Qadimgi hind tilshunosligi. Qadimgi Hindiston jahon tilshunosligi tarixida tilshunoslik fanining beshigi, markazi sifatida tan olinadi va umum tomonidan e`tirof etiladi. Bu-mutlaq haqiqat. Chunki til masalalariga bo`lgan qiziqish, tilga oid hodisalar bilan jiddiy va puxta shug`ullanish ilk bor Hindistonda - hind olimlari, filologlari tomonidan boshlab berildi. Ayni jarayonning boshlanishi dastavval sof amaliy ahamiyatga ega bo`ldi. Aniqrog`i, 15 asr ilgari yozilgan qadimgi hind adabiy tili yozuvida - sanskritda yaratilgan qadimgi hindlarning diniy madhiyalari - Vedalar tili davrlar o`tishi bilan mamlakat aholisining so`zlashuv tilidan (prakritdan) farqlanib qola boshladi. Ya`ni qadimgi yozma yodgorliklar tili (yozma nutq) bilan so`zlashuv tili (jonli nutq) orasida ajralish, nomoslik, «ziddiyat» yuzaga keldi. Ushbu ziddiyatni, farqlanishni yo`qotish uchun hind olimlari qadimiy yozma yodgorliklar tilini o`rganishga, tadqiq qilishga, ularni ommaviylashtirishga jiddiy kirishdilar. Ular qadimgi Hindistonda alohida e`tiborga, hurmatga sazovor bo`lgan Vedalardagi ma`nosi tushunarli bo`lmagan so`zlarni aniqlab, ularning ma`nosini izohladilar, sharhladilar. Vedalar tiliga oid maxsus izohli lug`atlar tuzdilar, matnni fonetik va grammatik jihatdan tahlil qildilar. Xullas, Vedalar tilidagi so`z va jumlalar ma`nosini, ularning aniq talaffuzini, shaklini saqlab qolishga bo`lgan qat`iy intilish qadimgi Hindistonda tilshunoslikning yuzaga kelishiga asosiy sabab bo`ldi.
Qadimgi yunon tilshunosligi.
Qadimgi yunon tilshunosligi.
Qadimgi Yunoniston Ovrupo tilshunosligi fanining markazi hisoblanadi.
Faylasuflar va shoirlar vatani bo`lgan qadimgi Yunonistonda til masalalari dastavval faylasuflar tomo-nidan o`rganilgan.
Yunon faylasuflari til masalalarini o`rganish jarayonida tadqiqot muammolarini, yo`nalishlarini ham belgilab oladilarki, bu yo`nalishlar umumiy, nazariy, lisoniy - falsafiy muammolar sifatida namoyon bo`ladi.
Qadimgi Yunonistonda tilshunoslik yunon falsafasining etakchi qismi sifatida yuzaga keladi va bu sohada juda katta, salmoqli ishlar qilinadi.
Qadimgi Yunonistonda ham qadimgi Hindistondagidek matnlarni o`rganish, so`zlarni tahlil qilish, ularga izoh berish, mohiyatini ochish kabi masalalar fonetika, grammatika va leksika sohalari bilan jiddiy shug`ullanishga, shu yo`na-lishlarda muhim tadqiqot ishlarini olib borishga sabab bo`ldi.
Yunon tilshunosligining taraqqiyoti ikki davrga bo`linadi:
Falsafiy davr.
Grammatik davr.
Tilshunoslikning falsafiy davrida qadimgi yunon fay-lasuflari Anaksimen, Prodik, Protagor, Platon, Aristotellar til masalalariga oid asarlar yaratganlar va hozirgi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotmagan asosli fikrlarni bayon qilganlar.
Tilshunoslikning falsafiy davrida qadimgi yunon fay-lasuflari Anaksimen, Prodik, Protagor, Platon, Aristotellar til masalalariga oid asarlar yaratganlar va hozirgi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotmagan asosli fikrlarni bayon qilganlar.
U «Riktorika» asari bilan stilistika fanining asosini yaratdi.
Prodik (bizning eramizgacha bo`lgan V asr).
Prodik sinonimika masalalarini ishlab chiqdi. U ma`no jihatdan har bir ma`nodosh so`zning o`ziga xos xususiyatlari-ni, ma`no ottenkalarini, qirralarini farqlashga o`rgatdi.
Protagor (bizning eramizgacha bo`lgan 480-410 y).
Protagor otlarning rodlarini (jinsini), fe`l zamon-larini va gaplarning turlarini farqladi.
Shuningdek, ayni davr faylasuflari ot va fe`llarni farqlab, gapning ot bilan fe`lning bog`lanishidan hosil bo`lishini ta`kidladilar.
Platon (bizning eramizgacha bo`lgan 427-347 y).
O`z davrining dastlabki yirik faylasufi Platon etimologika fanining asoschisi sifatida e`tirof qilinadi. U mantiqli nutqda ikki turdagi so`zlarni: otlarni va fe`llarni farqladi. Gapda ega vazifasida kelgan so`zni ot deb, kesim vazifasida kelgan so`zni fe`l deb, atadi. Fe`lning ot haqida nima tasdiqlanishini anglatadigan so`z ekanligini qayd etdi.
Aristotel (bizning eramizgacha bo`lgan 348-322 y).
O`z davrining ikkinchi buyuk qomusiy olimi - faylasufi Aristotel tilga oid masalalarni mantiq bilan bog`liq holda o`rgandi va u birinchi bo`lib, grammatikani mantiqdan ajratdi.
Aristotel` ham, Platon kabi, ot - egani va fe’l - kesimni tan oldi. Bu guruhga qo`shimcha ko`makchi so`zlarni-bog`lov-chilarni ham kiritdi. Ya’ni so`zlarni uch turkumga: ot, fe’l, bog`lovchi hamda yuklama kabilarga bo`ldi. Ot va fe`llarni mustaqil ma`noga ega so`zlar sifatida, bog`lovchi, yuklamani esa faqat grammatik vazifa bajaruvchi so`z sifatida qayd etdi.