PEDAGOGS
international research journal
www.pedagoglar.uz
Volume-2, Issue-2, January–2022
18
CAN, COULD, MAY, MIGHT, WOULD MODAL FE'LLARINING
ILTIMOS, RUXSAT, TAKLIF MA'NOLARIDA QO'LLANISHI
Urunova Naima Ergashevna
Samarqand viloyati Toyloq tumani 36-umumiy o'rta ta'lim maktabi
ingliz tili fani o'qituvchisi
Anotatsiya:
Ushbu maqolada modal fe'llarini qo'llanilishi to'g'risida
ma'lumotlar va misol tariqasida gaplar ham berilgan.
Kalit so'zlar:
can, could, may, might, would modal fe'llari.
1. Ingliz tilida iltimos qilishda can/could modal fe'llari qoʻllanadi.
Bunday
vaziyatlar har doim hozirgi zamonda boʻlgani uchun bu yerda mazkur modal fe'llar
teng ma'noda qoʻllanadi. Umum qabul qilgan qoidaga ko'ra could modal fe'li can
modal fe'liga qaraganda yumshoqroq ma'no beradi. Can you lend me some money?
(Menga biroz pul qarzga berib turolmaysizmi?) Could you do me a favour? (Menga
yordamlashib yuborolmaysizmi?) Could you open the door, please?
2. Narsa yoki buyumni soʻrab olishda Can I have ... ? /Could I have … ? /May
I have … ? qurilmalari qoʻllaniladi.
Bu yerda can eng norasmiy,
may rasmiy
ohangga ega.Can I have the salt, please?
May I have some sugar? (rasmiy)
2. Ruxsat soʻrash uchun can/could/may/might modal fe'llari qoʻllaniladi.
Bunday vaziyatlarda
ham can eng norasmiy ohangga, may/might
ancha rasmiy
ohangga ega hisoblanadi.Can I come in? (Tom Annadan
xonaga kirishga ruxsat
soʻramoqda)May I come in? (maktabda oʻquvchi sinfga kirishga ruxsat soʻramoqda?
Yes, please do.
May I use your bike this evening?
Ammo ruxsat berish uchun faqat can/may modal fe'llari qoʻllaniladi.
You can go home if you want.
You may smoke here. (e'lon)
3. may modal fe'li inkor shaklda taqiqni bildiradi.
PEDAGOGS
international research journal
www.pedagoglar.uz
Volume-2, Issue-2, January–2022
19
You may not smoke here. (Bu yerda chekish mumkin emas.)
4. Avvaldan (umuman) ruxsat qilingan yoki ruxsat
qilinmagan ish-harakatlar
uchun can/can't modal fe'llari qoʻllaniladi.
You can drive for a year in Britian with an international licence. (haydashingizga
ruxsat bor)
You can't drive a car in Britian if you are under 17. (haydashingizga ruxsat yoʻq)
5. Taklif qilishda can/would modal soʻzlari qoʻllaniladi.
Can I get you some water? (Sizga suv olib kelaymi?)
Can I help you ?
Would you like some coffee? (Kofe ichasizmi?)
Would you like to sit down?
Ingliz tilida modal fe'llar - asosiy fe'lga qoʻshimcha ma'no
yuklaydigan
yordamchi fe'llardir. Masalan: can modal fe'li asosiy fe'lga qila olmoq ma'nosini
qoʻshadi.
I swim. (Men suzaman-modal fe'lsiz gap)
I can swim. (Men suza olaman- modal fe'lli gap)
Modal fe'llarning koʻpchiligi shaxsga qarab oʻzgarmaydi. Masalan: can, could,
may, might, must, should, ought to modal fe'llari shu qatorga kiradi.
I can speak five languages and he can speak five languages.
You must see the doctor and they must see the doctor.
Modal fe'llarning koʻpchiligi hozirgi zamonda fe'lning infinitiv shakli (run,
read, be..) bilan toʻg'ridan toʻg'ri birikadi, ya'ni asosiy fe'l oldidan to qoʻllanilmaydi.
Masalan: can, could, may, might, must, should, needn't modal fe'llari shu fe'llar
qatorga kiradi.
They may go to Italy for their holiday next week.
My grandfather could swim 3 kilometers at a time.
Ammo have to, ought to modal fe'llarida to yuklamasi mavjud.
I have to/ought to study hard for the exams.
Modal fe'llar yordamchi fe'llar boʻlganligi uchun gapni inkor qilish uchun not
soʻzi ularga qoʻshiladi. Soʻroq gap hosil qilish uchun ham modal fe'llarning oʻzi