1.Psixologik salomatlik,uning strukturasi va buzlilish me’yorlari
2.Psixologik salomatlikka xavf soluvchi omillar .
3.Shaxs psixologik salomatligining psixologik-pedagogik sharoitlari.
Psixogigiena-psixik sog’liqni saqlash va mustahkamlashga yo’naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqaruvchi va amalga oshiruvchi gigiena sohasidir.Ba’zi mualliflar psixogigienaga ta’rif berishganda uni faqatgina gigiena sohasi emas,balki psixiatriya sohasi deb hisoblashadi. N.D.Lakosin va G.K.Ushakovlar (1976) psixogigienani tibbiyot fanlarining mustaqil bo’limi sifatida ajratadilar.V.P.Petlenko va boshqalarning (1997) fikriga ko’ra, psixogigiena faqat psixiatriya bilan bog’liq bo’lib qolmay, balki tibbiyot psixologiyasi , tibbiyot sotsiologiyasi , valelogiya fanlari bilan bog’liq kompleks fan hisoblanadi.
O’rganilayotgan sohaga bog’liq ravishda psixogigena u yoki bu fanlarga suyanadi.Bolalar psixogigienasi ,pedagogika , pediatriya , bolalar va pedagogik psixologiyaga tayanadi.Psixogigeniyaning asosiy maqsadi psixik salomatlikni ruhiy muvozanatni saqlashdir .Psixogigeniyaning yo’nalishlari orasida insonning psixik holatiga va psixik salomatligiga ta’sir etuvchi muhim omillarini o’rganish muhim o’rin egallaydi. Psixogigiena insonga uning psixik sog’lig’i uchun xavfli bo’lgan noqulay ta’sirdan qochishga ,tabiiy kuchlardan foydalanib ,qiyinchiliklarni yengishni o’rgatadi. XI asrda yozilgan Abu Ali Ibn S inoning ‘’Tib qonunlari” kitobida sog’liqni saqlash uchun 6 ta narsaga e’tibor qaratiladi.
Bolalar psixiatriyasi va psixogigiena sohasida maktab shifokorlarining mahoratini oshirish shifokorlar malakasini oshirish institutlarining muvofiq keluvchi kafedralari bilan, kelajakda esa maktab shifokorlarining tibbiyot institutlarida bolalar psixiatriyasi , tibbiyot psixologiyasi va psixogigiena sohalarida kengaytirilgan dastur bo’yicha macsus tayyorgarligini ta’minlash lozim.Psixogigenik xizmatga o’xshash tashkilotlar kasbiy texnik ta’lim tizimining o’quv muassasalarida ham ko’zda tutilishi lozim.Bu chora tadbirlar ham sog’liqni saqlash , ham huquqiy profilaktik masalalarini yechishga shubhasiz imkon beradi.Xulosa qilib shuni aytish mumkinki ,psixogigena psixik buzilishlar profilaktikasi va terapiyasi (korekksiyasi) o’zaro yaqin bo’lishi bilan bilan birga bolalar va o’smirlar salomatligini saqlash va mustahkamlash borasida o’z masalalariga ega.