Yosh Janni universitetga o'qishga kiradi. Ayni vaqtda boshlang'ich maktabda o'qituvchilik bilan shug'ullanadi.

Maktabdagi o'quv jarayoni, bolalar bilan yaqindan muloqotda bo'lish, ularning fe'1-atvori, qiliqlari, qiziqishlarini chuqur o'rganish Rodarining bolalar yozuvchisi sifatida shakllanishida jiddiy omil bo'ldi deya olamiz.
U dunyoni bolalardek ma’sum nigoh bilan ko‘ra olardi. Buning natijasi o‘laroq, 1948 yilda Rodari “Unita” gazetasiga muxbir bo‘lib ishga kirib, o‘sha yildan e’tiboran kichkintoylarga atab kitoblar yoza boshlaydi. 1951 yilda uning ilk kitobi “Quvnoq she’rlar” dunyo yuzini ko‘radi. So‘ng adib butun dunyo bolalarining mehrini qozongan “Chipollinoning sarguzashtlari” asarini yaratadi. Bu asar asosida dastlab multfilm, keyin esa badiiy filmlar suratga olinadi.

Tez orada Rodarining “Jelsamino yolg‘onchilar mamlakatida”, “Osmon va zamindagi she’rlar”, “Yangi yil archalari sayyorasi”, “Samodagi tort”, “Bekorchi laqabli Jovanninoning sarguzashtlari” singari asarlari bolalar kitob javonidan joy oladi. Uning asarlari bir qator tillarga tarjima qilina boshlaydi.

Adib asarlari o‘zbek tilida ham bosilib chiqqan. 1990 yilda uning bir qator ertak va qissalari “Rim ertaklari” nomi bilan nashr etilgan.