О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
“Himoya qilishga ruxsat beraman”
bo’lim boshlig’i
_______________I.Bo’riyev
“____” __________________ 2023 y.
5110900 – PEDAGOGIKA – PSIXOLOGIYA YO‘NALISHI
PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA KAFEDRASI RIVOJLANISH PSIXOLOGIYASI.PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANIDAN KURS ISHI MAVZU: Kichik maktab yoshida pedagogik bahoning o’quvchi o’zlashtirikishiga ta’siri
Bajardi: Ilmiy rahbar: K.Majidov
JIZZAX -2023
Mavzu: Baholash tizimi – o’quvchilarni intellektual rivojlantirishda rag’batlantiruvchi omil sifatida.
Reja:
Kirish
I- Bob. O’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarini sinovdan o’tkazish va baholash mezonlari.
Ta’lim tizimida o’quvchilarni bilimini o’zlashtirishini baholash jarayoni.
Reyting tizimi va uning samaradorligi.
II - bob. Kichik maktab yoshida bahoga munosabat shakllanishining psixologik xususiyatlarini eksperimental tadqiq etish.
Tadqiqot natijalari tahlili.
Kichik maktab yoshida bilim olish va bahoga intilish motivlarining o‘zaro munosabati.
Xulosa.
Adabiyotlar ro’yxati.
Kirish
Mavzuning dolzarbligi.Yoshlarni mustaqil bilim olishga o‘rgatish bugungi kunning eng muhim va dolzarb vazifalaridan biridir. O‘quvchilarning bilimini aqliy kamolotlarini nazorat qilish va baholash davlat miqiyosida muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga nazorat va baholash jarayoni o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga va tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadi.
Bilimlarni nazorat qilishda qo‘yilgan ball va baholar o‘quvchi qanday taassurotlar qoldirganini, ular o‘rtoqlarining o’qishdagi yutuq va kamchiliklariga qanday munosabatda bo‘lishlarini doim kuzatib borishlari lozim. O‘quvchilarning intellektual imkoniyatlarini royobga chiqarish ularning bilim faoliyatining psixologik-pedagogik qonuniyatlarini chuqur bilishni taqazo etadi.
Ko‘pchilik mutaxassis olimlar o‘quvchilarni baholash salbiy oqibatlarga olib keladi, deb hisoblashmoqdalar. Ma’lumki, faqat baho uchun o‘qish bilimning ijtimoiy ahamiyatini pasaytirishi mumkin. Shunga ko‘ra bilimni tekshirishning boshqa usullarini topish hamda qo‘llash hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.