investitsiyalar umumiy hajmidagi ulushi 0,7
foizga pasayib, 30,9 foizni tashkil etdi. Tiklanish va taraqqiyot jamgʼarmasining
2014 yil davomida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi 15 ta investitsiya
loyihasini birgalikda moliyalashtirishga yoʼnaltirilgan mablagʼlari 439,1 mln.
АQSh dollarini tashkil etdi. Bu esa oʼz navbatida, jamgʼarma mablagʼlari
hisobidan oʼzlashtirilgan investitsiyalar hajmining avvalgi ajratilgan mablagʼlarni
qoʼshib hisoblaganda, 607,1 mln. АQSh dollarini tashkil etdi va 2013 yilga
nisbatan 47 %ga ortdi.
Chet el investitsiyalari va kreditlari boʼyicha, xorijiy investorlarini jalb
qilishni qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi
natijasida, oʼzlashtirilgan toʼgʼridan-toʼgʼri chet el investitsiyalari 10,5 %ga oʼsdi.
Bir vaqtning oʼzida, hukumat kafolati ostidagi chet el kreditlarining hajmi 639,9
mln. АQSh dollarini tashkil etib, oʼtgan yilning mos koʼrsatkichidan 10,2 %ga
koʼpdir.
Tijorat
banklarininginvestitsiya maqsadlarida
yoʼnaltirilgan
kreditlari 13,8 %ga oʼsib, 3843,7 mlrd. soʼmni tashkil etdi. Kapital
qoʼyilmalarning umumiy tarkibida ichki kreditlar ulushi 2013 yildagi 11,0 foiz
oʼrniga 11,4 foizni tashkil etdi.
Byudjetdan tashqari jamgʼarmalarning mablagʼlari oʼtgan yilga nistabatan
9,9 %ga oʼsib, 2200,8 mlrd.soʼmni tashkil qildi va shu bilan birga, byudjetdan
tashqari fondlarning umumiy oʼzlashtirilgan investitsiyalardagi ulushi 6,5 foizni
tashkil qildi Investitsiyaga yoʼnaltirilgan aholi mablagʼlari 10,1 foizga oʼsib,
7350,5 mlrd.soʼmni(umumiyinvestitsiyalarning 21,8foizi) tashkil etdi. Bu
aholining yuqori investitsiya faolligidan dalolat bermoqda.
Oʼzbekiston iqtisodiyotini jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvini
taʼminlash uchun avvalambor, iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish, ishlab
chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash
muammosini hal etish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi sharoitda iqtisodiy siyosat
bizning fikrimizcha, ijtimoiy-iqtisodiy tizim koʼplab ishlab chiqarish
sektorlarining rivojlanishiga ehtiyoj mavjudligidan kelib chiqishi lozim. Shu
sababli tijorat banklarini, hattoki ayni paytda ular nisbatan past rentabellikni
namoyish etayotgan boʼlsada, iqtisodiyotning va sanoatning ahamiyatga molik
sektorlarini kreditlashga ragʼbatlantirish zarur.Xoʼsh, giperglobal dunyo
ostonasida turgan Oʼzbekiston uchun xalqaro iqtisodga integratsiyalashuv
farovonlik imkoniyatimi yoki xavf? Аvvalambor, shuni taʼkidlash kerakki,
Oʼzbekiston global iqtisoddan ajralgan holda iqtisodiy farovonlikka erishishi amri
mahol. Global dunyo imkoniyatlaridan uzoqda qolgan 26 yillik tariximiz bunga
yaqqol misoldir. Аmmo, mamlakatimizning giperglobal iqtisodda gʼolib boʼlishi
undagi imkoniyatlardan iqtisodiy oʼsish uchun foydalanib, mavjud xavflarni
bartaraf eta oladigan institutsional muhit va sifatli boshqaruvga bogʼliq.
Fikrimcha, mamlakatimizning giperglobal iqtisodga muvaffaqiyatli integratsiyasi
quyidagi masalalarga borib taqaladi.
Birinchidan, davlatning global iqtisodga integratsiyasi va unda ustunlikka
erishishi, avvalo, mamlakat ichida shakllanayotgan iqtisod, uning shakli, aniq
yoʼnalishi va ichki mustahkamligidan boshlanadi. Yaʼni, global iqtisodga
integratsiyalashuv parametrlari rivojlanishga tayyor iqtisodlar uchungina oʼsish
tramplini boʼlishi mumkin; fundamenti notoʼgʼri printsiplarga qurilgan iqtisod
uchun integratsiyalashuv iqtisodiy oʼsishga turtki boʼla olmaydi. Oʼzbekistonning
global iqtisoddagi muvaffaqiyati u qurayotgan iqtisodiy modelь bilan bogʼliq;
mamlakat kelajagi narxi doimo oʼzgarishlarga tobe xom-ashyo mahsulotlari
eksportchisimi yoki yuqori qiymatli mahsulot ishlab chiqarib, xalqaro savdoning
qon tomiri boʼlgan global taʼminot zanjiriga qoʼshilish arafasidami?
Аlbatta, rivojlanishning dastlabki bosqichida mamlakatdagi arzon ishchi
kuchi ishlab chiqarish uchun qulay imkoniyat qidirayotgan Yaponiya yoki Xitoy
kabi davlatning investorlari uchun jozibali boʼlishi mumkin. Аmmo, bugungi
giperglobal davrdagi texnologik oʼzgarishlar natijasida ishlab chiqarish tobora
avtomatlashib, arzon ishchi kuchiga nisbatan talab pasayib borayotganini ham
unutmaslik kerak. Bugungi kunda mahsulotlar umumiy savdosining atigi 18 foizi
ish haqi past davlatlardan ish haqi yuqori davlatlarga eksportni oʼz ichiga oladi.
Bu degani, Oʼzbekiston oʼz kelajagini faqat “arzon ish haqi orqali investitsiya
chaqirish” strategiyasiga bogʼlamasdan, ixtisoslashgan ishlab chiqarish, taʼlim va
ilmiy tadqiqotlarga mablagʼ ajratish orqali xizmatlar eksport qilishga eʼtibor
berishi zarur. Bu, oʼz navbatida, davlat monopollashtirgan sohalarni tadrijiy
ravishda erkin bozor munosabatlariga oʼtkazish va xususiy sektorni qoʼllab-
quvvatlash orqali vujudga keladi.
Ikkinchidan, davlatning global iqtisoddagi muvaffaqiyati, uning tez-tez
uchrab turadigan global inqiroz va shoklarni singdirib, ichki iqtisodga taʼsirini
kamaytiradigan institutsional tayyorgarlik bilan bogʼliq. Buning sababi, avval
ham aytilganidek, gipergloballashuvning asosiy qismlari boʼlmish xalqaro savdo
va kapitalning erkin harakati, afsuski, mamlakat ichida gʼoliblar bilan birga
magʼlub qatlamni ham yuzaga keltiradi. Bu erkin savdodagi raqobat tufayli ish
oʼrinlari yoʼqolishi sababli qashshoqlashishda koʼrinsa, erkin kapital harakatida
inqirozga moyillik orqali keladigan zararda oʼz aksini topgan. Gʼarbda 2010
yillardan keyin boshlangan anti-globalizm kayfiyati va millatchilik buning yaqqol
misoli boʼla oladi. Globalizm qarshisidagi rivojlanayotgan davlat sifatida
Oʼzbekiston ham savdo erkinlashishi natijasida kelib chiqadigan ijtimoiy-
iqtisodiy muammolarni bartaraf etib, erkin savdo orqali yutqazuvchi qatlamni
ijtimoiy himoyalashga tayyor boʼlishi lozim. Shuningdek, moliya bozorlarini
tayyorgarliksiz holda, tajribasizlik qilib erkinlashtirish koʼpchilik davlatlarga
qimmatga tushganidan hukumat oʼrnak olishi va tartibga solinmagan kapital
oqimlari harakatidan oʼta ehtiyot boʼlishi kerak. Hukumat bugungi kunda ichki
makroiqtisodiy siyosat, soliq tizimi va moliyaviy qoidalar yaxlitligini qisqa
muddatli foydaga asoslangan erkin kapital oqimidan ustun qoʼyishi lozim.
Iqtisodiy inqirozning kelib chiqish mohiyati har qanday mamlakat, shu
jumladan industrial rivojlanmagan mamlakatlar ham iqtisodiy o’sishga, hamda
to’liq bandlilik va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi, ammo
uzoq muddatli iqtisodiy o’sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy
barqarorlik davrlari bilan uzulib turadi. Iqtisodiy o’sish ketidan doimo inqiroz
kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan iqtisodiy qonunlarning o’zgartirib bo’lmaydigan
ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo’ladi va bu
uzilish iqtisodiy nomutonosibliklarning keskin shaklida nomayon bo’lishidir.
Iqtisodiy sikil deganda, odatda ishlab chiqarishning bir iqtisodiy holatidan, yoki
bir inqirozdan ikkinchisi boshlanguncha qadar takrorlanib turadigan to’lqinsimon
harakati tushiniladi. Inqiroz ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi va
siklning qayd etuvchi ifodasidir. U bir sikilni nihoyasiga yetkazib, yana muqarrar
ravishda inqiroz bilan tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz
vaziyatda asosiy kapitalning ortiqcha jamg’arilishi uning hamma funksional
shakillarida nomoyon bo’ladi. Inqirozdan keyin turg’unlik keladi, uning
davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitda vujudga kelishi nihoyasiga
yetadi. Jonlanish fazosining boshlanishi ozmi-ko’pmi darajada barqaror ishlab
chiqarishning kengayishiga o’tishni bildiradi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar
bo’lib qoladi. Inqiroz fozasida ishlab chiqarish va bandlik qisqaradi, ammo narxlar
pasayish tamoiliga berilmaydi. Inqirozning qo’yi nuqtasida ishlab chiqarish va
bandlilik o’zining eng past darajasiga erishishi bilan harakterlanadi. Iqtisodiy
inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi.
Inqirozning asosiy sababi takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va
nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab chiqarish uning natijalarini o’zlashtirish
o’rtasidagi nomutanosiblik bulib u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy
tizimning har xil nusxalarida turli shakillarda nomayon bo’ladi. Ishlab chiqarish
bilan istemol talab va taklif o’rtasidagi vaqti-vaqti bilan yuzaga kelib turadigan
nomutonosibliklar ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga chiqishi imkoniyatini
saqlaydi. Yirik mashinali ishlab chiqarishga o’tilgan davrdan keyingi vaqti-vaqti
bilan iqtisodiyotni ma’ruza salbiy turuvchi iqtisodiy inqirozlar ijtimoiy takror
ishlab chiqarishga siklik harakterni kasb etadi. Bu tashqi omillar ichidan
qo’yidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin.
-Urushlar, inqilobiy o’zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar.
-Oltin, uran, neft, va boshqa qimmatli resurslar, yirik konlarning ochilishi.
-Yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog’liq ravishda aholi migrasiyasi,
yer shari aholi migrasiyasi, yer shari aholisi sonining o’zgarib turishi;
Iqtisodiyotdagi inqirozlardan bir kurinishi yoki uning bir turi tarkibiy
inqirozlardir. Bu inqirozlarni ishlab chiqarishlarning ayrim sohalari bilan
tarmoqlar rivojlanishi o’rtasidagi chuqur nomutanosibliklar keltirib chiqaradi.
Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan iqtisodiy
faolikning mavsumiy tebranishlar ham mavjud bo’ladi. Masalan bayramlar
arafasidagi harid qilish, istemolchilik tovarlarning faollik suratida, asosan
chakana savdoda sezilarli har yillik tebranishlarga olib keladi. Qishloq ho’jaligi,
avtomobil sanoati, qurilish ham qandaydir darajada mavsumiy tebranishlarga
duchor bo’ladi. Iqtisodiy faolik iqtisodiyotdagi uzoq muddatli tamoillarga, yani
uzoq muddatli davr, masalan 25, 50 yoki 100 yil davomida iqtisodiy faollikni
ortishi yoki pasayishiga bog’liq. Bu yerdashuni takidlash lozimki, ayrim
mamlakatlarda (masalan AQSh) o’zoq muddatli tamoil sezilarli iqtisodiy o’sish
bilan xarakterlansa, boshqalari uchun iqtisodiy o’sishning sekinlashuvi xos
iqtisodiy faolikning tebranishni tushuntiruvchi ko’plab qarashlar mavjud
bo’lishiga qaramasdan ko’pchilik iqtisodchilar, ishlab chiqarishlar va bandlik
darajasini bevosita aniqlovchi omil umumiy yoki yalpi sarflar darajasi
hisoblanadi, deb tasdiqlaydi.
Qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb ataladi. Agar
inqirozlar qo’yidagi shakillarda nomoyon bo’ladi.
1)
Qishloq ho’jalik mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab
chiqarishni, uning sotilmay qolgan juda katta zahiralarining to’planishi.
2)
Narxlarning pasayishi, daromodlar va foydalarning kamayishi.
3)
Fermerlarning ommoviy ravishda xonavoyron bo’lishi ularning
qarzlarining ortishi.
4)
Qishloq aholisi o’rtasida ishsizlarning ko’payishi.
Qishloq ho’jaligida takror ishlab chiqarish o’ziga xos xususiyatlarga ega
bo’lganligi sababli, agrar inqirozlar o’ziga xos xususiyatlarga o’ziga xos
xarakter kasb etadi. Agar inqirozlar sanaot sikllariga qaraganda odatda ancha
uzoqroqqa cho’zilib boradi. Birinchi agrar inqiroz o’tgan asrning 70- yillarida
90-yillar o’rtasigacha davom qilgan edi. Birinchi jahon urushidan keyin,
aholining harid qobilyati juda pasayib ketgan sharoitda, 1920 yil bahorida
keskin agrar inqiroz boshlanib ketdi va ikkinchi jahon urushining
boshlanishiga qadar davom etdi. Uchunchi agrar inqiroz 1948 yildan
boshlanib, 80 yillargacha davom etdi. Agrar inqirozning cho’zilib ketishining
asosiy sabablari qo’yidagilar.
A)
Yerga xususiy mulk manopoliyasi sharoitida u qishloq xo’jalik
ishlab chiqarishning rivojlanishida sanoatga nisbatan orqada qolishni taqozo
etadi.
B)
Yer rentasining mavjud bo’lishi va uning uzluksiz suratda o’sib
borishi. Yer rentasining avvolo absalyut rentaning ko’payishi qishloq xo’jalik
mahsulotlarini qimmatlashtirib yuboradi, buning natijasida uni sotish
qiyinlashadi.
V)
Ko’plab mayda dehqon xo’jaliklarining mavjud bo’lishi. Mayda
ishlab chiqaruvchilar xo’jalikni asosan o’zi va oilasi uchun zarur tirikchilik
vositalarini topish maqsadida yuritadi. Inqiroz sharoitida ham ular ishlab
chiqarishni qisqartira olmaydilar. Tirikchiliklarni o’tkazish va ijara haqini
to’lash uchun ishlab chiqarishni ilgargi miqdorda olib boraveradi. Bu hol
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarishni yana ham
ko’paytirib beradi. Agrar inqirozlar siklli harakterga ega bo’lmaydi. Qishloq
ho’jalik mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarish absalyut harakterga ega
bo’lmaydi. Qishloq ho’jalik mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarish absalyut
harakterga emas, balki nisbiy xarakterga ega. Chunki, inqiroz ro’y bergan
mamlakatda million – million kishilar doimiy suratda ochlikda yashaydi.
Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy sikl va siklli rivojlanishga mingdan
ortiq qarashlar mavjudligi ta’kidlanadi. Biz ularning ko’pchilik iqtisodchilar
tomonidan tan olingan asosiylariga tavsif beramiz.
Kitchin sikli – zahiralar sikli deb ham nomlanadi. Bunda Kitchin (1926
y) moliyaviy hisoblar va tovar zahiralari harakatida sotish narhlarini tahlil
qilish asosida 2 yildan 4 yilgacha davr davomidagi qisqa to’lqinlarni tadqiq
qilishga o’zining e’tiborini qaratadi.
Juglar sikli – biznes – sikl, sanoat sikli, o’rtacha sikl va katta sikl kabi
nomlar bilan ham ataladi. Oldingi davrlarda iqtisodiy fan 7 – 12 yillik sikllarni
ajratib ko’rsatganligi tufayli, aynan shu sikl Fransuz, Angliya va AQShda foiz
stavkalari va narhdan tebranishlarni asosiy tahlil qilish asosida sanoat siklining
tabiatini o’rganishga katta hissa qo’shgan. K. Juglar (1819 – 1905 y) nomi
bilan ataladi. Odatda iqtisodiy inqirozlardan sanoatning ishlab chiqarish
vositalari va uzoq muddatlifoydalaniladigan iste’molchilik tovarlari ishlab
chiqaradigan tarmoqlari ko’proq yo’qotishga uchraydi. Uy – joy va sanoat
binolari qurilishi, og’ir mashinasozlik hamda investision tovarlar,
avtomobillar, maishiy xo’jalik buyumlari va shunga o’xshash tovarlar ishlab
chiqarish bilan bog’liq sanoat tarmoqlari va ularda band bo’lgan ishchilar
siklning inqiroz fazasida og’ir oqibatiga uchraydi. Biroq, bu tarmoqlar siklning
yuksalish fazasida o’zining rivojlanish uchun yuqori darajada raqobat oladi.
Iqtisodiyot qiyinchilikni boshdan kechira boshlaganda, ishlab chiqaruvchilar
ko’pincha zamonaviy uskunalarni sotib olishni va yangi zavodlar qurishni
to’xtatadi yoki qandaydir muddatga kechiktirishi mumkin. Bunday
kon’yunktura sharoitda investision tovarlar zahiralarini ko’paytirish hyech
qanday iqtisodiy mazmunga ega emas, aksincha korxonalar mavjud ishlab
chiqarish quvvatlaridan ancha to’laroq foydalanishlari mumkin bo’ladi.
Iqtisodiy jihatdan qo’lay davrlarda yani sikilning jonlanishi va yuksalish
fozalarida ishlab chiqarish vositalari odatda ular to’liq eskirganiga
almashtiriladi. Ammo inqiroz davri kelganda korxonalar o’zining eskirgan
uskunalarini ta’mirlab, ularni ishga tushiradi. Shu sababli bu davrda ishlab
chiqarish vositalariga investitsiyalar keskin qisqaradi. Ortiqcha ishlab
chiqarish quvatlari mavjud bo’lgan ayrim korxonalar, xatto istemol qilingan
asosiy kapitalning o’rnini asosiy kapitalining o’rnini qoplashga ham harakat
qilmaydi.
Qisqa muddatli foydalanadigan istemolchilik tovarlari ishlab chiqaruvchi
sanoat tarmoqlari siklining oqibatlarini nisbatan kamroq darajada sezadi. Aholi
yoki keng istemolchilar qatlamiga iqtisodiy sikil turlicha ta’sir ko’rsatadi.
Inqiroz davri boshlanganda, doimiy doromad oluvchi istemolchilar oila
byudjetini qisqartirishga to’g’ri keladi, maishiy texnika va avtomashina kabi
uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni harid qilishni to’xtatadi. Har qanday
sharoitda ham oila a’zolarini yeb-ichishi va keyinishi zarurligi tufayli oziq-
ovqat mahsulotlari va keyim kechaklar, yani qisqa muddatda foydalanadigan
istemolchilik tovarlarini harid qilishni to’xtatish mumkin emas. Faqat bunday
tovarlarini harid qilish miqdori qandaydir darajada kamayishi mumkin.
Investision tovarlar va uzoq muddat foydalaniladigan istemolchilik
tovarlari ishlab chiqaruvchi ko’pchilik sanoat tarmoqlari yuqori darajada
manopol mavqiyega egaligi bilan farqlanadi va natijada bozorda nisbatan ko’p
bo’lmagan yirik firmalar ma’lum davr davomida narxning pasayishiga qarshi
turishi, talabning kamayishi sababli mahsulot chiqarish hajmini cheklash
uchun yetarlicha manopol xukumdorlikka ega bo’lishi mumkin. Shu sababli
talabaning kamayishi birinchi navbatda ishlab chiqarish va bandlilik darajasiga
ta’sir ko’rsatadi. Bunga teskor bo’lgan holatni qisqa muddatli foydaniladigan
istemolchilik tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlarida kuzatish
mumkin. Bu tarmoqlarning ko’pchiligi o’zlarining raqobatga layoqatsizligi va
ishlab chiqarish markazlashuvi darajasining pastligi bilan harakterlanadi. Shu
sababli ular siklining salbiy oqibatlariga qarshi tura olmasligi mumkin va
mahsulotlarga talabning pasayishi ishlab chiqarish darajasiga qaraganda
narxlarda ko’proq aks etadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o’zgartirishga qodir bo’lgan
texnologiya, tadqiqotlar va inovatsiyalardagi qudratli o’zgarishlar. Iqtisodiy
sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariyani
eksternal nazariya deb atash qabul qilingan. Internal nazariya iqtisodiy
sikllarni iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillar tug’diradi deb hisoblaydi.
Asosiy kapitalning jismoniy xizmat muddati, ko’pchilik iqtisodchilar
tamonidan (iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillar to’g’risida deb
hisoblaydi). Iqtisodiy siklni tug’diruvchi muxim omillardan biri sifatida
qaraladi. Agar bir yoki bir necha tarmoqda mashina uskunalarga talabning
keskin ortishi keltirib chiqaradigan iqtisodiy o’sish boshlansa to’liq tabiyki bu
xol mashina va uskunalar to’liq eskiradigan har 10-15 yildan keyin
takrorlanadi.
Boshqa ichki omillardan qo’yidagilar ajratib ko’rsatiladi.
-Shaxsiy istemolning o’zgarishi (qisqarish yoki kengayish);
-Investisiyalar, yani ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va
yangi ish joylarni vujudga keltirishga yo’naltiriladigan mablag’lar hajmi.
-Ishlab chiqarish talab va takliflar hajmiga ta’sir ko’rsatishga qaratilgan
davlatning iqtisodiy siyosatining o’zgarishi iqtisodiy sikilning kelib chiqishini
faqat eksternal yoki internal nazariya orqali tushuntirish ko’lami tug’ri emas.
Iqtisodiy sikl va umuman iqtisodiy tizimdagi miqdoriy va sifat o’zgarishlar
tashqi va ichki omillar oqibatida kelib chiqish mumkin emas. Demak
kapitalning to’planishi yuqori darajada bo’lgan tarmoqlarda ishlab chiqarish
hajmining keskin pasayishi va narxlarning nisbatan sekin tushishi, to’planish
darajasi past bo’lgan tarmoqlarda narxlarning sezilarli tushishi va mahsulot
ishlab chiqarish hajmining nisbatan kam qisqarishi kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |