Poya morfologiyasi. O‘t o‘simliklarning poyasining anatomik tuzilishi. Daraxtsimon o‘simliklar poyasining anatomik tuzilishi va eniga kengayish xususiyatlari



Yüklə 20,36 Kb.
səhifə1/4
tarix24.01.2023
ölçüsü20,36 Kb.
#80558
  1   2   3   4
ff


Aim.uz

Poya morfologiyasi. O‘t o‘simliklarning poyasining anatomik tuzilishi. Daraxtsimon o‘simliklar poyasining anatomik tuzilishi va eniga kengayish xususiyatlari.
Reja:
1. Novda va uning qismlari.
2. Poyaning yo‘nalishi bo‘yicha turlari.
3. Poyaning shoxlanishi.
4. Poyaning shakllari.
5. Qiyofasini o‘zgartirgan poyalar yoki poya metamorfozi.
6. O‘t o‘simliklar, daraxtsimon o‘simliklar poyasining anatomik tuzilishi
7. Bir pallali o‘simliklar poyasining tuzilishi.
8. Bir pallali o‘simliklarning o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari.
9. Ikki pallali o‘simliklar poyasining ichki tuzilishi.
10. Ikkilamchi qoplovchi to‘qima periderma va uning tuzilishi.
11. Ko‘p yillik yog‘ochli o‘simliklarning poyasining ichki tuzilishi
12. Daraxtsimon o‘simliklarda yillik xalqaning paydo bo‘lishi
Poya o‘simliklarning asosiy vegetativ organi bo‘lib, birinchi marotaba urug‘ embrionidan, so‘ngra kurtakdan o‘sib chiqadi. Poyaning uchida hamma vaqt bosh kurtak (verxushechnaya pochka) bo‘ladi. Ba’zan kurtaklar ildiz va barglardan xosil bo‘ladi. Yon novdalar yon kurtaklardan o‘sib chiqadi (pazushnaya pochka). Qalamchalardan kurtaklar xosil bo‘ladi. Bunday kurtak
qo‘shimcha kurtaklar - ( pridatochnaya pochka) deyiladi. qo‘shimcha kurtaklarning hosil bo‘lishiga asosan qalamcha yoki parxish qilib ko‘paytiriladi. Parxish-otvodka. Kurtaklar 2 xil bo‘ladi. 1. vegetativ kurtak 2. generativ kurtak.
Vegetativ kurtakdan novda va barg xosil bo‘ladi. Generativ kurtakdan esa gullar ochiladi. Generativ kurtaklarning bandi qisqa o‘zi yirik bo‘ladi. Kurtaklarning tashqi tomonida qobiqqa o‘xshash qalin qattiq barglari bo‘ladi. Bu barglar kurtaklarning sovuqdan chirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Daraxtlar odatda kuzda kurtaklana boshlaydi. Baxorda o‘simliklar oldin barg chiqaradi, so‘ng gullaydi. Ba’zi o‘simliklar esa teskarisi. M: o‘rik, yong‘oq. Poya o‘simlikning shox -shabbalarini ko‘tarib turadi. Yerdan olingan tuz va mineral moddalarning barglarga beradi. Buni chiqish oqimi deyiladi. Barglar fotosintez protsessi orqali hosil bo‘lgan moddalar poya orqali ildizga tushadi, buni tushish oqimi deyiladi.
Poya yordamida o‘simliklar vegetativ ravishda ko‘payadi. Vegetativ ko‘payishga qalamcha, parxish kiradi. Poya o‘zining uchki qismi bilan yuqoriga qarab o‘sadi. Bir pallalik o‘simliklarning poyasi bo‘g‘inlari bilan ham o‘sadi. (bug‘doy, qamish, jo‘xori).Chunki bularning bo‘g‘inlarida meristema bor. Bunday o‘sishga inter-kolyar o‘sish deyiladi. O‘simliklarning poyasi o‘tli yeg‘ochlangan bo‘ladi. O‘tli o‘simliklar bir yillik, 2 yillik yeki ko‘p yillik bo‘lishi mumkin. 1 yillik o‘simliklar bir vegetatsion davrda ya’ni shu yilning o‘zida urug‘dan o‘sib chiqib shu yilning o‘zida urug‘ bo‘ladi. M: qovun, tarvuz, jo‘xori: 2 yillik o‘simliklar bir yillik urug‘dan o‘sib chiqib, ikkinchi yili urug‘ beradi. M:sabzi, lavlagi. Ko‘p yillik o‘simliklar bir necha yillar yashab xar yili urug‘ berishi mumkin. M:ajriq, beda, g‘umay, kartoshka, piyoz. Odatda bir yillik o‘tli o‘simliklar belgi bilan, ikki yillik bo‘lsa , ko‘p yillik h belgi qo‘yiladi. Daraxt va butalar h belgi qo‘yiladi. Daraxt va butalarning poyasi yeg‘ochlangan bo‘ladi. Daraxtlarning butalardan farqi daraxtlarda ildizdan bitta asosiy poya o‘sib chiqadi, bu asosiy poya shoxlanib, o‘sib turadi. Butalarda ildizdan bir nechta poya o‘sib chiqadi, ularning bo‘yi daraxtlardan past bo‘ladi. M: na’matak, saksavul, anor. Daraxtlarning bo‘yi baland bo‘lib, bir necha yil yashaydi, masalan: chinorning bo‘yi 30 m, oqterakning bo‘yi-40m, qarag‘ay bo‘yi 50m, mamont daraxti 140m, evkalip daraxtining bo‘yi 150m, xurmo daraxtini buyi 300m. Tropik mamlakatda o‘suvchi lianalarning bo‘yi 500 m bo‘ladi, yashash mudati: qarag‘ay 500 y, oqterak 600y,olcha-1200y. Kashtan daraxti 2000y, savri daraxti-3000y, mamunt daraxti 5000y. Ba’zi o‘tli o‘simliklar poyasi juda qisqa (bir necha sm) bo‘ladi. M: qoqio‘t poyasi. O‘tli o‘simliklarning poyasi silindrsimon,uch qirrali (kartoshka, kiyik o‘t); 4 qirrali (yalpiz, rayxon); ko‘p qirrali (nasha, valeriana). Poya o‘zakli yoki o‘zaksiz (ichi) bo‘lishi mumkin. M: Falladoshlar oilasiga, kovaksimonlar oilasiga va soyabon gullilar oilasiga kiruvchi o‘simliklarning poyasida o‘zak bo‘lmaydi. Poya yer ustida tikka o‘sadi. Shuning bilan bir qatorda poya yotib o‘sadi. (tarvuz, qovun). Ba’zi poyalar osilib o‘sadi (mosh, loviya). Ba’zi poyalar chirmashib o‘sadi. (pechak). Poya 4 xil yo‘lda shoxlanib o‘sadi.

Yüklə 20,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin