Quyidagi test topshiriqlarini bajaring



Yüklə 60,95 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü60,95 Kb.
#196600
1-topshiriq


  1. Quyidagi test topshiriqlarini bajaring:

    1. _____________ – kompyuterning fizik qurilmalar jamlanmasi.

  1. Apparat ta’minoti

  2. Dasturiy ta’minot

  3. Operatsion tizim

  4. Bajariluvchi dastur

    1. _____________ – kompyuterning miyasi.

  1. Apparat ta’minoti.

  2. Protsessor

  3. Xotira

  4. Disk

    1. Nima uchun kompyuter nol va birlardan foydalanadi?

  1. Chunki nol va birlarning kombinatsiyalari biror raqamni yoki belgini ifodalaydi.

  2. Chunki barcha raqamli qurilmalar 0 va 1 ko‘rinishidagi ikkilik qiymatlar asosida ishlaydi.

  3. Chunki binar raqamlar eng oddiy raqamlardir.

  4. Chunki binar raqamlar asosida qolgan barcha raqamlar qurilgan.

    1. Bir bayt ____ bitga teng.

  1. 4

  2. 8

  3. 12

  4. 16

    1. Kompyuter kodni __________ tilida ishlatishi mumkin.

  1. mashina tilida

  2. assembler tilida

  3. yuqori darajali tilda

  4. yuqoridagilarning hech biri

    1. _____________ – yuqori darajali tilni mashina tiliga o‘giradi.

  1. assembler

  2. kompilyator

  3. protsessor

  4. operatsion tizim

    1. _____________ – operatsion tizim.

  1. Java

  2. C++

  3. Windows XP

  4. Visual Basic

  5. Ada

    1. _____________ – kompyuterni ishga tushiradi, uning qurilmalarining ishini boshqaradi va nazorat qiladi.

  1. Operatsion tizim

  2. C++

  3. Xotira

  4. Kompilyator

    1. Asosiy bosh funksiya quyidagicha yoziladi:

  1. public static void main(string[] args)

  2. public int main(String[] args)

  3. int main()

  4. public static main(String[] args)

  5. public void main(String[] args)

    1. Konsol oynasida "Welcome to C++" yozuvini chiqaruvchi dastur satri qanday yoziladi?

  1. cout << "Welcome to C++";

  2. cout >> "Welcome to C++";

  3. cout < "Welcome to C++";

  4. cout << 'Welcome to C++';

  5. System.out.print("Welcome to C++");

    1. Quyidagi jumlalarning qaysi biri to‘g‘ri?

  1. Dasturning har bir satri nuqtali vergul bilan tugallanishi lozim.

  2. Dasturning har bir jumlasi nuqtali vergul bilan tugallanishi lozim.

  3. Dasturning har bir izohi nuqtali vergul bilan tugallanishi lozim.

  4. Dasturning har bir operatori nuqtali vergul bilan tugallanishi lozim.

    1. Quyidagi satrlarning qaysilari C++ izohi emas:

  1. /** comments */

  2. // comments

  3. -- comments

  4. /* comments */

  5. ** comments **

    1. Konsol oynaga chiqarish operatori “___” ni chaqiradi.

  1. ;

  2. ,

  3. .

  4. *

  5. <<

    1. Quyidagi dastur konsol oynada nimani ko‘rsatadi?

#include 
using namespace std;

int main()


{
cout << 1 + 2 << endl;

return 0;


}

  1. 1+2

  2. 2

  3. 12

  4. 3

  5. 1

    1. Quyidagi dastur konsol oynada nimani ko‘rsatadi?

#include 
using namespace std;

int main()


{
cout << "A";
cout << "B";

return 0;


}

  1. A B

  2. AB

  3. B A

  4. BA

    1. Agar dastur yaxshi kompilyatsiya qilinsa, lekin dastur kutilganidan boshqacha natija chiqarsa, unda dasturda ___________ yuz bergan.

  1. kompilyatsion xatolik

  2. bajarilishdagi xatolik

  3. mantiqiy xatolik

    1. ___________ – ta’minlash operatori

  1. = =

  2. :=

  3. =

  4. =:

    1. x ga 1 qiymatini ta’minlash uchun _________ deb yozish kerak.

  1. 1 = x;

  2. x = 1;

  3. x := 1;

  4. 1 := x;

  5. x == 1;

    1. Quyidagi ta’minlash ko`rsatmalaridan qaysi biri noto`g`ri?

  1. i = j = k = 1;

  2. i = 1; j = 1; k = 1;

  3. i = 1 = j = 1 = k = 1;

  4. i == j == k == 1.

    1. Quyidagi kodda natijani chiqarishning to`g`ri variantini ko`rsating:

double area = 3.5;
cout << "area";
cout << area;

  1. 3.53.5

  2. 3.5 3.5

  3. area3.5

  4. area 3.5




  1. Konsol oyna uchun quyidagicha dastur tuzing:



    1. (Millardagi o‘rtacha tezlik). Faraz qiling, yuguruvchi 45 daqiqayu 30 soniyada 14 kilometrni bosib o‘tadi. Bir soat ichida o‘rtacha tezlikni millarda ko‘rsatuvchi dastur tuzing (Eslatma: 1 mil 1.6 kilometrga teng ekanligiga e’tibor bering).



    1. . Klaviaturadan kiritilgan o’nli kasr sonni pul formatiga o’tkazadigan dastur tuzing. Masalan, 12,5 soni 12 so’m 50 tiyin ko’rinishiga o’tkazilishi kerak.

Sonni pul formatiga o’tkazish.
O’nli kasr sonni kiriting ->23.6

    1. so’m – bu 23 so’m 60 tiyin



    1. Agar uchburchakning uchlarining koordinatalari ma’lum bo’lsa, uning yuzasini hisoblaydigan dastur tuzing. Quyida dastur bajarilishi vaqtida taklif etiladigan ekran ko’rinishi keltirilgan (foydalanuvchi kiritgan ma’lumotlar yarim qalin shriftda belgilangan).

Uchburchak yuzasini hisoblash.
Uchlarning koordinatalarini kiriting (sonlar bo’sh joy bilan ajratilsin):
x1, y1 ->-2 5
x2, y2 -> 1 7
x3, y3 -> 5 -3
Uchburchak yuzasi: 23.56 kv.sm.


    1. Raqamli ildiz


Ikkita a va b natural sonlari berilgan. Ularning har birining raqamli ildizlarini topuvchi dastur tuzing. Raqamli ildizni xisoblaganda sonning raqamlarini qo’shamiz. Agar u bir xonali son bo’lmasa bu jarayonni toki bir xonali son bo’lgunga qadar davom ettiramiz.
Masalan: a=2356474 bo’lsa u quyidagicha hisoblanadi:
1) a=2356474>9 a=2+3+5+6+4+7+4=31
2) a=31>9 a=3+1=4
3) a=4<=9 Javob:4
Kiruvchi ma’lumotlar: Ikkita a va b natural sonlari (1≤a,b≤109)
Chiquvchi ma’lumotlar: Ikkita butun sonlarni, a va b ning raqamli ildizlarini bitta probel bilan ajratib chiqaring.

Input__15_999__Output'>Input

15 999

Output

6 9




Input

2356474 7945567

Output

4 7

Yüklə 60,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin