Mavzu: zardushтiylik dini reja



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix21.01.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#79923
  1   2   3   4
Sharopova Guli Mavzu Zardushtiylik dini



Mavzu: 
ZARDUShТIYLIK DINI
REJA:
1. Zardushtiylik dinining vujudga kelishi.
2. Zardushtiylik dinining ta’limoti.
3. Avesto va uning tarkibiy qismlari.


Zardushtiylik dini dunyodagi eng
qadimgi va eng birinchi vahdoniyat –
yakka xudolik dinidir. Bu dinning Vatani
Хorazm ekanligini ko’p olimlar ta’kidlab
o’tkanlar.
Shunday
ekan,
ma’naviy
merosimizning ulkan ildizini tashkil
qiluvchi bu ta’limot haqida to’liq
ma’lumot berishimiz kerak.


Zardushtiylik mil. av. II-I ming yilliklarda Markaziy Osiyoda
vujudga kelgan dindir. Zardushtiylik vahiy orqali e’lon qilingan
jahon dinlarining eng qadimiysidir. U insoniyatga boshqa barcha
dinlarga nisbatan bevosita va bilvosita eng ko’p ta’sir o’tkazgan
dindir. Insoniyat tarixida har bir kishi ustidan ilohiy hukm amalga
oshirilishi, jannat va jahannam, qiyomat-qoyim, unda tanalarning
qayta tirilishi, tana va ruh qayta birlashib mangu yashashi haqida
birinchi bor shu din doirasida fikr yuritilgan. Keyingi asrlarda bu
g’oyalar yahudiylik, xristianlik va boshqa dinlar tarafidan
o’zlashtirildi. Aytib o’tish joizki, ushbu din paydo bo’lgan davr va
uning vatani – hali fanda oxirigacha to’liq yechilgan masala emas.
Zardushtiylik dini payg’ambar Zardusht nomiga nisbat berilib,
shartli ravishda shunday atab kelinadi. Aslida esa u mazkur
dinning muqaddas kitobi hisoblanmish Avestoda «Mazdayasna»
dini deb atalgan. Bu so’zni «Mazdaga sig’inmoq» deb tarjima qilish
mumkin. «Mazda» so’zi «donish, donishmand, oqil» kabi talqin
etiladi.


Zardusht nomi tadqiqotlarda Zaratushtra, Zardust, 
Zoroastr ko’rinishlarida ham ishlatiladi. 
Тadqiqotchilar o’rtasida Zardushtning tarixda bo’lgan 
yoki bo’lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud. 
Ba’zilar uni tarixiy shaxs deb bilsalar, boshqalar 
afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar. Manbalarning 
xabar berishicha, u taxminan mil. av. 1200-570 yillar 
orasida yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. 
Ingliz tadqiqotchi M. Boys ta’kidlashicha, u mil. av. 
1500-1200 yillar orasida yashagan. Zardusht 
Markaziy Osiyo hududida mavjud bo’lgan 
ko’pxudolikka negizlangan qadimiy diniy tasavvur va 
e’tiqodlarni isloh qilib, yangi dinga asos soldi.


Zardushtning tug’ilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan 
joyi xususida ikki xil qarash mavjud
Birinchisi – «G’arb nazariyasi» bo’lib, unga ko’ra Midiya (hozirgi Eron hududida) 
Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu fikr 
tarafdorlarining dalili shuki, birinchidan, zardushtiylikning qadimiy Eron hududlarida 
keng tarqalganligi bo’lsa, ikkinchidan, zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish 
Avestoga keyin yozilgan sharhlarning qadimiy eron-pahlaviy tilida bo’lganligidir. 
E’tibordan chiqarmaslik kerakki, zardushtiylik uch buyuk Eron imperiyasi – Ahamoniylar, 
Arshakiylar va Sosoniylar davrlarida, ya’ni mil. av. VI asrdan to mil. VII asrigacha 
ketma-ket aynan Yaqin va O’rta Sharqda davlat dini maqomida bo’lgan.
Ikkinchisi, «Sharq nazariyasi» bo’lib, unga ko’ra, Zardusht vatani va zardushtiylikning ilk 
tarqalgan joyi Хorazm hisoblanadi. Ko’pchilik manbashunoslar ikkinchi nazariya 
tarafdorlaridirlar. Хorazm zardushtiylikning muqaddas olovi Ozarxurra birinchi bor 
yoqilgan va eng buyuk xudo – Axura-Mazdaning Zardusht bilan bog’langan joyi 
hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy manbasi Avestoda: «Birinchi bor muqaddas olov –
«Ozarxurra» «Airyanem-Vaeja» (ba’zi manbalarda – «Eran-vej»)da yoqildi», deyiladi.


«Airyanem-Vaeja»ning geografik va iqlimiy tavsifi 
Хorazmnikiga to’g’ri keladi. Avestoda Axura-
Mazda tomonidan yaratilgan «Barakot va najot» 
sohibi bo’lgan bir qator mamlakatlar zikr etiladi va 
ularning eng birinchisi, «dunyoda hech narsa 
chiroyiga teng kela olmas Airyanem-Vaeja», keyin 
esa «odamlar va chorva podalariga mo’l» Sug’d 
(So’g’d), «qudratli va muqaddas» Mouru (Marv), 
«baland ko’tarilgan bayroqlar mamlakati» Baxdi 
(Baqtriya) zikr etiladi.



Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin