Prezident maktabi muammoni hal qilish(logika) (1-24) Tanqidiy fikrlash (1-16) Axborotni taxlil qiling va 1-10 gacha testni bajaring



Yüklə 0,85 Mb.
tarix01.02.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#82091
fevral olimpiada


Prezident maktabi muammoni hal qilish(logika) (1-24)

Tanqidiy fikrlash (1-16)
Axborotni taxlil qiling va 1-10 gacha testni bajaring

11. Tolib: ,, Maktabimizda shaxmat va rassomchilik to'garaklari bor. Sinfimizda 20 nafar o'quvchi bor. Barcha o'quvchilar to'garakka qatnashishadi. Ulardan 12 nafari shaxmat to'garagiga qatnashadi."
Botir: ,,Demak, rassomchilikka faqat 8 nafar o'quvchi borar ekan."
Botirning gapi xato bo'lsa, bu qanday xatolik bo'lishi mumkin.
A) Ba'zilar maktabdan tashqaridagi to'garaklarga ham qatnashadi.
B) Maktabdagi boshqa sinf o'quvchilari qaysi to'garakka borishi aytilmagan.
C) Tolibning sinfidagi ba'zi o'quvchilar ikkala to'garakka ham qatnashadi.
D) To'garaklar nechta odamga mo'ljallanganligi aytilmagan.
12. Onaxon: ,, Qadimgi Rim faylasufi Elder kamalak quyosh pasayganda kattalashadi degan."
Vohid: ,, Unga ishonma. U boshi yo'q, ko'zi yelkalarida bo'lgan odamlar haqida ham yozgan. Bu qip-qizil yolg'onku!".
Agar Elder kamalak haqida to'g'ri gapirgan bo'lsa, Vohidning e'tirozida qanday xatolik kuzatilgan?
A) U onaxonni yaxshi tushunmagan.
B) Elder davrida shunday odamlar haqida boshqa hech kim yozmagan.
C) Vohid jahl bilan gapirgan.
D) U Elderning bitta yolg'on gapidan uning hamma gapini yolg'onga chiqaryapti.
13. 1-maktabda deyarli 1500 nafar o'quvchi semiz. Lekin 1200 nafar o'quvchi maktabda tashkil qilinadigan sport to'garaklariga qatnashadi. Demak, maktabning sport to'garaklari yetarlicha samarali emas ekan.
Yuqoridagi fikrlashda qanday xatolik bor?
A) Har bir sport mashg'ulotining o'z samarasi hisoblab chiqilmagan.
B) 1-maktab sport to'garaklari boshqalar bilan solishtirilmagan.
C) Maktabdagi semiz o'quvchilar sport to'garagiga qatnashmaydi.
D) Maktab oshxonasida qanday ovqat sotilishi kelishib olingan.
14. Kubada yiliga 10 million quti sigaret chekiladi.
🗣Hose: ,, Agar har bir qutiga 1 dollar qo'shimcha soliq solinsa, davlat g'aznasiga 10 million dollor daromad kelar edi."
Hosening gapidagi xatolikni ko'rsating.
A) Soliqlarni hamma o'z vaqtida to'laydi.
B) Sigaret qimmatlasa, chekish keskin kamayadi.
C) Sigaret Kubaga chetdan ham olib kelinadi.
D) Kubada erkaklar ayollardan ko'proq chekadi.
15. Davron: ,, Yaqindagi so'rovnomaga ko'ra, ko'pchilik oshxona jihozlarini erkaklar sotib olishi ma'lum bo'ldi. Aslida, erkaklar oshxonada ko'proq vaqt o'tkazar ekan-ku."
Davronning gapidagi xatolikni ko'rsating.
A) Erkaklar taomni ayollarga qaraganda ko'proq yaxshi ko'rishadi.
B) Davron so'rovnoma qayerda o'tkazilganini aytmagan.
C) Erkaklar oshxona jihozlarini ayollar uchun sotib olishadi.
D) Davron qaysi oshxona jihozlari sotib olinganligini ko'rsatib o'tmagan.
16. Farhodda dunyodagi xoxlagan shaharni qidirib topish mumkin bo'lgan xarita bor.
🗣 Farhod: ,, Agar menga bitta shaharning nomini aytsang, uning qaysi davlatda ekanligini aytishingiz shart emas. Men uni darhol xaritadan topib olaman."
Quyidagi qaysi biri Farhodning gapi xato ekanligini ko'rsatadi?
A) Ba'zi shaharlarning nomlari o'zi joylashgan davlat nomlari bilan bir xil.
B) Ba'zi shaharlarning nomlari bir xil.
C) Ba'zi davlatlarda birorta ham shaharlar yo'q.
D) Ba'zi shaharlar nomlari o'zgargan.
Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin