Poema liro-epik janr; shu janrdagi badiiy asar. Oʻzbek xalq



Yüklə 136,16 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.01.2020
ölçüsü136,16 Kb.

Doston

Doston, poema — liro-epik janr; shu

janrdagi badiiy asar. Oʻzbek xalq,

ogʻzaki ijodi va oʻzbek mumtoz

adabiyotida keng tarqalgan. D.da

muayyan voqea liro-epik tasvir

vositalari yordamida hikoya qilinadi.

Unda hayot, voqelik keng koʻlamda

qamrab olinadi, bir yoki ikkita bosh

qahramon ishtirok etadi, personajlar

esa koʻp boʻladi. Syujeti sertarmoq,

rang-barang . Xalq ogʻzaki ijodidagi


D.lar nazm va nasrav., yozma

adabiyotdagi D.lar nazmda boʻladi,

bunda nasr voqealarni bogʻlovchi

vazifasini oʻtaydi. Yozma adabiyotdagi

D.larda lirizm kuchliroq, ayniqsa, hozirgi

zamon D.larida lirik asos yanada

salmoqliroqdir. Jahon mumtoz

adabiyotidagi D.lar keng qamrovligi va

hajmining kattaligi, koʻtarib chiqqan

ijtimoiy, siyosiy, axloqiy muammolari,

syujetining sertarmokligi va

dramatizmining oʻtkirligi,

personajlarining koʻpligi bilan ajraladi.

Bunday asarlar markazida jamiyat va

xalq takdiri turadi, jamiyat, xalq va

qahramon yaxlit, bir butunlikda



tasvirlanadi, ular oʻrtasida ziddiyat

boʻlmaydi, balki shu xalq, shu

qahramon bilan tashki dushmanlar

oʻrtasidagi kurash, yaxshilik bilan

yomonlik oʻrtasidagi ziddiyat

tasvirlanadi. Ularda vatanparvarlik,

qahramonlik, insonparvarlik, mehr-

muhabbat, doʻstlik va sadoqat,

mehnatsevarlik gʻoyalari ilgari suriladi.

Ilk dostonlar Yunonistonda paydo

boʻldi. Ularda afsonaviy

qahramonlarning jasorati, xudolarning

karomati haqida kuylangan. Gomerning

"Iliada" va "Odisseya", Dantening "Ilohiy

komediya", Firdavsiyning "Shohnoma"

asarlari D. janrining kad. namunalaridir.



D.lar, oʻz mohiyatiga koʻra, qahramonlik

("Alpomish", "Farhod va Shirin"),

sarguzasht-detektiv ("Sabbai sayyor"),

ishqiy-romantik ("Tohir va Zuhra", "Layli

va Majnun"), jangnoma ("Yusuf va

Ahmad", "Saddi Iskandariy"), tarixiy-

memuar ("Shayboniynoma", "Jizzax

qoʻzgʻoloni"), falsafiy ("Hayrat ul-abror"),

fantastik-allegorik ("Lison uttayr"),

didaktik ("Qutadgʻu bilig") turga

boʻlinadi. Qahramonlik D.larida xalq,

jamiyat takdiri tasvirlansa, ishqiy-

romantik D.larda oshiq-maʼshuklarning

sarguzashti bosh oʻrinda turadi. Tarixiy-

memuar yoxud tarixiy-biografik D.larda

biror tarixiy shaxslar ramziylashtirilib,



boʻrttirib tasvirlanadi. Umuman, D.larda

ideallashtirish, mubolagʻali tasvir ustun

boʻladi, ularda turli afsonalar, asotirlar,

hikoyatlar, dev, parilar, xizr, ajdar,

ajabtovur otlar ("Alpomish"dagi

Boychibor), sehr-jodu koʻp ishtirok

etadi. Xalq D.lari baxshi, dostonchi va

xalq shoirlari tomonidan dutor,

doʻmbira va xalq cholgʻu asboblari

joʻrligida ijro etiladi. Folklordagi D.lar

bilan yozma adabiyotdagi D.lar

shaklshamoyili jihatidan bir xil

koʻrinishda boʻlsada, yozma

adabiyotdagi D.lar yozuvchining

dunyoni oʻziga xos tarzda idrok etishi,

baholashi va oʻz fikr-gʻoyalari,



orzuarmonlarini ifodalash tarzi, usulida

farqlanadi. Garchand, Navoiyning aksar

D.lari, jumladan, "Layli va Majnun",

"Saddi Iskandariy" asarlari asosida

folklor mavzui turgan boʻlsada, shoir

ularni oʻz estetik qarashlari va badiiy

niyatidan kelib chiqib tubdan qayta

yaratgan.

Oʻzbek D.chiligi asrlar davomida oʻsib,

kamol topib, shakli rang-baranglashib

bordi. Oʻrxun-Yenisey yozuvida,

Avestoyaa, "Devonu lugʻotit turk" dagi

qadimgi D. parchalarida, turkiy xalqlar

mulki boʻlmish "Kitobi dodam

Qoʻrqut"da va ayniqsa "Alpomish",


"Goʻroʻgʻli" turkum D.larida oʻzbek

D.chiligining taraqqiyot yullari,

davrlarini kurish mumkin. Navoiy

"Hamsa"si oʻzbek D.chiligi tarixida

yuksak choʻqqi boʻldi. "Hamsa"da,

Gegel iborasi bilan aytganda,

"dunyoning qahramonlik holati"ni

tasvirlash kuchli, uning falsafiy-axloqiy

mazmuni chuqur, unda shaxs

barkamolligi, fozil in-son va adolatli

jamiyat targʻib etiladi, yaxshilik va

yomonlik ildizlari qidiriladi. 20-asrga

kelganda, oʻzbek D.lari hajman toraydi,

lirizm kuchaydi. Dunyoni, voqelikni va

inson ru-hiy olamini, ruhiy

kechinmalarini idrok etish va haqqoniy



tasvirlash bosh fazilat boʻlib qoldi

(Mirtemirning "Surat" dostoni). Hozirgi

D.larga afsona, asotirlar ham faol kirib

keldi. E. Vohidovnit "Ruxlar isyoni", A.

Oripovning "Jannatga yoʻl" D.larida ana

shu yangiliklar yaqqol kurinadi. Hozirgi

zamon oʻzbek D.larida drama janri

belgilari (konflikt, dialog), ayniqsa epik

tasvir unsurlari faollashdi. (E. Vohidov,

"Istanbul fojiasi", O. Matjon, "Paxlavon

Mahmud" va boshqalar).

Bundan tashqari, shoirning his-

tuygʻulari, taassurotlari,

oʻymushohadalari, kechinmalaridan

iborat boʻlgan lirik D.lar ham


yaratilmoqda. 20-asr oʻzbek

adabiyotida D.lar kamayishini roman

janri rivoji bilan izohlash mumkin.

Voqelikni afsona, asotirlar va ertaklar

asosida bayon etib, bolalarga

moʻljallangan yirik sheʼriy asarlar

yozishda ham D. janridan

foydalaniladi.

[1]

1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent,



2000-yil

Manbalar


Ko‘proq o‘rganish

Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston

milliy ensiklopediyasi (2000-2005)

maʼlumotlaridan foydalanilgan.

"

https://uz.wikipedia.org/w/ind



ex.php?

title=Doston&oldid=2029509

" dan 

olindi 


Last edited 5 months ago by Um…

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan



boʻlsa).

Yüklə 136,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə