Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari boshliqlariga Tuman (shahar)



Yüklə 304,27 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix02.06.2023
ölçüsü304,27 Kb.
#122742
Kundalik.com



«5» may 2023-y.
04-04/2-366-son
«___» ________2023 y.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Maktabgacha va maktab taʼlimi
vazirligi, Toshkent shahar va
viloyatlar maktabgacha va maktab
ta’limi boshqarmalari
boshliqlariga
Tuman (shahar) maktabgacha va
maktab ta’limi boʻlimi
mudirlariga
Respublika umumta’lim
muassasalari rahbarlariga
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining
2023-yil 16-martdagi 04-04/2-119-sonli xatida “Kundalik” elektron sinf jurnalida
baholarni qo‘yish va o‘zgartirish tartibiga muvofiq tizimda 2023-yilning
15-aprelidan cheklov (muzlatish) o‘rnatilishi, hamda kiritilgan chorak va yillik
baholarga maktabgacha va maktab ta’limi hududiy boshqarmalariga rasmiy xatsiz
o‘zgartirish kiritish imkoniyati mavjud emasligi belgilab qoʻyilgan.
“Kundalik” elektron sinf jurnaliga oʻz vaqtida qoʻyilmagan joriy, chorak
va yillik baholar ustunidagi kamchiliklarni bartaraf etish quyidagi tartibda amalga
oshiriladi:
a) fan oʻqituvchisi nima sababdan va qaysi sana ustuniga baho
qoʻymaganligini batafsil ifodalab maktab direktori nomiga tushuntirish xati yozgan
holda yozma murojaat qiladi;
b) maktab direktori va direktorning oʻquv ishlar boʻyicha oʻrinbosari fan
oʻqituvchilaridan tushgan yozma murojaatlar asosida oʻz vaqtida qoʻyilmagan joriy,
chorak va yillik baholar ustunidagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha hamda
Xalq taʼlimi vazirining (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi) 2022-yil 24-
iyundagi 205-son buyrugʻining 7-bandida koʻrsatilgan funksional vazifalariga
sovuqqonlik bilan qaragani, oʻz majburiyatlarini toʻliq bajarmaganligini ifodalab
tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi mudiri nomiga tushuntirish
xati yozgan holda yozma murojaat qiladi;


Ijrochi: A.Raxmonqulov
Tel: 55 503-74-00 (6160)
d) maktab direktorlaridan tushgan yozma murojaatlar asosida tuman (shahar)
maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi mudiri kamchilikka yoʻl qoʻygan rahbar
xodimlar va pedagog kadrlar ishtirokida tanqidiy koʻrinishda kamchiliklarni bartaraf
etish boʻyicha muhokama yigʻilishini oʻtkazadi. Muhokama yigʻilishi bayonnoma
shaklida rasmiylashtiriladi.
Bayonnoma qarorida:
‒ oʻz vaqtida baho qoʻyishga ulgurilmagan, tizimda muzlatilgan ustun sanasi,
oʻquvchining sinfi, F.I.Sh va bahosi koʻrsatilib, ushbu sanaga baho qoʻyish
imkoniyatini yaratish maqsadga muvofiq deb topilishi;
‒ muhokama yigʻilishi bayonnomasining nusxasi tuman (shahar) maktabgacha
va maktab ta’limi boʻlimi mudiri nomidan rasmiy xat bilan hududiy boshqarmaga
taqdim etilishi kerakligi koʻrsatib oʻtilishi kerak.
e) Muhokama yigʻilishi bayonnomasining nusxasi hududiy boshqarma
tomonidan rasmiy tarzda Vazirlikka taqdim etilganidan soʻng muzlatilgan ustundagi
yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bartaraf etiladi.
Shu bilan birgalikda, 2023-yil 6-martdagi 46-sonli buyrug‘i bilan umumiy
o‘rta taʼlim muassasalarining 9-sinf o‘quvchilari uchun “jismoniy tarbiya” fanidan
yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkazilish muddatlari joriy yilning 1-6 may kunlari etib
belgilangan. Hozirgi kunda umumta‘lim muassasalarida yakuniy davlat
attestatsiyasi doirasida “jismoniy tarbiya” fanidan imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.
Bu esa o‘z navbatida ushbu kunda boshqa fanlardan rejalashtirilgan mavzularni
boshqa kunlarda tig‘izlashtirilgan holda o‘tishni taqozo qilmoqda.
Shu sababli, Sizga mazkur fandan nazorat imtihonlari o‘tkaziladigan kunda
to‘g‘ri kelib o‘tilmay qolgan barcha fan mavzularini kelgusi haftadagi dars
davomida tig‘izlashtirib o‘tish maqsadga muvofiqligi va “Kundalik” sinf jurnalida
ilovada ko‘rsatilgan vazifalarni bajarishingiz tavsiya etiladi.
Ilova: ___ varaq.
Vazir oʻrinbosari
U.Begimkulov
IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: GR15518857

Yüklə 304,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin