Qoraqalpoq xalqining qoliplashuvi



Yüklə 28,67 Kb.
səhifə2/3
tarix29.07.2023
ölçüsü28,67 Kb.
#137986
1   2   3
qoraqalpoq xalqining qoliplashuvi

Hunarmandchiligi.
Qoraqalpoqlar yashaydigan ovul va qishloqlarda deyarli har qaysisida o’zining duradgori,taqchisi,aravasozi,egarchisi va zargari bo’lgan. Qoraqalpoqlar orasida yog’ochdan turli buyumlar tayyorlaydigan yog’ochsoz ustalar chig’ir ,qayiq,o’tov ustalari ham bo’lgan. Qoraqalpoqlar to’quvchilik,gilamdo’zlik,namat-kigiz yasash bilan ham shug’ullanganlar.Bo’yrachilik mahsulotlari hambozorga olib chiqib satilgan.Kulollari yasagan tandir,spool idish-tovoqlarga talab katta bo’lgan. Qoraqalpoqlar o’z mehnati evaziga g’alla olishgan,yerni haydasg uchun ho’kiz va uskuna moslamalari bo’lgan.egarchi ustalar,jumladan ot-orqa deb ataladigan qolipda egar yasashgan.Egarning sakkiz bo’lgan ana shu qolipda yig’ilib yelimlangan. Ip yigirish uchun urshik,sharik ishlatilgan.Jun gazlama va sholcha, gilam to’qish uchun o’rmak deb atalgan, oddiy bir moslama dastgohdan foydalanilgan.Kenagas va mang’it ayollari nihoyatda to’quvchi bo’lishgan.

An’anaviy madaniyati.Uy-joylari.
Qoraqalpoqlar yashayotgan joy sharoitlariga va tabiiy,iqlim sharoitlariga qarab har xil qurilgan.Ularning har qanday sharoitga mos keladigan eng yaxshi ko’rgan uyi o’tovdir.Uni qoraqalpoqlar qora uy ham deb atashgan.Bundan tashqari qoqra nomi bilan ma’lum loysuvoq uylari ham bo’lgan.ayrim hollarda yerto’lalarda yashashgan.yirik boylarning katta hovlilari bo’lgan.Bunday hovlilar paxsa bilan qurilib,chor atrofi devor bilan o’rab chiqilagn. Qoraqalpoqlarning ko’pchiligi hozirad ham qishloqlarad chiroyli,baquvvat,qishda esa issiq,yozda salqin,ichi keng,kundalik turmush uchu qulay o’tovlarad yashaydilar.Ayni paytda chiy,qamish devorli sinch devorli uylar ham qurilgan.
Folklor.
Qoraqalpoqlar o’z to’y ma’rakalarini qo’shiqsiz,dostonsiz, tarixiy hangomalarsiz o’tkazmaydilar.Ularning xalq og’zaki ijodi juda boy. Qoraqalpoqlar folklore namunalari 20 jildligining nashr etilgani fikrimizning dalilidir.Ular o’z so’z ustalari bo’lgan chechanlarni,jirov-baxshilarini sevadilar.El oqsoqollari,rahbarlari yonidan qissaxonlar arimagan. O’zbeklarning afandisi kabi qoraqalpoqlarning O’mirbek laqqisi bor. Qoraqalpoqlarning qahramonlik dostonlari qadimdan mavjud.ulardan “Qirqqiz”,”Alpomish”, “Qo’blan”,”Mastposhsho”,”Edigey”dostonlarida ularning boy tarixikuylanadi.Masalan,”Edigey” Dostonida Amir Temur,To’xtamish faoliyati bilan bog’liq voqealar bayon etilsa,”Qirqqiz”da qoraqalpoqlar xalqining XVIII asrda jung’or qalmoqlariga qarshi kurashi,Xorazm xalqining Eron shohi Nodirshohga qarsgi kurashi o’z badiiy ifodasini topgan. Qoraqalpoqlarning xalq qo’shiqlarida el-yurt yo’l boshchilari,qahramonlari Maman botir, Esangeldi,Oydo’stbiy,Ernazarbiylar ulug’lanadi.
Qozoq ma’rifatparvari Cho’qon Valixonovning:” Qoraqalpoqlarning sahrodagi 1-shoiri ham qo’shiqchilar,shundan keyin qirg’izlar ham turkmanlar” degan so’zlari bejiz aytilmagan.
Qoraqalpoqlar xalq og’zaki ijodi janr jihatdan epik va lirik asarlarga bo’linadi. Qoraqalpoqlar adabiyotida “Qirqqiz” dostono alohida o’rin tutadi.Asarda erksevarlik,vatanparvarlik,insonparvarlik g’oyalari muhim o’rin tutadi.Asarning bosh qahramoni Guloyim o’zinning qirq nafar dugonasi va o’z sevgilisi Arslon bilan Eron shohi Nodirshoh hamda qalmoq xoni Surtoyshi hujumidan yurtini himoya qilishga otlanadi.Guloyim Xorazmni ozod qilib, u yerda qoraqalpoqlar,turkman,o’zbek va qozoq xalqlari vakillarini birlashtirgan davlat tuzadi.Asarda Guloyim bilan bir safda turib jang qilgan Oltinoy,Arslon,Sarvinoz kabilar timsolida mardlik,jasurlik,insoniylik,ayni paytda dushmanga nisbatan shavqatsizlik xislatlari o’z oifodasini topgan.
Qozoq ma’rifatparvari Cho’qon Valixonovning:”
Qoraqalpoqlarning sahrodagi 1-shoiri ham qo’shiqchilar,shundan keyin qirg’izlar ham turkmanlar” degan so’zlari bejiz aytilmagan.
Qoraqalpoqlar xalq og’zaki ijodi janr jihatdan epik va lirik asarlarga bo’linadi. Qoraqalpoqlar adabiyotida “Qirqqiz” dostono alohida o’rin tutadi.Asarda erksevarlik,vatanparvarlik,insonparvarlik g’oyalari muhim o’rin tutadi.Asarning bosh qahramoni Guloyim o’zinning qirq nafar dugonasi va o’z sevgilisi Arslon bilan Eron shohi Nodirshoh hamda qalmoq xoni Surtoyshi hujumidan yurtini himoya qilishga otlanadi.Guloyim Xorazmni ozod qilib, u yerda qoraqalpoqlar,turkman,o’zbek va qozoq xalqlari vakillarini birlashtirgan davlat tuzadi.Asarda Guloyim bilan bir safda turib jang qilgan Oltinoy,Arslon,Sarvinoz kabilar timsolida mardlik,jasurlik,insoniylik,ayni paytda dushmanga nisbatan shavqatsizlik xislatlari o’z oifodasini topgan.

Yüklə 28,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin