Qiyosiy pedagogika



Yüklə 18,59 Kb.
səhifə1/3
tarix19.05.2023
ölçüsü18,59 Kb.
#117404
  1   2   3
4-ma\'ruza (1)


4-MAVZU: QIYOSIY PEDAGOGIKANING TARAQQIYOT BOSQICHLARI.
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:

    1. Qiyosiy pedagogika” fanining rivojlanish bosqichlarini aniqlashga doir yondashuvlar.

    2. Qiyosiy pedagogikaning rivojlanish bosqichlari.



Tayanch so’z va iboralar: o’zlashtirish davri, bashorat davri, ilmiy-qiyosiy tadqiqotlar davri, qiyosiy pedagogika bo’yicha muassasalar va nashriyotlar, “Qiyosiy pedagogika” jamiyati, xalqaro ta’lim standart klassifikatsiyasi



    1. Qiyosiy pedagogika” fanining rivojlanish bosqichlarini aniqlashga doir yondashuvlar.

Pedagogik fanlarning zamonaviy tizimi pedagogika tarixi, etnopedagogika, androgogika, oliy maktab pedagogikasi kabi pedagogikaning qator mustaqil sohalarini o’z ichiga qamrab oladi. Hozirgi globalizatsiya va integratsiya jarayonlari bilan bog’liq holda tezkor rivojlanayotgan pedagogika sohalari qatoriga qiyosiy pedagogikani ham kiritishimiz mumkin. Shu o’rinda qiyosiy pedagogikani fan sifatida davrlashtirishga oid qator yondashuvlarni ko’rib chiqamiz.
D.Beredey va uning izdoshlari qiyosiy pedagogikaning tarixiy nuqtai nazardan shakllanish va rivojlanish jarayonini uchta davrga bo’ladi.
Birinchi davr - o’zlashtirish davri - XIX asrga to’g’ri keladi. Bunda chet el pedagogik tajribalari haqidagi aniq ma’lumotlarni yig’ish, tasnif qilish, ta’riflash ishlariga alohida e’tibor beriladi. Bu davr uchun qiyosiy pedagogika tadqiqotlari natijalaridan foydalanish Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarida ta’ limning G’arb modelini yoyish maqsadida amalga oshirilgan.
Ikkinchi davr - “bashorat”(prognostik) davri - XX asrning birinchi yarmini o’z ichiga oladi. Bu davrda sof ko’chirmakashlikdan voz kechish kuzatiladi, o’rganilayotgan davlatlarning madaniy-tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari bilan bog’liq holda qiyosiy pedagogikaning nazariy asoslarini ishlab chiqish ahamiyati orta boradi, qiyosiy pedagogikaning prognostik vazifalari rivojlanadi.
Qiyosiy tahlil asosida bir davlatdan ikkinchi davlatga pedagogik tajribani o’tkazish mumkinligi yoki mumkin emasligi haqidagi bashoratli (prognostik) tavsiyalar tuziladi, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanish sharoitlari o’xshash bo’lgan davlatlarda ham o’ziga xos milliylikning mavjudligi o’zlashtirilgan tajribaning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligiga ta’sir etishiga e’tibor qaratiladi.
Uchinchi davr - ilmiy-qiyosiy tadqiqotlar davri deb ataladi va bu davrda qiyosiy tadqiqotlarning ahamiyati va ishonchliligi yanada orta boradi.
Rus olimlari M.A.Sokolova va boshqalarning qiyosiy pedagogikaning rivojlanish bosqichlarini davrlashtirish bo’yicha fikrlari D.Beredeyning yuqoridagi fikrlari bilan mos keladi, lekin rus olimlari bunday bo’linishning mezonlarini mafkura bilan bog’laydi. Unga ko’ra birinchi bosqich - XVIII asming oxiridan 1917 yilgacha, ikkinchi bosqich -1917 yildan 1945 yilgacha, uchinchi bosqich urushdan keyingi yillarni o’z ichiga oladi.
Rus olimi A.M.Stolyarenko qiyosiy pedagogikaning shakllanishi va rivojlanishini to’rtta bosqichga bo’ladi:
birinchisi - qiyosiy pedagogikaning burjua inqiloblari va kapitalizm rivojlangan davrda vujudga kelishi (XIX asr boshlari -1917 yil);
ikkinchisi - qiyosiy pedagogikaning sobiq ittifoq xalq ta’limining yangi tizimi tashkil topishi davrida rivojlanishi;
uchinchisi - qiyosiy pedagogikaning sobiq ittifoq ta’lim tizimining chet el ta’lim tizimlari bilan kuchli raqobati, qarama-qarshiligi davrida rivojlanishi (1935-1991yillar);
to’rtinchisi - qiyosiy pedagogikaning jahon hamjamiyati, demokratiyasi va insonparvarligi yaratilishi davridagi rivojlanislii (1991yil).
Yuqoridagilarni tahlil qilib, qiyosiy pedagogikaning fan sifatida vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlarini izchillik bilan, har bir davrning o’ziga xos xususiyatlarini o’rgangan holda bayon etamiz.


    1. Yüklə 18,59 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin