Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti mustaqil ish



Yüklə 24,2 Kb.
səhifə5/6
tarix19.02.2023
ölçüsü24,2 Kb.
#85016
1   2   3   4   5   6
Janni Rodari hayoti

Janni Rodari ijodiyotning o‘ziga xos qoidayu qonuniyatlarini, "xayolot grammatikasi"ni ishlab chiqishni orzu qilgan ediki, bu usul yordamida o‘zida ijodiy imkoniyatlarni his qilgan har qanday kishi rassom, yozuvchi, san'atkor, ijodkor bo‘lishi mumkin edi. Janni Rodari atoqli bolalar yozuvchisi, shoiri bo‘libgina qolmasdan, balki katta jurnalist, olim, jamoat arbobi ham edi.

Janni Rodari pedagog va ijodkor sifatida hamisha ommaning madaniy jihatdan kamol topishiga intildi, kishilarni "o‘qimishli" va "omi" deb ajratadigan, kamsitadigan an'anaviy to‘siqni yengib o‘tishni istadi. U jurnalist sifatida ortda qolmadi: Rodari-jurnalist ayni vaqtda yangiliklarni ko‘rib, yorituvchi, faktlar to‘plovchisi ham edi, uning uslubi sodda va ravonligi, jo‘shqinligi, ommabopligi bilan ajralib turardi. U "hamma uchun" yozardi. Rodari har bir yangi narsaga hech qachon qiziqishining so‘nmasligi, doimo olg‘a intilganligi uchun ham "hamma uchun" yozishning uddasidan chiqqandi. Janni Rodari malakali madaniyatning katta zaxirasiga, tilshunoslik, folklor, psixologiya va antropologiya jabhalarida chuqur bilimlarga ega edi. Pedagogikani gapirmasa ham bo‘ladi. Biroq u shunday kamolotga erishgani bilan maqtanmasdi, kamtar edi, o‘z bilimlarini ko‘z-ko‘z qilmas edi. Rodari o‘zidagi ana shu xislatlarni, madaniyat va aql-zakovatni "Paeze sera" va "Djornale dei jenitori"da ("Ota-onalar gazetasi") chop etiladigan mazmunan teran maqolalarida, filastrokkilarida, she'rlarida, jajji kitobxonlar hamda hali o‘qishni bilmaydigan yosh tinglovchi muxlislariga atalgan ertaklarida namoyon etgan edi.

Janni Rodari bolalar adabiyoti bo‘yicha Nobel mukofotiga mengzash mumkin bo‘lgan Andersen mukofotini olib ham o‘qituvchiligicha qolishni afzal ko‘rgan ijodkor edi. Janni Rodari - butun dunyo bolalarining o‘qituvchisi bo‘lib qoldi. U bolalar bilan uchrashuvlarga ko‘p vaqt va kuchini sarflardi, ular bilan oddiy, tabiiy va do‘stona aloqalarni o‘rnata bilgan edi, bunday insoniy va ayni paytda mushkul vazifaning uddasidan chiqqandi. Men faqat ana shunday turli iste'dodlarni o‘zida mujassam eta olgan o‘qituvchi-yozuvchi o‘z pedagogik arxivini saqlab, tartibga sola olganmi-yo‘qmi, shuni bilmayman. Menimcha, Janni Rodarining pedagogik merosi tasodifiy kishilar qo‘liga tushib qolmasligi uchun ham bu ishni biror-bir yosh tadqiqotchi olim qilmog‘i darkordir.


Yüklə 24,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin