Qayta o’zlashtirishi



Yüklə 169,48 Kb.
tarix16.06.2023
ölçüsü169,48 Kb.
#131293

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
Energo-mexanika fakulteti
Elektr energetika kafedrasi
5_-20 EE guruh talabasi
____________________________________________ning
_______________________________ fanidan
Qayta o’zlashtirishi

Qabul qildi: ___________________
2022-2023

Mavzu: Sanoat korxonalarni rivojlantirish strategiyasini shakllantirish


Reja

  1. Korxona strategiyasining mazmuni va mohiyati

  2. Korxonalarning bozordagi strategiyasi

  3. Ishlab chiqarish tizimlarini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish

  4. Korxonalarning tashkiliy tuzilmasi va uning samaradorlik mezonlari

  5. Korxona faoliyatini rejalashtirish

Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir ishlab chiqaruvchi bozorga o’z mahsuloti bilan mustaqil chiqadi. O’z mahsulotini bozorda sotish sharoitlarni yaxshiroq yaratgan korxona boshqa shunga o’xshash tovarni ishlab chiqaruvchilarga nisbatan yaxshiroq holatda bo’ladi. Bu xolisona talabiga ko’ra, har bir korxona o’z taraqqiyot yo’lini bozor talabiga muvofiq tuzish va ishlashi kerak. Har bir korxonada rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish zarurligi ayni shunda o’z ifodasini topadi.
Korxona resurslariga va imkoniyatlariga quyidagilar kiradi:
Xodimlarning uddalashi, bilimi va kasb tajribasi. Bu holda ular iste’molchilarning talablarini idrok qilish va haqiqatda gavdalantirib ko’rsatish qobiliyati nuqtai nazaridan baholanadi.
Moddiy resurslar korxonalar joylashgan yerdan ishlab chiqarish va umumiy binolar,asbob-uskunalar, elektr ta’minot manbalari (xususiy yoki sotib olingan), issiqlik, suv, ishlabchiqarish chiqitlarini yo’qotish imkoniyatlari va boshqalardan iborat. Hammasi bu holda ularning texnik holati,mulkiy shakli(ijara,aktsioner,xususiy vaboshqalar)nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi.
Texnologik va tashkiliy resurlar – ilg’or texnologiyalarni, patent va litsenziyalarni, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil qilish taraqqiy parvar shakllarining mavjudligi.
Axborot resurslari – axborotni olish imkoniyatning mavjudligi.
Moliyaviy resurslar korxonaning balansidagi likvidaktivlardan va qarz olish imkoniyatidan iborat.
Marketing resurslar–tartibga solingan sotuv va ta’minot tarmog’ining mavjudligi, tijorat ishlarini olib borish bo’yicha xodimlar (personal)ning ixtisoslashgan bilimlari va tajribasi.
Tashkiliyresurslar–ishlab chiqarish tashkiliy tuzilmasini doimo takomillashtirish imkoniyati, qobiliyati va boshqalar.
Ishlab chiqarish omillarining tanqisligi va qimmatligi ularni qanday ishlatishda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun korxona ishlayotgan muhitni bilish lozim.
Murakkab strategiya – bu barcha aytilgan strategiyalar birikmasidir. Bunday strategiyaga, odatda, bir necha sohalarda faoliyat ko’rsatayotgan yirik korxonalar rioya qiladi. Bulardan tashqari barqarorlik va sog’lomlashtirish strategiyalari ham mavjud.
Har bir strategiya zarur hisoblanadi. O’z navbatida, ular xar xil muqobil variantlarga ega. Shunday qilib, o’sish strategiyasi quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi:
Harakatlarni kuchaytirish (yangi bozorga kirish, bozorning rivojlanishi, geografik ekspansiya);
Singdirish va olish hisobidan diversifikatsiyalash;
Firmalararo hamkorlik va kooperatsiya;
Tashqi iqtisodiy faoliyat. Barqarorlik strategiyasi:
tejash;
Strategik siljishlarni nazarda tutadi. Sog’lomlashtirish strategiyasi:
Boshqarish tizimini qayta qurish;
Moliyaviy qayta qurish;
Marketingni qayta qurishdan iborat.
Kuchsiz tomonlarga aniq strategiyaning yo’qligi, eskirgan asbob-uskunalar, mutaxassislar malakasi va tajribasining qoniqarsizligi, sifatsizlik, chegaralangan assortiment, moliyaviy resurslarning yo’qligi va boshqalar kiradi.
Vaziyatlar – yangi bozorlarga chiqish, xaridorlarning qo’shimcha guruhlari, tegishli mahsulotlarni sotish, raqobatchilar vaziyatlarini susaytirish va boshqalardir.
Xavflar – kuchli kompaniyalarning sohaga bosib kirishi, bozorning o’sish darajasi pasayishi, o’rnini bosuvchi tovarlarni sotuvlar va tashqi savdo tovarlarining ko’payishi, davlat tomonidan tartibga solishning qattiqligi va boshqalar.
“Raqobat” xo’jalik yuritishning manfaatli sharoitlari va maksimal foyda olish uchun tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi kurashdir. Raqobat iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuch bo’lib hisoblanadi. Raqobat bozor xo’jaligining eng muhim xususiyatlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Aynan raqobat shaxsning ijod sohasidagi erkinligini ta’minlaydi. Iqtisodiyot sohasida esa yangi raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish yo’li bilan o’z salohiyati va imkoniyatlarini amalga oshirish uchun sharoitlaryaratadi.
Sanoat ishlab chiqarish raqobatbardoshligini oshirish va kelajakda ham uni yuqori darajada saqlab qolish uchun bir qator chora-tadbirlar, jumladan investitsiyalarni an’anaviy va texnologik infratuzilmaga yo’naltirishi, xususiy jamg’arma va ichki investitsiyalarni rag’batlantirishi, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish yo’li bilan eksportga yo’naltirilgan siyosat olib borishi, boshqaruv sifatini yaxshilashchora-tadbirlarini ko’rishi, ishhaqi, mehnat unumdorligi va soliqlarning o’zaro bog’liqligini ta’minlashi, minimal va maksimal ish haqi o’rtasidagi farqlarni kamaytirishi, ta’lim sohasiga yirik investitsiyalarni yo’naltirishi zarur bo’ladi.
Har bir ishlab chiqarish korxonasi ishlab chiqarish bo’linmalari, boshqaruv organlari va korxona xodimlariga xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlardan iborat bo’ladi. Tuzilma (struktura) tushunchasini korxonaning tarkibi, tuzilishi sifatida ko’rib chiqish mumkin. Korxona qanchalik yirik bo’lsa, uning ishlab chiqarish tuzilmasi shunchalik murakkab bo’ladi.
Sanoat korxonalarining umumiy va ishlab chiqarish tuzilmalari mavjud.
Ishlab chiqarish bo’g’inlari, korxona boshqaruvi hamda xodimlarga xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar, ularning miqdori, kattaligi va egallab turgan maydoni, xodimlarining soni va ishlab chiqarish imkoniyatlari korxonaning umumiy tuzilmasini ifodalaydi.
Ishlab chiqarish tuzilmasiga asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatish jarayonlari amalga oshiriluvchi tsex vauchastkalar kiritiladi.
Har bir korxona faoliyati samaradorligi, bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatda yengibchiqishvaishlab chiqarishnito’g’ri tashkil etishga bog’liq bo’ladi.
Korxonalarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi bir qator omillarga bog’liq bo’ladi. Ularjumlasiga: talab va taklifga asoslangan holda, qachon, qaysi vaqtga, qancha va qanday sifatdamahsulot ishlab chiqarishni to’g’ri aniqlash; ishlab chiqarishni tashkil etish va texnologiyaningoqilonaholatinitanlash;manbaalarbilandoimiyravishdavao’zvaqtidata’minlanishigaerishish;asosiy va aylanma kapital miqdori, mahsulotning sotish shakllarini tanlash kabi savollarga javobtopishtalab etiladi.
Bu esa korxonada xo’jalik faoliyatini rejalashtirishnitalab etadi. Bir qator samarali ishyurituvchikorxonalartajribasikeskinraqobatholatidarejalashtirishiqtisodiyo’sishvayuksalishningbosh shartiekanligini ko’rsatadi
Korxonalar darajasida rejalashtirish, mehnat jamoalarini ishlab topgan shaxsiy resruslarning hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar:



  1. https://kompy.info/mavzu-sanoat-korxonalarni-rivojlantirish-strategiyasini-shakll.html

  2. https://lex.uz/docs/-3107036

  3. https://uza.uz/oz/posts/korxonani-rivojlantirish-strategiyasi_463301

Yüklə 169,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin