Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish Reja: Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish Energiya olishning an’anaviy usullari



Yüklə 151,62 Kb.
səhifə1/3
tarix14.12.2023
ölçüsü151,62 Kb.
#179725
  1   2   3
8 Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish
Reja:


1. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish
2. Energiya olishning an’anaviy usullari
3. Yadro energiyasidan foydalanish
4. Xulosa
5. Foydalanilgan adabiyotlar


1. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish
Energetika jamiyat hayotida muhim o’rin tutadi. U turli-tuman ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlarini bir necha barobar orttirishga imkon beradi. Insoniyat sivilizatsiyasining rivoji doimo ishlatilayotgan energiyaning hajmi va turlari bilan chambarchas bog’liqdir. Biroq, milliy va jahon iqtisodiyotining bugungi kundagi rivoji tabora energiya resurslarining haddan ortiq ko’p ishlatilishi va unga bog’liq holda ular hajmining kamayib borishiga sabab bo’lmoqda. Bu o’z navbatida resurslar taqchilligi va ekologiya muommolarini keltirib chiqarmoqda. Bunday sharoitda insonlarda, jumladan maktab o’quvchilarida energiyadan oqilona foydalanish haqidagi tushunchalarni hosil qilish dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu jarayonda umumta’lim fanlari orasida fizika fani alohida o’rin tutadi. Shuningdek o’qituvchi tamonidan O’zbekistonda barqaror rivojlanish konsepsiyasi va unda keltirilgan quyidagi muommolariga e’tibor qaratilishi lozim. - Respublika hududlaridagi ekologik vaziyatni yaxshilash; - atrof-muhitni muhofaza qilish va uni yaxshilash; - kelgusi avlodlarga saqlab qolish maqsadida Yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish; - noan’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o’zlashtirish. Hozirgi vaqtda biz energiyani asosan elektr energiyasi ko’rinishida iste’mol qilamiz va elektr energiyasi olishning turli usullaridan keng foydalanamiz. Quyidagi diagrammada elektr energiyasi olishning hozirgi kundagi an’anaviy, noan’anaviy va kelajakda ishlatilishi ko’zda tutilgan usullari keltirilgan: Deagrammada keltirilgan usullarning har biri o’ziga xos afzalliklar va kamchiliklarga ega bo’lib u yoki bu usulning ishlatilishi tabiiy resurslarning joylashuvi, energiyaga bo’lgan ehtiyoj va boshqa sabablarga ko’ra aniqlanadi.


Yüklə 151,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin