Qarori o‘zbekiston respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘G‘risida



Yüklə 44,04 Kb.
tarix17.09.2023
ölçüsü44,04 Kb.
#144808
Vazirlar Mahkamasining 2012


Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21 maydagi 139-son qaroriga ko’ra talabalar qo’yidagi holatlarda O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA’LIM MUASSASALARIDA MOBIL TELEFONLARDAN FOYDALANISHNI TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini yanada oshirishni ta’minlash, har tomonlama rivojlangan va barkamol avlodni tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
II. Ta’lim muassasalari hududi va xonalarida telefonlardan foydalanish tartibi
6. Ta’lim muassasasiga kirib kelishda har bir ta’lim oluvchi, xodim, keluvchi va boshqa shaxslar o‘z telefoni abonentining chaqiruv ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi (telefonni “ovozsiz” rejimga o‘tkazishi) shart.
7. Ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari va shu kabilar) boshlanishidan oldin ta’lim oluvchilar:
telefonini o‘chirib qo‘yishi;
telefonini portfeli, sumkasi va shu kabilarga solib qo‘yishi shart.
8. Ta’lim oluvchilarga quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi:
a) telefonini bo‘yniga osib olish, ko‘krak cho‘ntaklarida, shim, yubkalari cho‘ntaklarida va shu kabilarda saqlash;
b) telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun ta’lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;
v) telefoni yordamida:
atrofdagilarga zo‘ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;
ta’lim muassasasining nufuziga, shu jumladan zo‘ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo‘li bilan zarar yetkazish;
g) o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida:
telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish;
telefonni stol ustiga qo‘yish;
musiqa, shu jumladan naushniklar orqali tinglash;
surat va video tasvirlarni ko‘rsatishda telefondan foydalanish (o‘yinlar bilan shug‘ullanish), tasvir (matn, rasm, videoyozuv va fotosuratlar) ko‘rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;
suratga olish va video tasvirga tushirish;
telefon (GPRS, Bluetooth, Internet va shu kabilar) orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.
9. Ta’lim muassasasida ta’lim oluvchilarga mashg‘ulotlar va tadbirlar oralig‘ida faqat asosli va kechiktirib bo‘lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchilar), yaqin qarindoshlari, ta’lim muassasalarining rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bog‘lanish maqsadida telefonlardan foydalanishga (qo‘ng‘iroq qilishga, SMS, MMS, GPRS jo‘natishga, Bluetooth, Internet va shu kabilar xizmatidan foydalanishga) ruxsat etiladi.
10. Mashg‘ulotlar va turli tadbirlar oralig‘ida telefon orqali so‘zlashish uchun xonadan yo‘lakka yoki foyega chiqish, past ovozda va qisqa muloqot qilish zarur.
11. Favqulodda vaziyatlar vujudga kelgan taqdirda ta’lim muassasalarida telefondan foydalanish cheklanmaydi.
12. Ta’lim muassasasining o‘qituvchilari va boshqa xodimlari:
o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida telefondan foydalanish huquqiga ega emas;
darsdan tashqari vaqtda ta’lim oluvchilar ishtirokida telefondan foydalanishni imkoni boricha cheklashlari shart.
III. Nizom talablarini buzganlik uchun javobgarlik
13. Ushbu Nizom talablarini buzgan ta’lim oluvchilarga nisbatan quyidagi ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanadi:
ogohlantirish;
ularning kundalik daftariga yozib qo‘yish;
ota-onalarini (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni) xabardor qilish yoki tushuntirish suhbati o‘tkazish uchun ta’lim muassasasiga chaqirish.
Ushbu Nizom talablarini buzgan talabalarga nisbatan oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga muvofiq choralar ko‘riladi.
14. Ushbu Nizom talablari buzilgan taqdirda ta’lim muassasasining har qanday pedagog xodimi ta’lim oluvchidan telefonni olib qo‘yish, ushbu Nizomni buzganlik holati to‘g‘risida bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga ta’lim muassasasining (fakultetning) direktoriga (dekaniga) yoki direktor (dekan) o‘rinbosariga, keyinchalik uni ota-onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga, oliy ta’lim muassasalarida esa - kuratorga) berish, ushbu Nizom talablari buzilganligi holatlari to‘g‘risida ogohlantirish berish huquqiga ega.
15. Ushbu Nizom talablarining har qanday buzilishi ta’lim muassasasida (fakultetda) tuziladigan direktor (dekan) rahbarligidagi komissiya tomonidan, sinf rahbari (kurator), ta’lim oluvchining ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) ishtirokida, shuningdek ota-onalar (talabalar) majlisida muhokama qilinadi.
16. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishini ta’lim muassasasining direktori (fakultet dekani) va uning o‘rinbosarlari nazorat qiladi.

Hurmatli talabalar O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 139-sonli qaroriga bevarq bo’lib ota-onangizga ogohlantirish berishiga yo’l qo’ymang!!!

Yüklə 44,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin