Php da obyektlar va sinflar



Yüklə 50,69 Kb.
tarix14.06.2023
ölçüsü50,69 Kb.
#130041
Php da obyektlar va sinflar


PHP DA OBYEKTLAR VA SINFLAR
REJA:

  1. PHP da obyektlar

  2. PHP da sinflar

  3. Obyektlar va sinflarni belgilash

PHP obyektga asoslangan dasturlash tili bo'lib, har qanday dastur yoki ilovani ishlab chiqishda obyektga asoslangan dasturlash paradigmiga amal qilib, sinflar va obyektlarni yaratish imkonini beradi.


Sinf - mahalliy(lokal) o'zgaruvchilar va mahalliy(lokal) metodlarni o'z ichiga olgan foydalanuvchi tomonidan belgilangan ma'lumotlar turi(data type).
Obyekt - klassda belgilangan lokal metodlarni chaqirishimiz mumkin bo'lgan va qiymatlari belgilangan lokal o'zgaruvchilarni saqlaydigan klass(class) ekzamplyari.
Ushbu darsda biz PHPda qanday qilib klassni belgilashni va uning obyektlarini qanday yaratishni bilib olamiz.
Class(sinf) ni belgilash
PHP da klass belgilashda, xuddi o'zgaruvchilar kabi klass nomini berishimiz kerak va bu yerda klassimizning nomini berishda amal qilinadigan qoidalar ham bor, ular:
Klass nomi,

  • alifbo harflaridan iborat bo'lishi kerak.

  • PHP kalit so'zlardan iborat bo'lmaslik kerak.

  • Bo'shliqlardan iborat bo'lmaslik kerak.

Hozir biz klassni nomlashga doir qoidalarni bilib oldik, keling endi Person nomli sodda klassimizni yaratamiz.
Class ni belgilash sintaksisi
PHP da klassni yaratish sintaksis juda sodda, buning uchun biz klassimiz nomidan oldin class kalit so'zini yozamiz va klass uchun yozilgan kodlarni {} qavslari orqali o'rab olamiz, ya'ni:

image
Bu majburiy bo'lmasada, ammo class nomini php fayl nomi sifatida foydalanish yaxshi mashg'ulat. Shuningdek, PHPda bitta satrda bir nechta classlarni belgilash imkoni bor ammo buni maslahat bermagan bo'lardim.
Endi kodimizni yuqoridagidek Person.php faylimizga saqlab olamiz.
Shaxsimizning(Person) ismini saqlash uchun klassimizga o'zgaruvchi qo'shamiz. Klass ichiga qo'shilgan o'zgaruvchi - xossa deb ataladi.

image
var - klass ichidagi o'zgaruvchi/xossani belgilash uchun kalit so'z va $ism o'zgaruvchining nomi.
Endi navbat, klassimizga metod/funksiya qo'shishga keldi. Funksiyalar, klass ichida belgilanganda metod deb ataladi.
Klass ichidagi metodlar - klass o'zgaruvchilari(xossalari) ustida operatsiyalarni amalga oshirish yoki klass uchun boshqa operatsiyani bajarish uchun belgilanadi. Masalan, o'zgaruvchilarning qiymatlarini kiritish yoki ma'lumotlarni bazaga saqlash kabilar bo'lishi mumkin.
Klass o'zgaruvchisining qiymatini olish va klass o'zgaruvchisiga qiymat kiritish uchun metodlarni belgilaganimizda, bu metodlar Getter va Setter funksiyalar deb ataladi.
Ular keng tartibda get_UZGARUVCHI-NOMI() va set_UZGARUVCHI-NOMI() deb nomalanadi.
Endi, ism o'zgaruvchisiga get_ism() va set_ism() funksiyalarini qo'shamiz.

Getter va Setter funksiyalari haqida ko'proq ma'lumotlar bilan, klass obyektlarini yaratishni o'rganganimizda bilib olasiz.
Class'ni hech qanday o'zgaruvchisiz belgilashimiz mumkinmi?
Ha, sodda klasslar o'zgaruvchi talab qilmaydi. Oddiygina, uning ichida metodlar mavjud bo'ladi.

Image
Yuqorida klass uchun, barcha obyektlar o'zgaruvchi yo'qligi sababli o'xshash.
Agar bizda klassimizda o'zgaruvchilar bo'lsa, biz o'sha klassning bir nechta turli xil qiymatdagi obyektlarni kiritishimiz mumkin bo'lar edi.
Qisqacha ma'lumot:

  • class - dasturchi tomonidan kiritilgan ma'lumot turi bo'lib u lokal ma'lumotlar bilan birga lokal funksiyalarni ham o'z ichiga oladi. Siz klassni bir turdagi obyektni bir qancha namunalarini qilish uchun ekzamplyar sifatida taassavur qilishingiz mumkin.

  • object - klass tomonidan belgilangan ma'lumot strukturasining individual ekzamplyari.


Xulosa
Ob'еktlar – ob'еktga yo’naltirilgan dasturlashdan kirib kеlgan ma'lumot tipidir. Ob'еktga yo’naltirilgan dasturlash tamoyiliga ko’ra, sinf – aniq xossalarga ega va ular bilan ishlaydigan mеtodli ob'еktlar to’plami. Ob'еkt esa mos ravishda sinf nusxasidir. Masalan, dasturchilar – bu dasturni tuzuvchi, kompyutеr adabiyotlarini o’rganadigan odamlar sinfi va bundan tashqari hamma odamlar qatori ism va familiyasi mavjud. Endi agarda biror aniq dasturchi – Azamat Boboеvni olsak, u holda uni shu xossaga ega bo’lgan dasturchi sinfini ob'еkti sifatida qarash mumkin va u ham dastur tuzadi, hamda ismi mavjud va boshqalar.
PHP dasturlash tilida ob'еkt mеtodiga murojaat -> amalidan foydalaniladi. Ob'еktni initsializatsiya qilishda ob'еktni o’zgaruvchan nusxasini yaratadigan new ifodasidan foydalaniladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Я.В.Ахромов. Технологии Web-дизайна и Flash-технологии. Феникс. 2004 г.

  2. П.Б.Храмцов, С.А.Брик и др. Основы web-технологий. 2003 г.

  3. Cascading Style Sheets, level 1 (CSS1) W3C Recommendation 17 Dec 1996, revised 11 Jan 1999. Рекомендация WWWC для СSS1. Фактически, -это стандарт.

  4. HTML в примерах. Как создать свой Web-сайт. Самоучитель. 2003 г.

  5. Виртуальный университет Евразии - http://virtual-university-eurasia.org/

  6. http://tami.uz sayti

Yüklə 50,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin