Janni Rodari asarlari o'zining xayolotga boyligi, samimiy mutoyibasi bilan o'quvchini hayratga soladi. Janni Rodari ahamiyati jihatidan Nobel mukofotiga teng bo'lgan Hans Kristian Andersen mukofotiga
Janni Rodari asarlari o'zining xayolotga boyligi, samimiy mutoyibasi bilan o'quvchini hayratga soladi. Janni Rodari ahamiyati jihatidan Nobel mukofotiga teng bo'lgan Hans Kristian Andersen mukofotiga sazovor bo'lgan adib edi.
Janni Rodari asarlari o'zining xayolotga boyligi, samimiy mutoyibasi bilan o'quvchini hayratga soladi. Janni Rodari ahamiyati jihatidan Nobel mukofotiga teng bo'lgan Hans Kristian Andersen mukofotiga sazovor bo'lgan adib edi.
Janni Rodari ijodiyotning o‘ziga xos qoida-yu qonuniyatlarini, «xayolot grammatikasi» ni ishlab chiqishni orzu qilgan ediki, bu usul yordamida o‘zida ijodiy imkoniyatlarni his qilgan har qanday kishi rassom, yozuvchi, san’atkor, ijodkor bo‘lishi mumkin edi. Janni Rodari atoqli bolalar yozuvchisi, shoiri bo‘libgina qolmasdan, balki katta jurnalist, olim, jamoat arbobi ham edi.
Mashhur italyan bolalar yozuvchisi Janni Rodari (1920-1980) ijodi, mana, yarim asrdirki, jahon bolalariga quvonch ulashib kelmoqda. Ularni hayotni sevishga, ardoqlashga da'vat etmoqda, halol, komil inson bo‘lib yetishish yo‘lida tarbiyachi vazifasini o‘tamoqda. Janni Rodarining ertaklari o‘zbek tiliga ham o‘girilgan, uning g‘aroyib ijod olamidan bizning bir necha avlod bolalari ham bahramand bo‘lishgan. "Quvnoq she'rlar kitobi", "Chipollinoning boshidan kechirganlari" "Moviy o‘q sarguzashtlari", "Jelsomino Yolg‘onchilar mamlakatida", "Telefonda aytilgan ertaklar" kabi kitoblar allaqachon jahon bolalar adabiyoti durdonalariga aylangan. Janni Rodari nafaqat shoir, yozuvchigina emas, balki ajoyib pedagog, katta harflar bilan yoziluvchi USTOZ ham edi. U jahon adabiyoti muxlislari tomonidan e'tirof etilgan, faxrli xalqaro Xans Xristian Andersen mukofoti sohibi ham bo‘lgan.