Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari


Bola psixik taraqqiyoti haqida tushuncha



Yüklə 287 Kb.
səhifə5/6
tarix22.06.2023
ölçüsü287 Kb.
#134173
1   2   3   4   5   6
Bola psixik rivojlanishining ijtimoiy va biologik omillari

Bola psixik taraqqiyoti haqida tushuncha
Bolaning o‗sishi, uning psixikasi va ongining taraqqiyoti jamiyat a‘zosi
sifatida voyaga yetishida taraqqiyot qanday qilib yuzaga keladi? degan savolni hal qilish muhim masaladir.
O‗sish - miqdoriy jihatdan ulg‗ayish, demakdir. Taraqqiyot-sifat jihatdan o‗zgarish demakdir. Bolaning psixik taraqqiyoti ham qarama-qarshiliklar kurashi asosida yuz beradi. Bu qarama-qarshiliklar:
Bolaning shu choqqacha erishgan darajasi, imkoniyatlari bilan yangi extiyojlar
o‗rtasida tug‗iladigan qarama-qarshiliklar. YA‘ni bolalarning extiyojlari tez ortib boradi. Lekin bu ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari juda sekinlik bilan yuzaga keladi.
Bolaning eski xulq-atvori formalari bilan yangi xatti-harakatlari, yangi tashabbuslari o‗rtasidagi qarama-qarshiliklar. Masalan: yosh bolaning asosiy faoliyati kattalarga taqlid qilishdir. Taqlidiy harakatlarda mustaqillik, tashabbuskorlik bo‗lmaydi. Bola o‗sib ulg‗aygan sari uning tajribasi, mustaqilligi, tashabbusi orta boradi. Masalan: mustaqil yurish, ba‘zi ishlarni bajarish.
3.Bola hayotining mazmuni bilan uning formasi o‗rtasida vujudga keladigan
qarama-qarshiliklar. Odatda hayotning mazmuni uning formasidan biroz oldinroq vujudga keladi. Masalan: bola bog‗chaga qatnay boshlashdan oldin oiladagi
hayotga o‗rganib qoladi. Bog‗chada esa yangicha hayotning boshqacha talablari va qoidalariga duch keladi.
Demak, bolaning psixik taraqqiyoti juda murakkab jarayondir. Lekin bu taraqqiyot qanchalik murakkab bo‗lmasin uning qonuniyatlari fanga ayondir.

aniq

Bolaning psixik taraqqiyoti ijtimoiy hayot bilan bog‗liq bo‗lgan



  • shartsharoitning ta‘siri tufayli yuz beradi.

  • Bola yashaydigan muhit o‗zgarmas narsa emas, balki u kishilarning faol faoliyati natijasida o‗zgara boradi. Har bir inson va bolaning ongi o‗zgarib

  • boruvchi muhit ta‘siri ostida o‗sadi. Ammo muhit bolaning o‗sishi uchun qulay va noqulay bo‗lishi mumkin. Qulay muhit kishining «mudroq» qobiliyatlarini ulg‗aytiradi. Noqulay ijtimoiy muhitda tug‗ma qobiliyatlar «mudroq» bosgan holda qolaveradi. Bunday muhit, hatto tasodifan namoyon bo‗lgan iste‘dod va qobiliyatlarni ham nobud qiladi.

  • Masalan: 1920 yillarda doktor Sang Hindistonda Kalkuttaning janubi- g‗arbidan 2 qizni bo‗rilar orasidan topadi. Qizlardan biri Amola 2 yosh, 1 oydan

keyin vafot etgan, ikkinchisi Kamola 7-8 yosh 17 yoshgacha yashagan, 45ta so‗zni o‗rgangan.


Organizmning o‗sishi, nerv sistemasining shakllanishi psixik hayotning shakl va mazmuni uchun imkoniyatlar yaratib beradi. Bu imkoniyatlarning ruyobga
chiqishi kishining ijtimoiy muhitda yashashi va taraqqiy etib borishiga bog‗liqdir. Demak, inson biologik mavjudot sifatida emas, balki ijtimoiy mavjudot sifatida taraqqiy qiladi.
Demak, insonni inson qiladigan uning butun fazilatlarini yuzaga keltiradigan omil tashqi ijtimoiy muhitning ta‘siridir.
Bolalar psixologiyasi bolani har tomonlama rivojlanishida ta‘lim-tarbiyani asosiy harakatlantiruvchi kuch deb ta‘kidlaydi, chunki jamiyatning bolalar ongiga ongli ta‘sir etishi ta‘lim-tarbiya orqali amalga oshiriladi. Yosh
psixologiyasida psixik taraqqiyot bilan ta‘lim-tarbiya o‗rtasidagi munosabat masalasi muhim masaladir. Bu masalani olimlar turli nazariyalar bo‗yicha talqin qiladilar:
1) Birinchi nazariya tarafdorlari ijtimoiy ta‘lim-tarbiya bilan bola psixik
taraqqiyoti o‗rtasida hech qanday munosabat yo‗q, psixik taraqqiyot o‗z yo‗liga, ijtimoiy ta‘lim-tarbiya o‗z yo‗liga bo‗ladi degan fikrni olg‗a suradi. 2) Ikkinchi xil nazariya namoyondalari psixik taraqqiyot bilan ijtimoiy ta‘lim-tarbiya orasida hech qanday farq yo‗q degan fikrni bildiradilar.
3) Uchinchi xil nazariya namoyondalari ta‘lim-tarbiya va psixik taraqqiyot boshqa-boshqa jarayonlar bo‗lsa ham, bir-biriga mos keladigan, ya‘ni bir-biriga ta‘sir o‗tkazadigan jarayonlardir degan fikrni ilgari suradilar.
Psixologlar jumladan L.S.Vigotskiyning fikricha ta‘lim jarayoni taraqqiyot jarayoniga mos kelmaydi, ta‘lim jarayoni taraqqiyotdan ilgarilab ketadi va bolalar psixikasining taraqqiy etishini o‗z orqasidan ergashtirib boradi. Unga eng yaqin istiqbol ochib beradi, deb ko‗rsatadi. Vigotskiyning fikricha taraqqiyotning 2 bosqichi bo‗lib, ya‘ni birinchisi, faol taraqqiyot bosqichi ( katta yoshli kishilar yordamisiz mustaqil harakat qila olish;). Ikkinchisi, eng yaqin taraqqiyot zonasi bosqichi (bolalarning katta yoshli kishilar yordami bilan qiladigan xatti- harakatlari) bor. Vigotskiy bolalarning psixik rivojlanishi, ayniqsa shu taraqqiyot jarayonida tezroq rivojlanadi deb ko‗rsatadi.
Taraqqiyotning bu ikki bosqichi bolaning hozirgi vaqtda qanday ekanligini, ya‘ni qanday bilim, malaka va ko‗nikmalarga, xarakter - sifatlarga
ega ekanligini va kelajakda bolaning qanday bilim, ko‗nikmalarga, xarakter sifatlarga ega bo‗la olishini hisobga olish imkonini beradi.
Ta’lim-tarbiya insonning kamolga yetishida yetakchi omildir, bular:
а) ta‘lim va tarbiya jarayonida, kishi organizmining o‗sishi va muhitning
stixiyali ta‘siri berolmaydigan narsalarni o‗rganib olishi mumkin, masalan: savod chiqarish.
b) Ta‘lim-tarbiya yordami bilan bolalarning ba‘zi tug‗ma kamchiliklarini ham yaxshi tomonga o‗zgartirishi mumkin.
v) Ta‘lim-tarbiya yordamida salbiy ta‘sir natijasida yuz bergan kamchiliklarni tugatish mumkin.
g) Ta‘lim va tarbiya o‗z oldiga maqsad va vazifalar qo‗yadi va komil inson tarbiyasini rivojlantirishni ko‗zlaydi.
d) ta‘lim jarayonida bola bilimlar, ko‗nikma va malakalar hosil qilibgina qolmay, o‗zi ham kamolga yetishib boradi, bilim darajasini ongli ravishda oshiradi.
Demak, ta‘lim-tarbiya tabiiy qobiliyatlarni rivojlantirishning, bolalarni komil inson qilib tarbiyalashning muhim omilidir.
Ma‘lumki, bola psixikasi o‗yin, o‗qish o‗rganish, mehnat va turli ijtimoiy
faoliyat jarayonlarida taraqqiy qiladi. Faoliyatning bu turlari bolaning o‗sishi va yosh xususiyatlariga mos ravishda o‗zgarib biri ikkinchisi bilan almashinib turadi.
Masalan: maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o‗yindir. Chunki, o‗yin bola tabiatining asosiy xususiyati hisoblanadi. Bola o‗yin orqali atrofdagi hayotni va kishilar o‗rtasidagi turli munosabatlarni bila boshlaydi.
Bolaning ulg‗ayishi bilan uning o‗yin faoliyati o‗qish faoliyati bilan almasha boshlaydi. Lekin maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning o‗qisho‗rganishi hali-hali tizimli xarakterda bo‗lmaydi, balki o‗qish faqat maktabdagi faoliyatning asosiy turiga aylanadi. O‗qish faoliyati bolani shaxsiy sifatlarini tarkib toptirishda, malaka, odat, ko‗nikma, bilimlar hosil qilishda katta rol o‗ynaydi. Lekin bola shaxsining tarkib topishiga o‗yin, o‗qish va o‗rganish qancha ta‘sir qilmasin, kishi shaxsi mehnatda takomillashadi va to‗la- to‗kis tarkib topadi.
Umuman bolalar psixologiyasi taraqqiyot omillarini har tomonlama hisobga oladi va tarbiyani taraqqiyotning qudratli omili deb hisoblaydi.
Bola shaxsini rivojlanishida jamoaning roli ahamiyatlidir. Chunki bolalar jamoada, jamoa ta‘sirida madaniy va axloqiy jihatdan, shuningdek psixologik jihatdan tarbiyalanadilar.
Bunda bolalarda bir - biriga mexribonlik, o‗zaro yordam, faqat o‗zi
to‗g‗risidagina emas, balki boshqalar to‗g‗risida ham o‗ylash, jamoa manfaatlarini o‗z manfaatlaridan yuqori qo‗yish kabi fazilatlar tarkib topadi. Jamoada turli yoshdagi bolalarning do‗stlik va o‗rtoqlik tuyg‗ulari rivojlanadi.
Shaxs faqat jamoa tufayligina o‗zini o‗stiradigan vositalarga va barcha
imkoniyatlarga ega bo‗la oladi. Har bir odamning psixik taraqqiyoti turli psixik jihatdan normal, ba‘zi birlari psixik taraqqiyotida akseleratsiya, ya‘ni rivojlanishning tezlashuvi bo‗lishi mumkin. Ba‘zi birlar psixik jihatdan normal,
ba‘zi birlari esa psixik jihatdan notekis rivojlanishi mumkin. Bolalarning psixik jihatdan notekis rivojlanishiga quyidagilar, ya‘ni:

  • noqulay muxit (Amola, Kamola) yoki jamiyatdagi turli notinchliklar, masalan urush (II jahon urushi), 6,7 yoshli bolalarning o‗sishiga, 12,13 yoshli qiz bolalar

va 13, 14 yoshli o‗g‗il bolalar o‗sishining har xilligi;



  • ta‘lim-tarbiyaning noto‗g‗ri yo‗lga qo‗yilganligi;

  • voyaga yetayotgan shaxs faoliyatining noto‗g‗ri tashkil qilinishi;

  • asab ish faoliyatining buzilishi va haddan tashqari kasalliklarga ko‗p chalinaverish;

  • yosh xususiyatlarni hisobga olmaslik (ta‘lim va tarbiya jarayonida);

  • sharoit (maktabdan, uydan va bog‗chadan borgan bolalarning rivojlanishi) kabilar sabab bo‗lishi mumkin.
    1. Shuningdek, qattiq ta‘sirlanish natijasida uzoq muddatga uyquga ketish hollari psixik rivojlanishni tekis rivojlanishiga va ba‘zan vaqtincha to‗xtab qolishiga sabab bo‗lishi mumkin.


      Ma‘lumki, bolaning aql idroki, fe‘l - atvori, voqelikka munosabati, psixik va
      jismoniy o‗sish xususiyatlari, uni taraqqiyoti bilan bog‗liq ravishda o‗zgarib turadi. Bu o‗zgarish uning faoliyati va hayot kechirishidagina emas, balki yoshiga ham bog‗liqdir. Masalan: 1 yoshli bola bilan 3 yoshli bola, 7 yoshli bilan 15 yoshli bola orasidagi farq yaqqol ko‗zga tashlanadi. Bu farq bolani jismoniy xususiyatlari bilan emas, balki psixologik xususiyatlari bilan ham bog‗liqdir. O‗sib, ulg‗ayish bolaning jismoniy taraqqiyoti bilan bog‗liq bo‗lsa, sifat o‗zgarishlari, bolaning psixik taraqqiyoti bilan bog‗liqdir. Bolada yuz beradigan sifat o‗zgarishlari birdaniga sodir bo‗lmay, asta-sekin yuzaga keladi. Bolalarni
      turli yosh davrlarga
      ajratishda ularning taraqqiyotida yuz beradigan sifat
      o‗zgarishlari, ya‘ni ularning psixik taraqqiyoti jihatidan yangi bosqichga ko‗tarilishi asos qilib olinadi.
      Bola psixik taraqqiyotida biologik va ijtimoiy omillar
      Dunyoga kelayotgan chaqaloqning gavda tuzilishi unda tik yurish uchun imkoniyatning mavjudligini taqozo etsa, miyasining tuzilishi aqli-hushining
      rivojlanishi uchun imkoniyat tug‗diradi, qo‗llarining shakl-shamoyili mehnat qurollaridan foydalanish istiqbolining mavjudligini ko‗rsatadi va hokazo.
      Bular bilan chaqaloq o‗z imkoniyatlari yig‗indisiga binoan odam har qanday holatda ham bu xildagi fazilatlar yig‗indisining sohibiga aylana olmaydigan hayvon bolasidan farq qiladi. Shunday qilib, yuqorida aytilganlar orqali chaqaloqning inson zotiga mansubligi tasdiqlanadi va bu fakt individ
      tushunchasida qayd etiladi (bundan farqli o‗laroq, hayvon bolasi dunyoga kelishi bilanoq va hayotining oxiriga qadar jonzot deb yuritiladi).
      «Individ» tushunchasida kishining nasl - nasabi ham mujassamlashgandir. Yangi tug‗ilgan chaqaloqni ham, katta yoshdagi odamni ham, mutafakkirni ham,
      aqli zaif ovsarni ham, yovvoyilik bosqichidagi qabilaning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash mumkin.
      Individ sifatida dunyoga kelgan kishi alohida ijtimoiy fazilat kashf etadi, ya‘ni
      shaxs bo‗lib yetishadi. Individ hali bolaligidayoq tarixan tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar tizimiga jalb etiladi. U bu tizimni allaqachon tayyor holda uchratadi. Kishining jamiyatdagi bundan keyingi rivojlanishi munosabatlarning shu qadar chigalliklarini vujudga keltiradiki, bu hol uni shaxs sifatida shakllantiradi.
      Psixologiyada individ tomonidan amaliy faoliyat va munosabat jarayonida hosil qilinadigan hamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta‘sir o‗tkazish darajasi va sifatini belgilaydigan tizimli tarzdagi ijtimoiy fazilat shaxs tushunchasi bilan ifodalanadi.
      Shaxs bu - ma‘lum bir insonning psixobiologik va ijtimoiy-psixologik qobiliyatlarning uyg‗unligi hisoblanadi. Biz jamiyat, tarbiya, ta‘lim, muomala, o‗zaro ta‘sirlanish ta‘sirida shaxsga aylanamiz. Shaxs bo‗lmoq - bu har doim o‗z xulq - atvori ustida ishlash deganidir.
      Inson ongi bir qarashda yaxlit narsa, aslida u ayrim jarayonlardan iborat. Shuning uchun ham atrof muhitni, o‗zini bilishiga imkon beruvchi ongni o‗rganish uchun uni alohida psixik jarayonlarga bo‗lib o‗rgana boshlaganlar. Bu
      jarayonlar – sezgi, idrok, xotira, diqqat, tafakkur nutq va boshqalar. Bu jarayonlar bir-biri bilan bog‗liqki, birini ikkinchisiz tasavvur qilishning o‗zi qiyin.
      Shaxsning individual – tipologik xususiyatlari tasnifi. Dunyoda aynan bir- biriga o‗xshash bo‗lgan ikki kishini topish juda mushkul. Odam tashqi qiyofasi,
      bo‗y-basti bilan boshqa biror kimsaga o‗xshashi mumkin, lekin fe‘li, mijozi va shaxs sifatidagi xususiyatlari nuqtai nazaridan aynan bir xil insonlar bo‗lmaydi.
      Hattoki, olimlar bitta tuxumdan rivojlangan egizaklarda ham juda ko‗p jihatdan aynan o‗xshashlikni qayd qilishgan, shaxsiy sifatlaridagi korrelyatsion tahlilda esa
      ba‘zi tafovutlar aniqlangan.
      Shaxs - qaytarilmas, u o‗z sifatlari va borlig‗i bilan noyob. Ana shu qaytarilmaslik va noyoblik asosida uning individual psixologik xususiyatlari majmui yotadi. Shu o‗rinda biz yuqorida ta‘rif bergan shaxs tushunchasi bilan
      yonma-yon ishlatiladigan yana ikki tushunchaga izoh berishni o‗rinli deb hisoblaymiz. Bu ―individ‖ va ―individuallik‖ tushunchalari. ―Individ ― tushunchasi umuman ―odam‖ degan tushunchani to‗ldirib, uning ijtimoiy va biologik mavjudot sifatida mavjudligini tasdiqlaydi va uni, bir tomondan, boshqa odamlardan farqlovchi belgi va xususiyatlarini o‗z ichiga oladi, ikkinchi tomondan, o‗ziga va o‗ziga o‗xshashlarga xos bo‗lgan umumiy va xarakterli xususiyatlarni qamrab oladi. Demak, individ insonga aloqadorlik faktini tasdiqlovchi ilmiy toifadir.
      ―Individuallik‖— yuqoridagi ikkala tushunchaga nisbatan torroq tushuncha bo‗lib, u aniq odamni boshqa bir odamdan farqlovchi barcha o‗ziga xos xususiyatlar majmuini o‗z ichiga oladi. Shu nuqtai nazardan shaxs tizimini tahlil qiladigan bo‗lsak, shaxs individualligiga uning qobiliyatlari, temperamenti,
      xarakteri, irodaviy sifatlari, emotsiyalari, xulqiga xos motivatsiya va ijtimoiy ko‗rsatmalari kiradi.
      Shaxs strukturasi o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
      А) qobiliyatlar va ehtiyojlar;
      B) shaxs yo‗nalganligi, qiziqishlar;
      V) temperament va xarakter;
      G) irodaviy sifatlar.
      Shaxs ontogenezida quyidagicha shakllanadi:
      I bosqich - shaxsning asosiy stereotipi shakllanishi. Uch yoshga kelib, bolada
      o‗zi va borliq haqida tasavvur shakllanadi. 3-5 yoshda esa bolada ―Men‖ olmoshi ishlatiladi. 7 yoshga kelib, ―tanasi‖ haqida, o‗ng va chap tomonlar (tananing)
      haqida tasavvurlar shakllanadi; 7-11 yoshdan boshlab bola o‗z faoliyatini miyasida rejalashtira oladi.

    2. bosqich - shaxs stereotipi shakllanadi (15-16 yoshgacha). Individuallik ko‗proq yuzaga chiqadi. Abstrakt tushunchalardan keng foydalaniladi.

    3. bosqich - shaxsning ijtimoiy stereotipining shakllanishi (16-21 yosh) atrofdagi olam bilan insonning munosabatlarida anglanganlik hissi shakllanadi,
    4. o‗z-o‗zini anglash va yuqori darajali emotsiyalar (etik, estetik, intellektual) shakllanadi.


      Inson shaxsining psixik rivojlanishi va uning shakllanishi murakkab tadqiqot jarayonidir. Zero, uning o‗ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini asosli ilmiy bilish, bola shaxsiga pedagogik jixatdan ta‘sir ko‗rsatishning zarur shartidir.
    5. Biologik omillar haqida


      Inson - biosotsial mavjudotdir. Uning birligi, bir tomondan, kishining psixik,
      tug‗ma ravishda tashkil topgan xususiyatlari (masalan, ko‗rish yoki eshitish sezgilarining, shuningdek, oliy nerv tuzilishining o‗ziga xos xususiyatlari),
      ikkinchi tomondan esa faoliyatning ongli subyekti va ijtimoiy taraqqiyotning faol ishtirokchisi sifatida uning xulq-atvor (masalan, ahloqiy odatlar) xususiyatlarida namoyon bo‗ladi.
      Xo‗sh, odam psixikasi va xatti - harakatlarida namoyon bo‗ladigan bu
      xususiyatlarni nimalar sirasiga kiritish mumkin? Inson psixikasining tabiati biologikmi yoki inqilobiy xarakterga egami?
      Inson shaxsining tarkib topishi va psixik rivojlanishiga ta‘sir etuvchi omillarning muammosi o‗z mohiyati jihatidan g‗oyaviy xarakterga ega. Shu bois,
      bu masalani hal qilishda bir-biriga qarama-qarshi bo‗lgan turli oqimlar, yo‗nalishlar maydonga kelgan. Inson shaxsining tarkib topishini tushuntirishda maydonga kelgan birinchi oqim biogenetik konsepsiya nazariya bo‗lsa, ikkinchi oqim sotsiogenetik konsepsiyadir.
      Inson shaxsining tarkib topishini tushuntirishga intiluvchi biogenetik oqim XIX asrning ikkinchi yarmida maydonga kelgan.
      Bola psixik xususiyatlarining tug‗ma tabiati haqidagi ta‘limot shu vaqtga qadar aksariyat psixologiya maktablariniig asosini tashkil etib kelmoqda. Mazkur
      ta‘limot inson psixikasining barcha umumiy va individual xususiyatlari tabiat tomonidan belgilangan, uning biologik tuzilishiga tenglashtirilgandir, psixik rivojlanish esa, irsiy yo‗l bilan azaldan belgilanib, inson organizmiga
      joylashtirilgan shu xususiyatlarning maromiga yetilish jarayonidan iborat deb ta‘kidlaydi.
      Ma‘lumki, nasliy xususiyatlar tug‗ma yo‗l bilan nasldan naslga tayyor holda beriladi, biroq shunday bo‗lishiga qaramay, bu oqim namoyandalari inson shaxsi
      va uning barcha xususiyatlari «ichki qonunlar» asosida, ya‘ni nasliy xususiyatlar negizida maydonga keladigan narsa, ya‘ni biologik omillarga bog‗liqdir, deb ta‘kidlaydilar.
      Biogenetik ta‘limot, inson qobiliyatlarining rivojlanish darajasi (chunonchi,
      imkoniyatlarning chegarasi, uning eng yuksak nuqtasi) taqdir tomonidan belgilanib qo‗yilganligini, o‗quvchi imkoniyatlari va qobiliyatlarini maxsus testlar yordamida aniqlab, undan so‗ng ta‘lim jarayonini uning irsiyat tomonidan belgilangan taraqqiyot darajasiga moslashtirish, ularning aqliy iste‘dod
      darajalariga qarab turli mavqedagi maktablarda tahsil olishi zarur deya ta‘kidlashadi.
      Chunonchi, bu yo‗nalish tarafdorlaridan, amerikalik psixolog E. Torndayk shaxsning «tabiiy quchlari» va «tug‘ma mayllar» psixik rivojlanishning
      yetakchi omili qilib ko‗rsatib, muhitning, ta‘lim-tarbiyaning ta‘siri - ikkinchi darajalidir, deb aytadi.
      Avstraliyalik psixolog K.Myuller bolalarning faqat aqliy taraqqiyotigina emas, balki axloqiy rivojlanishi ham nasliy tomondan belgilangandir, deb
      ta‘kidlaydi.
      Amerikalik pedagog va psixolog Dj. Dyui - inson tabiatini o‗zgartirib bo‗lmaydi, odam irsiyat vositasida hosil qilgan ehtiyojlari va psixik xususiyatlari bilan tug‗iladi. Bu ehtiyojlar va psixik xususiyatlar tarbiya jarayonida namoyon
      bo‗lib, ba‘zida o‗zgarishi, tarbiyaning esa miqdorini belgilab beruvchi mezondir, deb hisoblaydi.
      Venalik vrach - psixolog Z. Freyd mazkur oqim namoyondasi sifatida shaxsning faolligini, uni harakatga keltiruvchi kuchlarni quyidagi tarzda
      tushuntirishga intiladi. Odam o‗zining avlodajdodlaridan nasliy yo‗l bilan o‗tgan
      qadimiy hayvon tariqasidagi instinktiv mayllarning namoyon
      bo‗lishi tufayli faoldir.
      Z.Freydning fikriga ko‗ra, instinktiv mayllar asosan jinsiy
      instinktlar shaklida namoyon bo‗ladi. Z.Freyd, shaxsning faolligini dastavval jinsiy mayllar bilan bog‗laydi. Biroq instinktiv mayllar jamiyatda xuddi hayvonot olamidagidek erkin namoyon bo‗lavermaydi. Jamiyatdagi jamoa hayoti odamni,
      undagi mavjud instinktiv mayllarni (ya‘ni, jinsiy mayllarni) juda ko‗p jihatdan cheklab qo‗yadi.
      Oqibatda odam o‗zining ko‗p instinktlari va mayllarini bosishga, tormozlashga majbur bo‗ladi. Uning ta‘limotiga ko‗ra, tormozlangan instinkt va
      mayllar yo‗qolib ketmaydi, balki bizga noma‘lum bo‗lgan ongsizlik darajasiga o‗tkazilib yuboriladi. Ongsizlik darajasidagi bunday instinktlar va mayllar har turli
      «komplekslar» birlashadilar, go‗yo inson shaxsi faolligining haqiqiy sababi ayni shu «komplekslar»ning namoyon bo‗lishidir.
      Z.Freydning ta‘limotidan, uning ochiqdan-ochiq biologizatorlik targ‗ibotchisi ekanligini, inson shaxsining faolligini jinsiy mayllardan iborat ekanligi haqidagi nazariyasi ilmiy asosga ega emasligini e‘tirof etish mumkin.
      Bunday ta‘limotlardan, xususan din homiylari keng foydalanib, insonning taqdiri ana shu ilmlar bilan chambarchas bog‗likdir, deb ta‘kidlashadi.
      Inson shaxsining tarkib topishini o‗rganish davomida yuzaga kelgan yana bir ta‘limot - sotsiogenetik konsepsiya qobiliyatlarning taraqqiyotini, faqat,
      tevarak - atrofdagi muhitning ta‘siri bilan tushuntiradi. Bu yo‗nalish o‗z zamonasi uchun ilg‗or hisoblangan XVIII asr fransuz olimi K. Gelvetsiy ta‘limotidan boshlangan.
      K. Gelvetsiyning ta‘limotiga ko‗ra, barcha odamlar aqliy va axloqiy
      rivojlanishi uchun tug‗ilishdanoq mutlaqo bir xil tabiiy imkoniyatga ega bo‗ladilar. Shuning uchun odamlarning psixik xususiyatlaridagi farq, faqatgina muhit va tarbiyaning turlicha ta‘sir qilishi bilan vujudga keladi, deb tushuntiriladi


    6. Inson shaxsining tarkib topishi va psixik rivojlanishining sharoitlari. Biologik va ijtimoiy omillar
      Psixik rivojlanish va bu o’zgarishlarga sabab bo’ladigan kuchlar o’rtasidagi munosabat qonunlarini o’rganish yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining muхim va dolzarb muammolaridan biridir.
      Inson shaxsining psixik rivojlanishi va uning shakllanishi murakkab tadqiqot jarayonidir. Zero, uning o’ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini asosli ilmiy bilish, o’quvchi shaxsiga pedagogik jiхatdan ta'sir ko’rsatishning zarur shartidir.
      Inson - biososial mavjudotdir. Uning birligi, bir tomondan, kishining psixik, tuхma ravishda tashkil topgan xususiyatlari (masalan, ko’rish yoki eshitish sezgilarining, shuningdek, oliy nerv tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari), ikkinchi tomondan esa faoliyatning ongli sub'ekti va ijtimoiy taraqqiyotning faol ishtirokchisi sifatida uning xulх-atvor (masalan, axloqiy odatlar) xususiyatlarida namoyon bo’ladi.
      Xo’sh, odam psixikasi va хatti-хarakatlarida namoyon bo’ladigan bu xususiyatlarni nimalar sirasiga kiritish mumkinх Inson psixikasining tabiati biologikmi yoki inkilobiy xarakterga egamiх
      Inson shaxsining tarkib topishi va psixik rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillarning muammosi o’z moхiyati jiхatidan g’oyaviy xarakterga ega. Shu bois, bu masalani хal qilishda bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan turli oqimlar, yo’nalishlar maydonga kelgan. Inson shaxsining tarkib topishini tushuntirishda maydonga kelgan birinchi oqim biogenetik konsepsiya, nazariya bo’lsa, ikkinchi oqim sosiogenetik konsepsiyadir. Inson shaxsining tarkib topishini tushuntirishga intiluvchi biogenetik oqim XIX asrning ikkinchi yarmida maydonga kelgan.
      Bola psixik xususiyatlarining tuхma tabiati xaqidagi ta'limot shu vaqtga хadar aksariyat psixologiya maktablarining asosini tashkil etib kelmoqda. Mazkur ta'limot inson psixikasining barcha umumiy va individual xususiyatlari tabiat tomonidan belgilangan, uning biologik tuzilishiga tenglashtirilgandir, psixik rivojlanish esa, irsiy yo’l bilan azaldan belgilanib, inson organizmiga joylashtirilgan shu xususiyatlarning maromiga yetilish jarayonidan iborat deb ta'kidlaydi. Ma'lumki, nasliy xususiyatlar tuхma yo’l bilan nasldan naslga tayyor хolda beriladi, biroq shunday bo’lishiga qaramay, bu oqim namoyandalari inson shaxsi va uning barcha xususiyatlari "ichki qonunlar" asosida, ya'ni nasliy xususiyatlar negizida maydonga keladigan narsa, biologik omillarga bog’liqdir, deb ta'kidlaydilar.
      Biogenetik ta'limot, inson хobiliyatlarining rivojlanish darajasi (chunonchi, imkoniyatlarning chegarasi, uning eng yuksak nuqtasi) taqdir tomonidan belgilanib qo’yilgsnligini, o’quvchi imkoniyatlari va хobiliyatlarini maxsus testlar yordamida


    7. aniqlab, undan so’ng ta'lim jarayonini uning irsiyat tomonidan belgilangan taraqqiyot darajasiga moslapggirish, ularning aqliy iste'dod darajalariga qarab turli mavхedagi maktablarda taхsil olishi zarur deb ta'kidlashadi.


    1. Chunonchi, bu yo’nalish tarafdorlaridan, amerikalik psixolog E.Torndayk o’quvchilarning "tabiiy kuchlari" va "tuхma mayllar" psixik rivojlanishning yetakchi omili qilib ko’rsatib, muхitning, ta'lim-tarbiyaning ta'siri - ikkinchi darajalidir, deb aytadi.
      Avstraliyalik psixolog K.Byuler bolalarning faqat aqliy taraqqiyotigina emas, balki axloqiy rivojlanishi хam nasliy tomondan belgilangandir, deb ta'kidlaydi.
      Amerikalik pedagog va psixolog Dj.Dyui - inson tabiatini o’zgartirib bo’lmaydi, odam irsiyat vositasida хosil хilgan eхtiyojlari va psixik xususiyatlari bilan tuqiladi. Bu eхtiyojlar va psixik xususiyatlar tarbiya jarayonida namoyon bo’lib, ba'zida o’zgarishi, tarbiyaning esa mikdorini belgilab beruvchi mezondir, deb хisoblaydi.
      Venalik vrach-psixolog Z.Freyd mazkur oqim namoyandasi sifatida shaxsning faolligini, uni хarakatga keltiruvchi kuchlarni quyidagi tarzda tushuntirishga intiladi.
      Odam o’zining хadimiy хayvon tariхasidagi avlod-ajdodlaridan nasliy yo’l bilan o’tgan instinktiv mayllarning namoyon bo’lishi tufayli faoldir. Z.Freydning fikriga ko’ra, instinktiv mayllar asosan jinsiy instinktlar shaklida namoyon bo’ladi. Z.Freyd, shaxsning faolligini dastavval jinsiy mayllar bilan boхlaydi. Biroq instinktiv mayllar jamiyatda xuddi хayvonot olamidagidek erkin namoyon bo’lavermaydi. Jamiyatdagi jamoa хayoti odamni, undagi mavjud instinktiv mayllarni (ya'ni, jinsiy mayllarni) juda ko’p jiхatdan cheklab хo’yadi. Oхibatda odam o’zining ko’p instinktlari va mayllarini bosishga, tormozlashga majbur bo’ladi. Uning ta'limotiga ko’ra, tormozlangan instinkt va mayllar yo’хolib ketmaydi, balki bizga noma'lum bo’lgan ongsizlik darajasiga o’tkazilib yuboriladi.
      Ongsizlik darajasidagi bunday instinktlar va mayllar хar turli "komplekslar" birlashadilar, go’yo inson shaxsi faolligining xaqiqiy sababi ayni shu "komplekslar"ning namoyon bo’lishidir.
      Z.Freydning ta'limotidan, uning ochiхdan--ochiх biologizatorlik tarхibotchisi ekanligini, inson shaxsining faolligini jinsiy mayllardan iborat ekanligi xaqidagi nazariyasi ilmiy asosga ega emasligini
      e'tirof etish mumkin.
      Bunday ta'limotlardan, xususan din хomiylari keng foydalanib, insonning taqdiri ana shu ilmlar bilan chambarchas bog’liqdir, deb ta'kidlashadi.
      Inson shaxsining tarkib topishini o’rganish davomida yuzaga kelgan yana bir ta'limot - sosiogenetik konsepsiya хobiliyatlarning taraqqiyotini, faqat, tevarak-atrofdagi muхitning ta'siri bilan tushuntiradi. Bu yo’nalish o’z zamonasi uchun ilхor хisoblangan XVIII asr fransuz olimi K.Gelvesiy ta'limotidan boshlangan. K.Gelvesiyning ta'limotiga ko’ra, barcha odamlar aqliy va axloqiy rivojlanishi uchun tuqilishdanoх mutlaqo bir xil tabiiy imkoniyatga ega bo’ladilar, Shuning uchun odamlarning psixik xususiyatlaridagi farq, faqatgina muхit va tarbiyaning turlicha ta'sir qilishi bilan vujudga keladi, deb tushuntiriladi. Bu nazariya odamlarning psixik, ruхiy, oхibatda ijtimoiy tengsizligi ularning tuхma xususiyatlari degan ta'limotga k;arshi хaratilgan edi. Bu nazariyaning xorijiy mamlakatlardagi хozirgi turli

    2. namoyandalari psixikaning rivojlanishida ijtimoiy muхitning g’oyat darajada muхim roli borligini e'tirof etadilar.
    3. Inson shaxsining tarkib topishini o’rganish davomida yuzaga kelgan sosiogenetik konsepsiya fanda eksperimentlarning rivojlanishi bilan bog’liqdir. Ma'lumki, XVII asrning oxiri va XVIII asrning boshlarida tabiiy fanlar jadal sur'atlar bilan rivojlana boshladi, o’sha paytda хammaning diqqat-e'tibori mo’'jizakor tajribaga хaratilgan edi. Bu хodisa inson shaxsining tarkib topishi masalasiga хam ta'sir хilmay хolmadi.


      Sosiogenetik konsepsiya namoyandalari insonning butun taraqqiyoti, shu jumladan, shaxsiy xususiyatlarning tarkib topishi, asosan, tajribaga bog’liqdir. Bu nazariyada shaxsda ro’y beradigan o’zgarishlarni jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish usullari, atrofidagi odamlar bilan o’zaro munosabat vositalari asosida tushuntiriladi, Bu ta'limotga ko’ra inson biologik tur sifatida tuqilib, хayotdagi ijtimoiy shart-sharoitlarning bevosita ta'siri ostida shaxsga aylanadi.
      Chunonchi, angliyalik olim Djon Lokk dunyoga kelgan yangi chaqaloq bolaning ruхini "top-toza taxtaga" o’xshatadi. Uning fikricha, bolaning " top-toza taxta" tarzidagi ruхiga nimalarni yozish mutlaqo katta odamlar ixtiyorlaridadir. Shuning uchun bolaning qanday odam bo’lib yetishishi, ya'ni unda qanday shaxsiy fazilatlarning tarkib topishi bola хayotdan oladigan tajribaga, o’zgalar bilan muloqot jarayonida oladigan хayotiy tushuncha va tasavvurlariga bog’liqdir, deb ta'kidlaydi. хar ikkala yo’nalishning namoyandalari, o’z manfaatlarining tashхi jiхatdan bir-biriga qarama-qarshi bo’lishiga qaramay, insonning psixik xususiyatlarini yo nasliy, biologik omillar ta'siri ostida, yoki o’zgarmas muхit ta'sirida avvaldan belgilangan va o’zgarmas narsa, deb e'tirof etadilar.
      Ma'lumki, odam shaxs sifatida muntazam, qandaydir faoliyatda tarkib topib boradi, rivojlanadi, uning faolligi namoyon buladi. Agarda хayvonlar tevarak-atrofdagi tashхi muхitga passiv moslashib, хayot faoliyatlarida tabiatdagi, ya'ni tashхi muхitdagi tayyor narsalardan foydalansalar, odam esa tevarak-atrofidagi tashхi muхitga faol ta'sir ko’rsatib, uni o’z irodasiga bo’ysundiradi хamda o’zgartirib, o’z eхtiyojlarini qondirishga xizmat хildiradi.
      Kuzatishlar jarayonida shu narsa ma'lum bo’ldi-ki, odamdagi tuхma, irsiy mexanizmlari uning psixik rivojlanishiga ta'sir ko’rsatadi-yu, biroq uning mazmunini хam, shaxsiy fazilatlarini хam belgilab bera olmaydi. Ta'kidlash zarurki, muхit хam bola psixikasida rivojlantirishda muayyan rol o’ynaydi. Faqat, buning uchun bolani o’хitayotgan kishilarning ta'siri natijasida bola ana shu muхitni faol ravishda o’rganib olishi, tabiiydir.

    4. Psixik taraqqiyot va ta'limning o’zaro munosabati
      Psixologiya fani zamonaviy ta'limotga asoslangan хolda inson shaxsining tarkib topishini asosan uchta omilning ta'siriga bog’liqligini dalillar asosida izoхlab beradi. Ulardan, birinchisi - inson tuqilib voyaga yetadigan tashхi ijtimoiy muхitning ta'siri;
    5. ikkinchisi - odamga uzoх muddat davomida muntazam tarzda beriladigan ta'lim-tarbiyaning ta'siri;


    6. uchinchisi - odamga tuхma ravishda, tayyor хolda beriladigan nasliy xususiyatlarning ta'siridir.



    7. Ma'lumki, хar bir odam o’ziga xos, boshqalarda aynan takrorlanmaydigan ijtimoiy muхitda, aniq ijtimoiy munosabatlarda, ya'ni oila, jamoa va jamiyatda, odamlar orasida yashab ulхayadi, shakllanadi.
    8. Bu ijtimoiy munosabatlarga odam jamiyat a'zosi sifatida, ma'lum sinfning, u yoki bu ijtimoiy guruхning namoyandasi sifatida va nig’oyat, tashkil qilinganlik va uyushхoхlik darajasi turlicha bo’lgan muayyan jamoalarning faol a'zosi sifatida хatnashadi.


      Shaxsning moхiyati o’z tabiati jiхatidan ijtimoiy xarakterga egadir. Shaxsdagi barcha psixik xususiyatlari, ijodiy faolligining rivojlanish manbalari uning tevarak-atrofidagi ijtimoiy muxitda, jamiyatdadir. Inson shaxsi sababiy bog’liqlikda bo’lib, uning ijtimoiy turmushi bilan belgilanadi.
      Mana shu ma'noda shaxsning taraqqiyoti odamlar bilan munosabatda yuzaga keladigan ijtimoiy tajribani egallash jarayonidan iboratdir. Buning natijasida
      insonning psixik xususiyatlari, axloqiy fazilatlari, xarakteri, irodaviy sifatlari, qiziqishlari, e'tiхod va dunyoqarashi tarkib topadi.
      Muхit, ma'lum maqsadga хaratilgan ta'lim va tarbiya, azaldan berilgan, genetik jiхatdan хatiy belgilangan nimanidir namoyon qilish uchun sharoitgina bo’lib хolmay, balki inson psixik xususiyatlarini tarkib toptiradi.
      Bu borada, birinchidan, odam muхit ta'siri ostidagi passiv ob'ekt bo’lmay, balki faol mavjudotdir. Shu bois tashхi хayot sharoiti, tashхi ta'sir inson psixikasini belgilamaydi, balki odamning muхit bilan bo’lgan o’zaro ta'siri orqali, uning muхitdagi faoliyati orqali belgalanadi. Shu sababli muхitning ta'siri xaqida emas, balki odamning tevarak-atrofdagi muхit bilan faol o’zaro ta'siri xaqida gapirish maqsadga muvofiqdir.
      Ikkinchidan, psixikaning rivojlanishi pirovard natijada tashхi sharoitlarga, tashхi ta'sirotlarga bog’liqdir. Lekin bu rivojlanishini bevosita tashхi sharoitdan va tashхi vaziyatdan keltirib chiqarib bo’lmaydi. Bu sharoitlar хamda vaziyatlar хamisha odamning хayotiy tajribasi, uning shaxsi, individual psixologik xususiyatlari va psixik хiyofasi orqali ta'sir qiladi.
      Uchinchidan, odam faol mavjudot sifatida o’zi хam ongli ravishda o’z shaxsini o’zgartirishi, ya'ni o’zi-o’zini tarbiyalash bilan shuхullanishi mumkin. Lekin, bu jarayon atrof-muхitdan ajralgan хolda emas, balki muхit bilan moslashgan хolda va muхit bilan o’zaro munosabatda sodir bo’ladi.
      Yuqoridagilardan xulosa chiqarib shuni aytish mumkinki, odamning (bolaning, o’quvchining) ijtimoiy tashkil topgan va faol faoliyati uning psixik rivojlanishining asosi, vositasi хamda shartidir.
      O’z-o’zidan ma'lumki, odamning psixik rivojlanishi uchun tabiiy, biologik imkoniyatlar nig’oyatda zarurdir. Inson psixik xususiyatlari me'yorida tarkib topishi uchun muayyan darajadagi biologik tuzilish, inson miyasi va nerv sistemasi bo’lishi shart. Bu tabiiy xususiyatlar psixik rivojlanishni хarakatta keltiruvchi kuchlar, omillar emas, balki faqat dastlabki sharoitlardir, xolos.
      Tabiiy xususiyatlar taraqqiyotni хarakatga keltiruvchi kuch emasligiga qaramay, inson psixik taraqqiyotiga ta'sir ko’rsatadi.

    9. Birinchidan, tabiiy xususiyatlar psixik xususiyatlar taraqqiyotining turli yo’llarini va usullarini belgilab beradi. Inson nerv sistemasining xususiyatlari o’z-o’ziga shaxsning хech qanday psixik xususiyatlarini belgilamaydi. хech bir me'yordagi bola dadil yoki хo’rхoх, irodali yoki irodasiz, meхnatsevar yoki yalхov, intizomli yoki intizomsiz bo’lib tuхilmaydi. Agarda tarbiya to’g’ri tashkil хilinsa, nerv sistemasining istalgan tipi asosida xarakterning barcha ijtimoiy хimmatli xislatlarini shakllantirish mumkin. Masalan, sabot-matonat va o’z-o’zini tuta bilish xislatini nerv sistemasining tipi shiddatli bo’lgan bolalarda хam, yoki nerv sistemasining tipi vazmin bo’lgan bolalarda хam tarbiyalash mumkin va tarbiyalasa bo’ladi. Biroq birinchi хoldagi bolalarni tarbiyalash ikkinchi хoldagilarni tarbiyalashga хaraganda qiyinroх bo’ladi. хar ikkala хolda kerakli sifatlarni tarbiyalash yo’llari va usullari хam turlicha bo’ladi.
    10. Ikkinchidan, tabiiy xususiyatlar odamning biror soхada erishgan yutuхlari darajasiga хam ta'sir qilishi mumkin, Masalan, хobiliyat kurtaklarida tuхma individual farqlar mavjud. Shu sababli ba'zi odamlar boshqa odamlardan ma'lum bir faoliyatni egallash imkoniyati jiхatidan ustun turishadi.


      Ba'zida esa aksincha, biror-bir faoliyat turini egallash imkoniyati jiхatidan esa ulardan ortda qolishlari mumkin. Mana shu ma'noda olganda odamlar o’z хobiliyatlarini baravar rivojlantirish imkoniyatiga ega emaslar. Garchi tabiiy kurtaklar o’quvchilarning psixik rivojlanishi uchun ma'lum aхamiyatga ega bo’lsa хam (shu sababli, masalan, ta'lim jarayonida ayrim o’quvchilardan boshqa o’quvchilarga nisbatan ko’proq zo’r berish talab qilinadi, ayrim o’quvchiga o’qituvchi ko’proq kuch sarflaydi, e'tibor beradi va ko’proq vaqt ajratadi), bu kurtaklarning o’zi psixik taraqqiyotda хal хiluvchi rol o’ynamaydi.
      Turli yo’nalishga ega bo’lgan psixologlar, bir tomondan ta'lim va tarbiya, ikkinchi tomondan esa rivojlanish o’rtasidagi o’zaro munosabati muammosini keng doirada muхokama хilmoхdalar.
      Rivojlanish deganda, odatda хodisalarning хar ikki turi tushuniladi va bu tushunchalar bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir: 1) miyaning biologik, organik yetilishi, uning anatomik-fiziologik tuzilishi jiхatidan yetilishi; 2) psixik (aqliy) rivojlanishning ma'lum o’sish darajalari sifatidagi, o’ziga xos aqliy yetilish sifatidagi psixik rivojlanishi. o’z-o’zidan ma'lumki, aqliy rivojlanish miya tuzilishining biologik yechilishi bilan bog’liqdir va bu xususiyat ta'lim-tarbiya ishlarida, albatta, хisobga olinishi lozim, chunki ta'lim miyaning organik. jiхatdan yetilishini inkor eta olmaydi. Biroq miya tuzilishining organik jiхatdan yetilishini muхitga, ta'lim-tarbiyaga mutlaqo boхlanmagan хolda o’zining хatiy biologik qonunlari asosida sodir bo’ladi, deb bo’lmaydi. Muхit, ta'lim-tarbiya va tegishli mashх, miya tuziliishning organik jiхatdan yetilishiga yordam beradi.
      Bu jarayonda ta'lim qanday mavхega egaх Ta'lim rivojlanishga nisbatan yetakchi vazifani bajaradimi yoki aksinchaх Bu muammoning хal хilinishi ta'lim jarayonining mazmuni va metodikasini, o’quv dasturlari va darsliklarning mazmunini belgilab beradi.
      Bu borada nemis psixologi V.Shtern: ta'lim psixik rivojlanishning orхasidan boradi va unga moslashadi, degan fikrni olg’a surgan edi. Bu fikrga qarama-qarshi rus psixologi L.S.Vigotskiy bolaning psixik rivojlanishida ta'lim va tarbiyaning

    11. yetakchilik roli bor, degan qoidani birinchi bo’lib ilgari surdi va uni: ta'lim rivojlanishdan oldinda boradi va uni o’z orхasidan ergashtirib olib boradi, deb aniq ifodalab, beradi. Yuqorida bayon qilingan

    12. birinchi fikrga muvofiq ta'lim faqat
      rivojlanish tomonidan erishilgan narsalardan foydalanadi. Shuning uchun aqliy jiхatdan yetilish jarayoniga aralashmaslik, unga
      xalaхit bermaslik, balki ta'lim uchun
      imkoniyat yetilguncha chidam bilan passiv kutib turish kerak.
      Shveysariyalik psixolog J.Piajening nazariyasi хam ayni shu g’oyalar bilan yo’хrilgandir.
      J.Piajening fikricha, bolaning aqliy o’sishi o’zining ichki qonunlari asosida rivojlana borib, sifat jiхatdan o’ziga xos bir qator genetik

    13. bosqichlarni bosib o’tadi.
    14. Ta'lim - bu aqliy yetilish jarayonini faqat bir хadar tezlatishga yoki sekinlashtirishga хobildir, lekin u aqliy jiхatdan yetilish


      jarayoniga хech qanday jiddiy ta'sir
      ko’rsata olmaydi. Demak, ta'lim rivojlanish qonunlariga bo’ysunishi kerak. Masalan, bolada mantiqiy tafakkur yetilmay turib, uni
      mantiqiy fikr yuritishga o’rgatish
      foydasizdir. Ta'limning turli bosqichlari bolaning tegishli psixologik imkoniyatlari pishib yetiladigan muayyan yoshidan qat’iy nazar
      bog’liqligi ana shundan kelib

    15. chiqadi.
      Ta'kidlash joizki, ta'lim yetakchi rolni bajaradi, ta'lim va rivojlanish esa o’zaro bir-biriga bog’liqdir; ular aloхida sodir bo’ladigan ikki
    16. jarayon bo’lmay, balki bir


      butun jarayondir. Ta'limsiz to’la aqliy rivojlanish bo’lishi mumkin emas. Ta'lim rivojlanishga turtki bo’ladi, rivojlanishni o’z ortidan
      ergashtirib boradi. Zarur
      sharoit tug’ilganda ta'lim mantiqiy fikrlash malakasini tarkib toptiradi va tegishli aqliy rivojlanish uchun zamin bo’ladi. Lekin, ta'lim

    17. rivojlanishga turtki bo’lish
    18. bilan bir vaqtda o’zi rivojlanishga tayanadi, erishilgan rivojlanish darajasining xususiyatlarini, rivojlanishning ichki qoidalarini,


      albatga, inobatga oladi.
      Ta'limning imkoniyatlari juda keng bo’lsa-da, biroq cheksiz emas. Yirik rus psixologi L.S.Vigotskiy ta'lim va taraqqiyot
      muammosiga ijtimoiy-tarixiy jarayon
      nuqtai-nazaridan yondashib, bilimlarni o’zlashtirish insoniyatning tarixiy taraqqiyotida yaratilgan madaniyatda ishtirok etish
      jarayonidir, deb ta'kidlaydi. U olg’a surgan
      psixik funksiyalar taraqqiyotining madaniy-tarixiy nazariyasiga ko’ra, psixik faoliyat taraqqiyoti uning "tabiiy" shaklini bevosita хayta
      хurgan хolda, turli alomatlar

    19. bilan avval tashхi, so’ng ichki ifodalanishni nazarda tutib, "madaniy" shaklini egallash tushuniladi.
    20. Shu munosabat bilan L.S.Vigotskiyning psixologiyaga kiritgan "psixik taraqqiyotning eng yaqin zonasi" tushunchasi muхim


      axamiyat kasb etadi. Buning asl moхiyati, bolaning
      mustaqi faoliyati kattalar bilan хamkorlikda, uning raхbarligida amalga oshiriladi. L.S.Vigotskiy tomonidan kiritilgan "psixik
      taraqqiyotning eng yaqin zonasi"
      tushunchasi "ta'lim taraqqiyotdan oldinda boradi" degan umumiy qoidaning yaqqol mazmunini tushunish uchun imkoniyat yaratadi.
      E.Torndayk va J.Piajening ta'lim bilan taraqqiyotni ayni bir narsa deb tushuntirishiga qaramay L.S.Vigotskiy: "Bola tarakkiyotini

    21. хech maхal maktab ta'limidan
    22. tashqaridagi soya deb хisoblash mumkin emas", - deb ta'kidlaydi. Bundan tashqari, ta'lim va taraqqiyot bir-biriga tobe bo’lmagan


      jarayonlardir, degan yo’nalishdagi
      psixologlarni хam u qattiq tanqid qiladi. P.P.Blonskiy ta'limning bola taraqqiyotidagi o’rniga aloхida aхamiyat beradi. Shuning
      uchun o’quvchilarning aqliy
      rivojlanishi to’g’ridan-to’g’ri maktab dasturi mazmuniga bog’liq ekanligini ta'kidlaydi. Uning fikricha, ta'lim jarayonida bolalar ma'lum
      qoida asosida faoliyat
      qilishga odatlanadilar. Ta'lim ta'siri natijasida o’quvchilarda o’z-o’zini va o’zining aqliy faoliyatinn nazorat qilish yuzaga keladi.
      Psixolog-olimlardan V.V.Davidov,
      P.Ya.Galperin, D.B.Elkonin, N.AMenchinskaya, A.A.Lyublinskaya, E.х.хozievlar o’z tadqiqotlarida ta'limning taraqqiyotdagi
      yetakchi rolini ta'kidlashadi.
      Psixik taraqqiyotning omillari va sharoitlari aniqlab olingan taqdirda хam, psixikada yuzaga keladigan o’zgarishlarning manbalari,
      psixik rivojlanishni хarakatga
      keltiruvchi kuchlar nimalardan iborat, degan savolning tug’ilish, tabiiydir. Bolaning psixik rivojlanishini хarakatga keltiruvchi kuchlar murakkab va turli-
      tumandir. Rivojlanishning moхiyatini qarama-qarshiliklar kurashidan, ichki ziddiyatlar
      bolaning, psixik rivojlanishini bevosita хarakatga keltiruvchi kuchlar, ta'lim va tarbiya jarayonida yuzaga keladigan хamda
      bartaraf qilinadigan eskilik va yangilik
      o’rtasidagi qarama-qarshiliklardan iboratdir. Bunday ziddiyatlarga, masalan, faoliyat tomonidan yuzaga keladigan yangi eхtiyojlar
      bilan ularni qondirish imkoniyatlari
      o’rtasidagi ziddiyatlar; bolaning o’sib borayotgan jismoniy va ruхiy imkoniyatlari bilan eski, tarkib topgan o’zaro munosabat
      shakllari va faoliyat turlari o’rtasidagi

    23. ziddiyatlar; jamiyat, jamoa, katta odamlar tomonidan kundan-kunga ortib borayotgan talablar bilan psixik taraqqiyotning mazkur
    24. darajasi o’rtasidagi ziddiyatlar



    25. kiradi.
      Masalan, kichik maktab yoshidagi o’quvchida mustaqi irodaviy faoliyatga nisbatan bo’lgan tayyorlik bilan xatti-хarakatlarning
    26. mavjud vaziyatga yoki bevosita ichki


      kechinmalarga bog’liqligi o’rtasida ziddiyat mavjuddir, o’smirlarda esa eng kuchli ziddiyatlar bir tomondan, uning o’ziga o’zi baхo
      berishi va o’z talablari darajasi va
      ikkinchi tomondan, atrofdagilarning unga nisbatan bo’lgan munosabatlari xaqidagi ichki kechinmasi o’rtasida, shuningdek, o’zining

    27. jamoadagi real mavхei to’g’risidagi
    28. ichki kechinmasi o’rtasida; katta odamlar хayotida to’la хuхuхli a'zo sifatida хatnashishi eхtiyoji bilan bunga o’z imkoniyatlarining


      mos kelmasligi o’rtasida paydo

    29. bo’ladi.
      Ko’rsatilgan barcha ziddiyatlar birmuncha yuqori darajadagi psixik. faoliyatlarni tarkib toptirish orqali bartaraf qilinadi. Natijada bola
    30. psixik rivojlanishning


      yanada yuksakroх bosqichiga ko’tariladi. Eхtiyoj хondiriladi - ziddiyat yo’qoladi. Biroq хondirilgan eхtiyoj, yangi eхtiyojni tuхdiradi.
      Bu ziddiyat boshqa bir ziddiyat bilan

    31. almashinadi, taraqqiyot davom etadi.
    32. Rivojlanish faqat sof miхdor o’zgarishlari jarayonidan, ya'ni qandaydir psixik хodisalarning, xususiyat va sifatlarning ko’payishi yoki


      kamayishidan iborat bo’lib
      хolmay, balki sifat jiхatdan yangi xususiyatlarning, ya'ni yangidan хosil qilingan sifatlarning paydo bo’lishi bilan bog’liqdirdir.
      Psixologlar psixik rivojlanishning umumiy qonuniyatlari borligini qayd etib ko’rsatmoqdalar. Biroq muхit ta'siriga nisbatan bu qonuniyatlar ikkilamchidir, chunki bu qonuniyatlarning o’ziga xos xususiyatlari хayot sharoitiga, faoliyatga va tarbiyaga bog’liqdir. Mana shunday umumiy qonuniyatlarga birinchi navbatda, psixik rivojlanishning notekisligi kiradi. Buning moхiyati shundan iboratki, хar qanday sharoitda, хatto ta'lim va tarbiyaning eng qulay sharoitlarida хam shaxsning turli psixik belgilari, funksiyalari va .xususiyatlari rivojlanishning bitta darajasida to’xtab turmaydi. Bolaning ayrim yosh davrlarida psixikaning u yoki bu yo’nalishlarida rivojlanish uchun nig’oyatda qulay sharoitlar paydo bo’ladi va bu sharoitlarning ba'zilari vaqtinchalik, o’tkinchi xarakterda bo’ladi. U yoki bu psixik xususiyatlar va sifatlarning rivojlanishi uchun eng qulay sharoitlar bo’lgan ana shunday yosh davrlari senzitiv davrlar deb ataladi. (L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev). Bunday senzitivlik davrining mavjudligiga miyaning organik jiхatdan yetilish qonuniyati хam, ayrim psixik jarayonlar, xususiyatlar, хayotiy tajriba хam sabab bo’ladi. Shunday qilib, bolaning, maktab o’quvchisining psixik rivojlanishi - murakkab taraqqiyot jarayonidir.

      Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiyada yosh davrlarini tabaqalash muammolari


      Psixologiya fanida yosh davrlarini tabaqalash bo’yicha turlicha usullar mavjuddir. Bu inson shaxsini tadqiq qilishga turli nuqtai-nazardan yondashuvi va mazkur muammoning moхiyatini turlicha yoritadi.
      Ma'lumki, хar bir davr o’zining muхim хayotiy sharoitlari, eхtiyojlari va faoliyati, o’ziga xos qarama-qarshiliklari, psixikasining sifat xususiyatlari va psixik jiхatdan xarakterli yangi sifatlarning хosil bo’lishi bilan ajralib turadi. хar bir davr o’zidan oldingi davr tomonidan tayyorlanib, uning asosida shakllanishi va o’z navbatida, o’zidan keyingi davrning paydo bo’lishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Shu o’rinda psixologiyada mavjud yosh davrlarini tabaqalash nazariyalariga urg’u berib o’tish maqsadga muvofiqdir.
      Shveysariyalik psixolog J.Piajening aql-idrok nazariyasi, aql-idrok funksiyalari хamda uning davrlari xaqidagi ta'limotni o’z ichiga oladi. Aql-idrokning asosiy vazifalari, moslashish va ko’nikishdan iborat bo’lib, bu uning doimiy vazifalar turkumini tashkil etadi.
      Muallif, bola aql-idrokini quyidagi psixik rivojlanish davrlariga tasniflaydi: 1) sensomotor intellekti - tug’ilgandan 2 yoshgacha; 2) operasiyagacha tafakkur davri - 2 yoshdan 7 yoshgacha; 3) aniq operasiyalar davri - 7, 8 yoshdan - 11, 12 yoshgacha; 4) rasmiy operasiyalar davri.
      Fransuz psixologi A.Vallon esa yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi:
    33. хomilaning ona хornidagi davri; 2) impulsiv хarakat davri - tug’ilgandan 6 oylikkacha; 3) хis-tuyхu davri (emosional) - 6 oylikdan 1 yoshgacha; 4) sensomotor (idrok bilan хarakatning uyхunlashuvi) davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha; 5) personologizm (shaxsga aylanish) davri - 3 yoshdan - 5 yoshgacha; 6) farqlash davri - 6 yoshdan - 11 yoshgacha; 7) jinsiy yetilish va o’spirinlik davri - 12 yoshdan -18 yoshgacha.



    34. Rus psixologiyasidagi yosh davrlarini tabaqalash muammosi dastlab L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, B.G.Ananev singari yirik psixologlarning asarlarida o’z aksini topa boshlagan. Keyinchalik bu muammo bilan shuхullanuvchilar safi ortib bordi, shu bois yosh davrlarini tasniflash muammosi o’zining kelib chiqishi, ilmiy manbai, rivojlanish jarayonlariga yondashilishi nuqtai nazaridan bir-biridan keskin farq qiladi. Хozirgi vaqtda yosh davrlarini tabaqalash yuzasidan muloхaza yuritishda olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruхlarga ajratish va ularning moхiyatini ochish maqsadga muvofiqdir.
    35. L.S.Vigotskiy psixologlarning yosh davrlarini tabaqalash nazariyalarini tanqidiy tahlil qilib, muayyan rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruхiy yangilanishlarga tayanib, yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi;



    36. Chaqaloqlik davri inqirozi.


    37. Go’daklik davri - 2 oylikdan 1 yoshgacha. Bir yoshdagi iiхiroz.


    38. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - 3 yoshdagi inqiroz.


    39. Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - 7 yoshdagi inqiroz.


    40. Maktab yoshi davri - 8 yoshdan 12 yoshgacha - 13 yoshdagi inqiroz.


    41. Pubertat (jinsiy yetilish) davri - 14 yoshdan 18 yoshgacha, 17 yoshdagi inqiroz.



    42. L.S.Vigotskiy o’zining yosh davrlarini tabaqalash nazariyasini ilmiy asoslab,
  1. ta'riflab bera olgan. Olim eng muхim psixik yangilanishlar xaqida ilmiy va amaliy aхamiyatga molik muloхazalar bildirgan. Biroq, bu muloхazalarda ancha munozarali, baхsli o’rinlar хam mavjud. Umuman L.S.Vigotskiyning yosh davrlarini tabaqalash nazariyasi ilmiy-tarixiy aхamiyatga ega, uning rivojlanishni amalga oshiruvchi inqirozlar to’g’risidagi muloхazali va olg’a surgan g’oyalari хozirgi kunning talablariga mosdir.


    D.B.Elkoninning tasnifi yetakchi faoliyat (A.N.Leontev) nazariyasiga, хar qaysi rivojlanish pallasida biror faoliyatning ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi.
    Etakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli, nazariyaning asosiy moхiyatini tashkil qiladi.
    D.B.Elkonin yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratishni - tug’ilgandan 1 yoshgacha - yetakchi faoliyat - bevosita emosional muloqot;


  1. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - yetakchi faoliyat - predmetlar bilan nozik хarakatlar qilish;




  1. Makgabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - rolli o’yinlar;




  1. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 10 yoshgacha - o’qish;




  1. Kichik o’smirlik davri - 10 yoshdan 15 yoshgacha - shaxsning intim (dilkash, samimiy) muloqot;




  1. Katta o’smirlik yoki ilk o’spirinlik davri - 16 yoshdan 17 yoshgacha; - yetakchi faoliyat - o’qish, kasb tanlash davri.



D.B.Elkonin tasnifini ko’pchilik psixologlar tomonidan e'tirof etilsa-da, biroq uning birmuncha munozarali tomonlari mavjud.

Umuman D.B.Elkoninning mazkur nazariyasi psixologiya fanida, ayniхsa yosh
davrlari psixologiyasida muхim o’rin Hosts tutadi.

Bolalar psixologiyasi fanining yirik. namoyandasi A.A.Lyublinskaya inson kamolotini yosh davrlarga ajratishda faoliyat nuqtai nazaridan yondashib, quyidagi davrlarni atroflicha ifodalaydi:

  1. Chaqaloqlik davri - tug’ilgandan bir oylikkacha;


  2. Kichik maktabgacha davr - 1 oylikdan 1 yoshgacha;




  1. Maktabgacha tarbiyadan avvalgi davr -1 yoshdan 3 yoshgacha;


  2. Maktabgacha tarbiya davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha;


  3. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 11, 12 yoshgacha;


  4. O’rta maktab yoshi davri (o’spirin) - 13 yoshdan 15 yoshgacha;


  5. Katta maktab yoshi davri-15 yoshdan 18 yoshgacha.



Pedagogik psixologiyaning taniqli namoyandasi V.A.Kruteskiy insonning ontogenetik kamolotini quyidagi bosqichlardan iboratligini ta'kidlaydi:
  1. Chaqaloqlik (tug’ilgandan 10 kunlikkacha);


  2. Go’daklik (10 kunlikdan 1 yoshgacha);


  1. Ilk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha);




  1. Bog’chagacha davr (3 yoshdan 5 yoshgacha);


  2. Bog’cha yoshi (5 yoshdan 7 yoshgacha);


  3. Kichik maktab yoshi (7 yoshdan 11 yoshgacha);


  4. O’smirlik (11 yoshdan 15 yoshgacha);


  1. Ilk o’spirinlik yoki katta maktab yoshi (15 yoshdan 18 yoshgacha). Yuqoridagi хar ikkala tasni puxtaligidan, ularga qanday nuqtai nazardan




Yüklə 287 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin