Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti



Yüklə 0,82 Mb.
tarix15.06.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#130482
Презентация1 [Восстановл

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

KIMYO-BIOLOGIYA FAKULTETI

BIOLOGIYA YO’NALISHI 020-87-GURUH

3-KURS TALABASI SHUKUROV UMIDJONNING

BIOFIZIKA FANIDAN TUZGAN

TAQDIMOTI


Mavzu: Fotoretsepsiya, ko’rish hujayralarining tuzilshi. Fotoretsepsiya hujayra membranalarining molekulyar tuzilishi. Reja: 1. Korish hujayralarining tuzilishi
2.Fotoretsepsiya hujayralari
3. Membranalarning malekulyar tuzilishi
Fotobiologiya biologik tizimlarga nur kvanti – hv va ultrabinafsha nurlar ta’sirining molekulyar mexanizmlarini o‘rganadi. Bu jarayonlar asosida fotokimyoviy reaksiyalar yotib, nur kvantining yutilishi bilan boshlanuvchi va turli xil biokimyoviy, fiziologik va umumbiologik effektlar bilan tugallanuvchi murakkab zanjir holidagi reaksiyalar kompleksidan iborat. Fotobiologik jarayonlarda umumiy holda muhim biologik birikmalar sintezlanadi. Bunday jarayonlarga yuksak o‘simliklar, ba’zi bakteriyalar va suv o‘tlarida kechuvchi fotosintez misol bo‘ladi. Fotosintez yuqori darajada ixtisoslashgan strukturalar- xloroplastlarda amalga oshadi. Fotosintezdan tashqari nur kvanti holida olingan informatsiya ta’siridan kelib chiquvchi biologik ritmlar ham organizmlar hayotida muhim ahamiyatga ega.
Fotobiologiya, shuningdek, ultrabinafsha, infraqizil va boshqa nurlar ta’sirida tirik tizimlarda yuz beradigan buzilishlarning molekulyar mexanizmlarini ham o‘rganadi. Yirik porsiya holidagi nur kvanti yoki qisqa to‘lqin uzunligidagi ultrabinafsha nurlar tirik organizmda nuklein kislotalar, oqsillar kabi muhim genetik-informatsion, struktura va fermentativ funksiyalarga ega bo‘lgan makromolekulalarga ta’sir etib, turli xil mutatsiyalar va jiddiy funksional izdan chiqishlarni keltirib chiqaradi. Ultrabinafsha nurlar organizmning genetik tizimida DNK darajasida komplementarlikni buzish xususiyatiga ega. Fotobiologiya ultrabinafsha va ko‘rinuvchi nurlar energiyasining yutilishi evaziga biomolekulalarda sodir bo‘ladigan elektronli qo‘zg‘alish holatlari va ularga bog‘liq holda amalga oshadigan fotofizikaviy hamda fotokimyoviy o‘zgarishlarni o‘rganish bilan cheklanadi. 
Fotobiologik reaksiyalar qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, ularning hammasi asosiy mexanizmlari jihatidan ichki umumiylikka ega bo‘lib, tirik organizmlarning hayot faoliyatlarida o‘z ifodasini topadi. Fotosintez – yuksak o‘simliklar, suv o‘tlari va ba’zi bir bakteriyalar tomonidan, yorug‘lik energiyasi ishtirokida, organik moddalarning hosil qilinishi jarayonidir. Fotosintezning birlamchi bosqichi, energiya transformatsiyasining uch pog‘onasini o‘z ichiga oladi:
1) yorug‘likning fotosintetik pigmentlar tomonidan yutilishi va elektronli-qo‘zg‘alish energiyasining fotosintez reaksiya markaziga migratsiyalanishi, 2) reaksiya markazida zaryadlarning dastlabki taqsimlanishi va energiya transformatsiyasi, 3) elektronning elektron-transport zanjiri bo‘ylab tashilishi, SO2 fiksatsiyalanishi qorong‘ulik bosqichlari va maxsulotlar sintezida ishlatiladigan barqaror maxsulotlar
Fotosintez - erkin energiyaning tashqi manba hisobiga to‘planishiga olib keladigan, o‘simliklar va barcha geterotrof organizmlar mavjudligini ta’minlovchi yagona biologik jarayondir. Fotosintez natijasida, o‘simliklar har yili 4*107 t organik modda sintezlab, 200 mlrd tonna erkin O2 ajralib chiqadi. Fotosintez atmosferada SO2 kons
Men Shukurov Umidjon mustaqil mavzularni o’zlashtirish mobaynida ko’plab yangi ma’lumotlarni formulalarni o’rgandim. Mustaqil o’zlashtirish jaroyoni qiyin bo’lishiga qaramaY uztozlar yordami bn ancha bilim oldim va o’rgandim.AYNIQSA KO’ZNING VAZIFALARI VA FUNKSIYALARINI TUSHUNDIM
Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin