Qoraqalpoq xalqining qoliplashuvi



Yüklə 28,67 Kb.
səhifə1/3
tarix29.07.2023
ölçüsü28,67 Kb.
#137986
  1   2   3
qoraqalpoq xalqining qoliplashuvi


Tema: “Qoraqalpoq xalqining qoliplashuvi”.

Qoraqalpoqlar tug`ilib o`sgan yurt , ular ajdodlarining haqiqiy vatani azal-azaldan janubiy,janubiy –sharqiy va janubiy-g`arbiy Orolbo`yi, ya`ni hozirgi Qoraqalpog`iston Respublikasi joylashgan yer bo`lgan. Qotaqalpoqlar aynan shu joyda ya`ni Orol va Amudaryo bo`ylarida vujudga kelganlar, garchi keyinchalik vaqti-vaqti bilan alohida-alohida qismlarga bo`linib,boshqa o`lkalarga ko`chib ketgan bo`lsalarda , ammo oxir oqibatda ular o`z ajdodlari vatanlariga qaytganlar.


Dastlab Qoraqalpoqlar bir necha qabilalar uyushmasidan tarkib topgan bo`lib,qadimdanoq yaxlit mit bo`lib shakillana bo`shlagan. Ularning eng qadimiy ajdodlari,eramizdan avvalgi bitinch asrlarda Orolning janubiy sohillarida o`rnashgan massaget qabilalaridir.Ular orasidagi apasioq qabilasi qoraqalpoqlarning xalq sifatida shakillanishida katta ro`l o`ynagan. Bu qabila dexqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik bilan shug`ullangan. Professor T.Jdankoning fikricha , massagetkar xayotiga singib ketgan onalik davriga oid ananalar mashhur qoraqalpoq dostoni “ Qirq Qiz”da yaqqol namoyon bo`lgan. Bu doston hozirgi qoraqalpoqlarni ularning ajdodlari bilan bevosita bog`laydi.
Apasioqlar davrida Sirdaryo etaklarida Augasilarqabilasi yashagan. Bu ikki qabila o`rtasida mustahkam aloqa mavjud bo`lgan. Eramizdan avvalgi birinchi asr bilan eramizning to`rtinchi asrigacha bo`lgan oraliq davrda Orol qirg`oqlariga sharqdan gunlar kela boshlaga. Bulardan tashqari oltinchi va o`n ikkinchi asrlarda apasioqlar negizida Pecheng ittifoqi vujudga keldi.Sirdaryo etaklarida esa gun va turklarning aralashib ketishlari natijasida augasilar negizida o`g`oz ittifoqi vujudga keldi.
Bijanak (pecheng)larning vujudga kelishi qoraqalpoqlarning xakq sifatida shakillanishining ikkinchi bosqichdir.
Bijanaklarning yerlari to`qqizinchi asrning oxiriga kelib Amudaryo etaklaridan boshlab g`arb tomonga Orol qirg`oqlaridan Ural va Volga daryolari sohilarigacha bo`lgan ulkan kengliklarni qamrab oldi. Xalq orasida yuruvchi afsonalarga qaraganda , Qiyot (hozirgi Beruniy) shaxri uning poytaxti bo`lgan.
Aksaryat ko`pchilik o`g`izlar o`zlari bosib olgan hozirgi Turkmaniston, Eron va Turkiya yerlarida mustahkam o`rnashib qolganlar. Birinchi navbatda ular turkman xalqining shakillanishiga asos soldilar. So`ng turk va ozar xalqlarining kelib chiqishiga ham ta`sir etdilar. O`g`izlarning bir qismi begona o`lkalarga ketishini istamay,Amudaryo etaklarida yashab qoldilar. Orolbo`yidagi sharqiy bijanaklar bu yerda qolgan o`g`izlar bilan ittifoq tuzib, ko`plab siyosiy voqealarda ishtirok etdilar.
S.Tolstov, P.Ivanov, T.Jdankokabi taniqli tarixchilarning fikricha sharqlik bijanaklar yeriga Sibr va Irtish tomondan qipchoqlar bostirib kiradilar. Bosqinchi (qipchoqlar)ning bir qismi sharqiy bijanaklar bilan aralashib ketgan. Xozirgi qoraqalpoq urug`larida qipchoq urug`ining borligi ham shundan. Mashhur tarixchi Abul Fazl Beyxoqiyning “Tarixi Beyxoqiy”asarida aytiladiki , o`n birinchi asrning o`rtalarida Xorazm shoxining turk gvardiyachilaridan birining qo`mondoni ismi “Qalpoq” bo`lgan. P. Ivanov shunga asoslanib bu yerda gap sarkarda haqida emas ,balki,uning bo`ysunuvidagi qoraqalpoq jangchilar haqida borayotganini takidlaydi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, qoraqalpqlar o`sha davrlardayoq , balki undan ham avvalroq boh kiyimlari rangiga qarab “qoraqalpoq”nomini olgan bo`lsalar ajab emas.
P.Tolstovning fikriga ko`ra birinchi bo`lib qipchoqlar sharqlik bijanaklarni bosh kiyimlariga qarab “qoraqalpoq”deb ataganlar.Binobarin, qoraqalpoqlar o`zlarining hozirgi nomlarini o`n birinchi asrdayoq tug`ulib o`sgan yurtlari –Orol va Amudaryo sohillarida olganlar . Sharq bijanaklari shu asosda tarixiy manbalarga “qorabo`rklilar”, “qoraqalpoqlar” nomi bilan kirganlar.
Sharqlik bijanaklarning aksaryat ko`pchiligi Orol sohillari va Amudaryo etaklarida yashab, Xorazm xalqi bilan birga o`n birinchi- o`n to`rtinchi kechgan siyosiy voqealarda faol ishtirok etdilar.
Chingizxonning 1218-1221-yillaridagi Xorazmga yurishi Orol,Amudaryo va Sirdaryo sohillari aholisi boshiga ko`p ofatlar oib keldi. Xorazmning tub yerli aholisi bosqinchilarga kuchki qarshilik ko`rsatdilar, mo`g`illar esa mard va jasur himoyachilarni misli ko`rilmagan darajada mahv etdilar.
Tarixchi Rashididdinning guvohlik berishicha, Urganch shahri aholisi qattiq qarshilik ko`rsatdilar.
O`n to`rtinchi asrning oxirlari va o`n beshinchi asrning boshlaridagi Amir Temurhujumi natijasida Qizil O`rda yemirilib uning o`rnida bir nechta davlat vujudga keldi.1397-yilda Sharqiy yevropaning bepoyon cho`llarida Edigey boshchiligidagi No`g`ay (Mang`it) xonligi tashkel topdi.
O`n beshinchi asrning birinchi yarmida No`g`ay xonligining sharqiy tomonida Abilxayr boshchiligidagi O`zbek xonligi vujudga keldi.O`n beshinchi asrning ikkinchi yarmigacha qoraqalpoqlar xam shu xonlikka qaraganlar. O`zbek va No`g`ay xonliklari aholisi asosan bir urug`dan bo`lganlar.Professor N.Baskakovning yozishicha, ularning hammasi turk tilining janubiy-sharqiy shevasida yanu zamonaviy qoraqalpoq,qozoq va no`g`ay tillarida so`zlashganlar.
Abulxayr o`z tarkibiga o`zbeklar va mang`itlarni birlashtirgan ko`chmanchi davlati mustahkam bo`la olmadi. Xon vafotidan so`ng o`zbek xonligi parchalanib, inqirozga yuz tutdi. Shu sabali uning tarkibida bo`lgan qoraqalpoqlar ham ajralib chiqdilar.
O`n beshinchi asrning ikkinchi yarmidano`n oltinchi asrning ikkinchi yarmigacha bo`lgan davrda qoraqalpoqlar No`g`ay xonligi tarkibida bo`ldilar. 1556-yilga kelib Rossiya,Astraxan xonligini bosib oladi. Shundan so`ng no`g`y mo`rz(knyaz)lario`rtasida o`zaro nifoq va janjallar boshlanadi. Buning ustiga xonlikda ikki yil davomida ekinlar bitmay qoldi. Oqibatda ocharchilik boshlandi. Bu ofatlar tufayli xonlik xududida istiqomat qilayotgan xalqlarning ko`p qismi boshqa o`lkalarga ko`chib ketdi.
Qoraqalpoqlar ham No`g`ay xonligini tark etib, o`zlarining Amudaryo bo`ylaridagi avvalgi yerlariga qaytish imkonyati bo`lmaganligidan Sirdaryo sohillarifa kelib joylashdilar. O`sh paytda Amudaryo sohillari suvsizlikdan hamon qaqroq edi. Faqat o`n yettinchi asrning boshlariga kelib , Amudaryo o`zining eski o`zaniga qaytadi va suvini Orol dengiziga quya boshlaydi.
O`sha davrdan boshlab qoraqalpoqlar daryoning ikki sohili bo`ylab yastangan qadimiy joylariga qaytib, yerlarini yana boshqatdan o`zlashtirishg a kirishdilar.O`n yettinchi asrda qoraqalpoqlar Xorazmga o`tgan ko`chmanchi o`zbeklar bilan birga Xiva xonligining shimolida Orol(aran) davlatini barpo eta boshladilar Orol qoraqalpoqlari va o`zbeklaro`n to`qqizinchi asrning boshlarigacha Xiva xonligidan xoli yashaganlar .
Pirovardida shuni aytish mumkinki , Amudaryo va Orol sohillari qoraqalpoqlar azal-azaldan yashab kelgan ota bobolari yurtidir. Ular hozir ham shu yurtda yashab umrguzaronlik qilmoqdalar.
Qoraqalpoqlar yarim ko’chmanchi xalq bo’lib,qadimda Sirdaryoning o’rta va quyi oqimida joylashgan yerlarda dehqonchilik,chorvachikik va baliqchilik bilan shug’ullanib kelganlar.qoraqalpoqlar qadimda chorvador xalq bo’lib,keyinchalik esa dehqonchilik bilan shug’ullana boshlagan,degan munozara mavjud mavjud.bu xalqqa xos jihatlardan biri ham shundaki ular boshqa ko’pchilik ko’chmanchi xalqlar singari ko’chmanchi xayot hayot kechirib kelgan.Qoraqalpoqlar azaldan sug’orma dehqonchilik qilishgan.Shu maqsadda sirdaryo va uning irmoqqlari Quvondaryo hamda Jonidaryodan suv olib irrigatsiya tarmoqlari orqali ekin maydonlariga chiqazishgan.Dehqonchilikda kechirishdan,o’troq hayotga o’tgan emas,balki qadim zamondan o’troq asosan g’allachilik rivojlangan.daryolar va ko’llar atrofidagi yerlarga bug’doy,arpa,jo’xori,beda,poliz ekinlari ekishgan.Ekinlarni sug’orish uchun zarur suv hayot-mamot masalasi bo’lgan.Suv yetishmasligi natijasida ko’plab janjallar,qonli to’qnashuvlar kelib chiqqan.Har bir qoraqalpoq ovullari arpadan o’zlariga berkitilgan merosiy kanllar atrofida joylashgan bo’lib, har qaysisining suv uchadigan irmog’i mavjud edi.Kimga qancha suv berish;daryodan suv olib kelishda kanal qazishda qaysi ovuldan qancha odam qatnashgan, bahorda arnani tozalash uchun qancha odam ajratish mirob tomonidan xal qilingan.
Suv muayyan manzilgacha,masalan,erta tongdan tusg pattigacha odatda 2 tanob yerni sug’orishga yetadigan miqdorad oqizilib turar edi.Suv tanqis paytlarda 2 xo’jalikka 1 mazgil suv berilar edi.Ko’p joyalrda yerni qo’l serppe yordamida sug’orishga to’g’ri kelar edi.Bu moslamalar bilan suv bir ariqdan 2-ariqqa chiqarilib turar edi.ayni payttda oyoq yoradmida suv chiaqariladigan moslama ishlatilar edi.Yer go’ng,eski devor bilan oziqlantirilgan.haydashdan oldin yerlar sho’rini yuvish uchun bir necha bor sug’orilgan.keyin omoch bilan avvalo uzunasiga so’ngra ko’ndalangiga ikki qaytadan haydalgan.keyin haydalgan yerlar mola yoki dandane bilan kesaklari maydalab tekislangan.Hosil o’roq bilan o’rilgan.Donni yanchish markaziy osiyo xalqlariga mos uslubda bajarilgan.Qoraqalpoqlar asosan yirik qoramol va yilqi boqishgan.Yozda yaylovlarda, qish kunalri esa qo’lda boqilgan.Yirik qoramollarni podachi,yilqilarni yilqichi,mayda mollarni esa qo’ychi yoki cho’pon boqqan.
Qishda chorva odatda shox,butoq va qamishlardan tiklangan qo’ralarda yoki bostirmalarda,molxona,sayisxona,yilqilar esa yerto’lalarda saqlangan.Qoraqalpog’istonnig shimoliy tumanlarida mo’ytin,qo’ldauli urug’lari yashayotgan yerlarda aholi asosan baliqchilik bilan shug’ullangan.baliq ovlash uchun qamishlardan qaza deb ataladigan moslama tayyorlangan.Sol,qayiqlarda baliq ovlangan. Qoraqalpoqlarda mo’ynachlik ham yaxshi rivojlangan.Chunki ular yashaydigan joyalarda yovvoyi qush,parranda juda ko’p.Suning uchun ular vaqti-vaqti bilan ov ham qilib turishgan.O’radk,g’oz,quyon,sayroq,jayron ovlashgan.

Yüklə 28,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin