Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari



Yüklə 287 Kb.
səhifə1/6
tarix22.06.2023
ölçüsü287 Kb.
#134173
  1   2   3   4   5   6
Bola psixik rivojlanishining ijtimoiy va biologik omillari


Mavzu: Bola psixik rivojlanishining ijtimoiy va biologik omillari

Reja:

  1. Bola psixik taraqqiyoti haqida tushuncha.

  2. Bola psixik taraqqiyotida biologik va ijtimoiy omillar.

  3. Psixik taraqqiyot, yosh bosqichlari va yosh inqirozlari.


KIRISH
Bolaning o‘sishi, uning psixikasi va ongining taraqqiyoti jamiyat a’zosi sifatida voyaga yetishida taraqqiyot qanday qilib yuzaga keladi? degan savolni hal qilish muhim masaladir.
O‘sish - miqdoriy jihatdan ulg‘ayish, demakdir. Taraqqiyot-sifat jihatdan o‘zgarish demakdir. Bolaning psixik taraqqiyoti ham qarama-qarshiliklar kurashi asosida yuz beradi. Bu qarama-qarshiliklar:
Bolaning shu choqqacha erishgan darajasi, imkoniyatlari bilan yangi extiyojlar o‘rtasida tug‘iladigan qarama-qarshiliklar. YA’ni bolalarning extiyojlari tez ortib boradi. Lekin bu ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari juda sekinlik bilan yuzaga keladi.
Bolaning eski xulq-atvori formalari bilan yangi xatti-harakatlari, yangi tashabbuslari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar. Masalan: yosh bolaning asosiy faoliyati kattalarga taqlid qilishdir. Taqlidiy harakatlarda mustaqillik, tashabbuskorlik bo‘lmaydi. Bola o‘sib ulg‘aygan sari uning tajribasi, mustaqilligi, tashabbusi orta boradi. Masalan: mustaqil yurish, ba’zi ishlarni bajarish.
3.Bola hayotining mazmuni bilan uning formasi o‘rtasida vujudga keladigan qarama-qarshiliklar. Odatda hayotning mazmuni uning formasidan biroz oldinroq vujudga keladi. Masalan: bola bog‘chaga qatnay boshlashdan oldin oiladagi hayotga o‘rganib qoladi. Bog‘chada esa yangicha hayotning boshqacha talablari va qoidalariga duch keladi.
Demak, bolaning psixik taraqqiyoti juda murakkab jarayondir. Lekin bu taraqqiyot qanchalik murakkab bo‘lmasin uning qonuniyatlari fanga ayondir. Bolaning psixik taraqqiyoti ijtimoiy hayot bilan bog‘liq bo‘lgan aniq shartsharoitning ta’siri tufayli yuz beradi.
Bola yashaydigan muhit o‘zgarmas narsa emas, balki u kishilarning faol faoliyati natijasida o‘zgara boradi. Har bir inson va bolaning ongi o‘zgarib boruvchi muhit ta’siri ostida o‘sadi. Ammo muhit bolaning o‘sishi uchun qulay va noqulay bo‘lishi mumkin. Qulay muhit kishining «mudroq» qobiliyatlarini ulg‘aytiradi. Noqulay ijtimoiy muhitda tug‘ma qobiliyatlar «mudroq» bosgan holda qolaveradi. Bunday muhit, hatto tasodifan namoyon bo‘lgan iste’dod va qobiliyatlarni ham nobud qiladi.
Masalan: 1920 yillarda doktor Sang Hindistonda Kalkuttaning janubi- g‘arbidan 2 qizni bo‘rilar orasidan topadi. Qizlardan biri Amola 2 yosh, 1 oydan keyin vafot etgan, ikkinchisi Kamola 7-8 yosh 17 yoshgacha yashagan, 45ta so‘zni o‘rgangan.
Organizmning o‘sishi, nerv sistemasining shakllanishi psixik hayotning shakl va mazmuni uchun imkoniyatlar yaratib beradi. Bu imkoniyatlarning ruyobga chiqishi kishining ijtimoiy muhitda yashashi va taraqqiy etib borishiga bog‘liqdir. Demak, inson biologik mavjudot sifatida emas, balki ijtimoiy mavjudot sifatida taraqqiy qiladi.
Demak, insonni inson qiladigan uning butun fazilatlarini yuzaga keltiradigan omil tashqi ijtimoiy muhitning ta’siridir.
Bolalar psixologiyasi bolani har tomonlama rivojlanishida ta’lim-tarbiyani asosiy harakatlantiruvchi kuch deb ta’kidlaydi, chunki jamiyatning bolalar ongiga ongli ta’sir etishi ta’lim-tarbiya orqali amalga oshiriladi. Yosh psixologiyasida psixik taraqqiyot bilan ta’lim-tarbiya o‘rtasidagi munosabat masalasi muhim masaladir. Bu masalani olimlar turli nazariyalar bo‘yicha talqin qiladilar:
1) Birinchi nazariya tarafdorlari ijtimoiy ta’lim-tarbiya bilan bola psixik taraqqiyoti o‘rtasida hech qanday munosabat yo‘q, psixik taraqqiyot o‘z yo‘liga, ijtimoiy ta’lim-tarbiya o‘z yo‘liga bo‘ladi degan fikrni olg‘a suradi. 2) Ikkinchi xil nazariya namoyondalari psixik taraqqiyot bilan ijtimoiy ta’lim-tarbiya orasida hech qanday farq yo‘q degan fikrni bildiradilar.
3) Uchinchi xil nazariya namoyondalari ta’lim-tarbiya va psixik taraqqiyot boshqa-boshqa jarayonlar bo‘lsa ham, bir-biriga mos keladigan, ya’ni bir-biriga ta’sir o‘tkazadigan jarayonlardir degan fikrni ilgari suradilar.

Yüklə 287 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin