Janni Rodari 1920-yil 23-oktabrda Italiya shimolida, Alp tog‘lari etagida joylashgan Omenya shaharchasida dunyoga keldi. Uning otasi Juzeppi Rodari shirin kulchalar pishiruvchi novvoy bo‘lib, novvoyxona va do‘kon sohibi edi. Jannining butun yoshligi olov jizillab turadigan tandir, un va ko‘mir solingan qoplar orasida o‘tdi. Otasi vafot etgandan keyin oila boshiga og‘ir kunlar tushadi. Onasi bir boyning uyida oqsochlik qila boshlaydi.

Tirikchilik og'irlashgach, ularning oilasi boshqa shaharga ko'chib ketadi. Janni bolaligida qo'g'irchoq yasovchi usta yoki rassom bo'lishni va boshqa qiziqarli kasblarni egal-lashni orzu qilgan edi. Biroq kambag'allik tufayli o'zi orzu qilmagan diniy maktabga o'qishga kirishga majbur bo'ladi. Chunki bu yerda o'quvchilarga ovqat va kiyim-kechak tekin berilar edi. Shunday bo'lsada, Rodari bu maktabda ikki yildan ortiq o'qiy olmaydi.