Zilzila, yer qimirlash



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə1/3
tarix08.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#109538
  1   2   3
zilzila Xb

Zilzilayer qimirlash — Yer poʻstida yoki mantiyaning yuqori qismida toʻsatdan siljish, sinish yoki oʻpirilish roʻy berishi oqibatida vujudga keladigan va toʻlqinsimon tebranishlar tarzida uzoqlarga tarqaladigan yer osti silkinishlari va tebranishlari. Sabablariga koʻra, tektonik, vulqoniy va oʻpirilish zilzilalariga boʻlinadi. Yer poʻstining xar xil chuqurligida tabiiy kuchlar taʼsirida sodir boʻladigan silkinishlar tektonik zilzilalar deyiladi. Ular yer qaʼridagi harakat va jarayonlarning mahsuli boʻlib, bu jarayonlarning kinetik quvvat tarzida birdan (1 min.da) sarflanishi oqibatidir. Vulqoniy va oʻpirilish zilzilalari tabiatda juda kam sodir boʻladi; ular kuchi jixatidan tektonik zilzilalarning eng kuchsizi bilan tenglashadi. Yer sharida sodir boʻladigan zilzilalar soni yil davomida bir necha yuz mingga yetishi mumkin. Shulardan aksariyat koʻpchilik qismi seysmograflargina sezadigan kuchsiz zilzilalar boʻlib, odamlar sezadiganlari bir necha mingga yetadi. Xalq xoʻjaligiga zarar yetkazadigan zilzilalar esa bir necha oʻndan bir necha yuztagacha boʻlishi mumkin. Bir yil davomida sodir boʻlgan hamma zilzilalar natijasida taxminan 0,510" J kinetik quvvat ajralib chiqadi.

Bu quvvat miqdori juda katta boʻlishiga qaramay, Yer qaʼrida sodir boʻladigan jarayonlardan ajralib chiqadigan umumiy quvvatning 0,5% inigina tashkil etadi. Zilzilalar yer sharining tektonik jihatdan eng faol boʻlgan togʻ tizmalari joylashgan hududlarda koʻproq boʻladi. Bu joylar geologik iborada yer yuzining belbogʻliYer sharining kuchli zilzilalar sodir boʻladigan mintaqalarini seysmik jihatdan faolligiga qarab ikkita asosiy hududga boʻlish mumkin; birinchisi, geografik kenglik yoʻnalishida Alp, Karpat, Kavkaz, Kopetdogʻ, Tyanshan, Pomir, Himolay, ikkinchisi, meridional yoʻnalishda — Tinch okeanining ikki qirgʻogʻi boʻyicha va qisman quruqlik mintaqasida joylashgan. Bunday seysmik faollashgan joylarga Janubiy Amerikadan Antarktidagacha, Yevropa va Osiyo qitʼasining shimoliy qismi, Markaziy va Gʻarbiy Afrika, Avstraliya va b. hududlar kiradi. Demak, Markaziy Osiyo uning seysmik jihatdan faol boʻlgan Kopetdogʻ, Tyanshan, Pomir togʻlari tufayli seysmik faol mintaqaga kiradi (mintaqali) buzilish joylari deb yuritiladi.

  • Bu quvvat miqdori juda katta boʻlishiga qaramay, Yer qaʼrida sodir boʻladigan jarayonlardan ajralib chiqadigan umumiy quvvatning 0,5% inigina tashkil etadi. Zilzilalar yer sharining tektonik jihatdan eng faol boʻlgan togʻ tizmalari joylashgan hududlarda koʻproq boʻladi. Bu joylar geologik iborada yer yuzining belbogʻliYer sharining kuchli zilzilalar sodir boʻladigan mintaqalarini seysmik jihatdan faolligiga qarab ikkita asosiy hududga boʻlish mumkin; birinchisi, geografik kenglik yoʻnalishida Alp, Karpat, Kavkaz, Kopetdogʻ, Tyanshan, Pomir, Himolay, ikkinchisi, meridional yoʻnalishda — Tinch okeanining ikki qirgʻogʻi boʻyicha va qisman quruqlik mintaqasida joylashgan. Bunday seysmik faollashgan joylarga Janubiy Amerikadan Antarktidagacha, Yevropa va Osiyo qitʼasining shimoliy qismi, Markaziy va Gʻarbiy Afrika, Avstraliya va b. hududlar kiradi. Demak, Markaziy Osiyo uning seysmik jihatdan faol boʻlgan Kopetdogʻ, Tyanshan, Pomir togʻlari tufayli seysmik faol mintaqaga kiradi (mintaqali) buzilish joylari deb yuritiladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin