PHY001 - guruh uchun topshiriqlar
2-topshiriq: Moddiy nuqtaning aylanma harakati.
Topshiriq rejasi:
1. Moddiy nuqtaning aylanma harakati;
2. Moddiy nuqtaning egri chiziqli harakatidagi tangensial, normal va toʻla tezlanishlar;
3. Aylana boʻylab harakatda burilish burchagi, burchak tezlik va burchak tezlanish;
4. Aylanma va ilgarilanma harakatning kinematik xarakteristikalari orasidagi bogʻlanishlar.
5. Xulosa.
6. Foydalanilgan adabiyotlar.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Q.P.Abduraxmanov, V.S.Xamidov, N.A.Axmedova. FIZIKA. Darslik. Toshkent. 2018 y.
2. Douglas C. Giancoli. Physics. Principles with Applicathions. January 17, 2004 USA ISBN-13^ 978-0-321-62592-2.
3. Абдурахманов К.П., Тигай О.Э., Хамидов В.С. Физикадан мультимедиа лекциялар тўплами. Ўқув қўлланма. 2013 й. Pdf + диск + СНМ.
4. Internet sahifalari.
Nazariy qismi bo‘yicha mustaqil topshiriqlar bahosining taqsimlanishi – jami 5 ball:
mustaqil ishning talab darajasida rasmiylashtirilganligi (titul varag‘i, mavzu rejasi, xulosa va adabiyotlar to‘g‘ri keltirilganligi, mustaqil ish shaxsan talaba tomonidan tayyorlanganligi) -0,5 ball;
mavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari va amaliy ahamiyati yoritilganligi, topshiriqda asosiy tushunchalar, qonuniyatlar uzviy ketma-ketlikda, ifodalar va birliklar to‘g‘ri keltirilgan holda yozilganligi - 3 ball;
mavzuni yoritishda yangi xorijiy adabiyotlardan, internet ma’lumotlaridan, axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanganligi, grafiklar, diagrammalar, rasmlar, animatsiyalar orqali tushuntirilganligi – 1 ball;
mavzu bo‘yich to‘g‘ri xulosalar chiqarilganligi – 0,5 ball.
Topshirish muddati: 2022 yil, 01 - noyabr.
Eslatma:
Talabalar topshiriqni o‘zlari mustaqil o‘zlashtirishlari va tayorlashlari zarur, bir-biridan ko‘chirishlari kuzatilganda ko‘chirgan va ko‘chirishga imkon beruvchilar baholanmaydi.
Dostları ilə paylaş: |